21
“Jug’rofiyani o’rganmoq musulmonlarga lozimdur” bo’limida musulmon
allomalari asraiga tayangan xolda musulmonlar uchun geografik bilimlarni
ahamiyatii ochiib berilgan.
“Atrof; Jixoyati Asliya; Harita; Plan” bo’limida
ufq va ufqning asosiy va
oraliq tomonlari, harita va plan haqida bilimlar tizimi berilgan. Haritaning
Behbudiy ajratgan turlari hozirgi turlarga mos keladi (umumiy, mavzuli,
topografik) “xaritai umumiya, xaritai xususiy, xaritai to’pugrafik”.
“Xukumat va xukumronlar” bo’limida davlatlarni boshqarishning turlari
keltirilgan bo’lib, mazkur turlar hozirgi turlarga diyarli mos keladi.
“Din va odat” bo’limida din geografiyasi, aholi geografiyasi haqida to’xtalib
o’tilgan. Xulosa qilib aytganda, mazkur darslik juda katta amaliy va ilmiy
ahamiyatga ega. U o’lka geografiyasini rivojlanishida juda muhim, har bir bo’limi
alohida tahsinga sazovar bo’lgan asardir.
Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li XX – asrning birinchi choragida faqat
Turkistondagida emas, Rossiya musulmoni ziyolilari orasida ham mashhur edi.
Jamoatchilik uni yangi usul maktablari asoschisi, mohir muallim, darslik va o’quv
kitoblari muallifi, jamoat arbobi sifatida xurmat ila tilga olardi.
Munavvar qori Toshkentda “usuli savtiya” maktabini ochadi. U maktabni
avval o’z hovlisida, keyin boshqa joylarda ochishga harakat qilardi.
U maktabni
isloh qilmay turib, odamlarning ongda o’zgarish yasab bo’lmasligini yaxshi
tushunib yetgan edi.
Munavvar qori yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm fanni o’rganishni
targ’ib qiladi. U 1916 yili Toshkentda yig’ilishda nutq so’zlab shunday deydi:
“O’zbek ziyoli bolalarining Germaniyaga borib o’qitishga juda muhtojmiz, bolalar
o’qib, ilm tahsil olib kelsalar, millatga katta xizmat qila oladilar”. Munavvar qori
fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan. Munavvar qori 1917 yil may oyida
taraqqiyparvar musulmon yoshlari va ruxoniylar ishtirokida o’tgan quriltoyda
“Sho’roi islomiya” jamiyati raisini muovini etib saylanadi. Natijada ilg’or fikrli
kishilar uning atrofida to’plana boshlaydi. U 1918 yil may oyida Toshkent shahrida
“Turk o’chog’i” ilmiy madaniy jamiyati tuzadi. U insonning ma’rifatli bo’lib, ko’zi
ochilmaguncha na o’zini, na halqining erkini muhofaza qila olishini, bu iymonsiz
ekanini mutafakkirona noziklik bilan o’z asarlarida ifoda etadi.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida,
keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Xadrada “Maktab
kutubxonasi” nomli kitob do’koni ochdi. Avloniyning maktabi o’z oldiga qo’ygan
maqsad va vazifalariga mashg’ulotlarni sinf – dars tizimi asosida o’z ona tilida olib
borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qilar edi. U o’z
maktabida bolalarga
tabiat, geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob kabi fanlardan ma’lumotlar berar edi.
A.Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot
yoxud milliy she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud ahloq”,
“Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi.
Bu asarlarida dunyo halqlari asarlarini ulug’lab, o’z halqini dunyoviy ilmlarni
egallashga, madaniyatli va ma’rifatli bo’lishga chaqiradi.
U bolalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan muntazam
shug’ullanishi benihoyat zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u
muallimlarning “diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir
22
vazifadir. Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi,
muallimning tarbiyasiga
bog’liqdir” deb ta’kidlaydi. A.Avloniy ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini
tushunardi. Shuning uchun yoshlarni ilm sirlarini bilishga, ayniqsa tabiiy fanlarni
bilishga chaqiradi. Chunki bu fanlar tabiatda bo’lgan xodisalarni mohiyatini
yechishga imkon beradi. Yoshlarni kitob mutoala qilishga chaqiradi. Uning
fikricha, ilm agar jamiyat manfatiga xizmat qilmasa, halq farovonligi yo’lida
qo’llanmasa, u o’likdir. A.Avloniy o’z ilmini amalda qo’llay oladigan kishilarga
yuksak baho beradi, ularni
dono insonlar
, deb biladi.
Abdurauf Fitrat XX-asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi
uchun kurashgan jadidchilik
harakati namoyondalaridan biri, u yirik olim, davlat
va siyosat arbobi, mohir pedagog va buyuk ma’rifatparvardir. Fitrat o’zbek
olimlari ichida birinchi bo’lib, o’sha davrda professor unvoniga ega bo’lgan
olimdir. Fitrat o’z asarlarida ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif
ishlari, bilim berish usullarini va vositalari haqida, ma’rifatli insonlarni tarbiyalash
yo’llari haqida to’xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni o’rganishga da’vat etgan. U
mamlakatni rivojlanishi uchun chet ellar fani, madaniyatidan xabardor bo’lishi
lozim deb bilardi. U halq maorifi noziri bo’lgan davrda talabalarni Germaniya,
Turkiyaga u yerdagi ilg’or Yevropa ilm-fan, tabobat, texnika sirlarini o’rganish
uchun yuborish tashkilotchilaridan biri bo’ldi. Fitrat insonning kamolotga yetishish
uchun badan tarbiya muhim ahamiyatga
ega ekanligini aytib, insonning butun
a’zosi salomat va quvvatga ega bo’lmasa, unday inson uzoq yashamasligini qayd
qiladi.
Jadidlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari va harakatlari natijasida O’rta
Osiyoda jumladan O’zbekistonda dunyoviy ilmlar tabiat fanlari, fan texnikaga,
tabobatga oid ilmlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Jadidlarning ta’lim-tarbiya
to’g’risidagi qarashlari shu bilan harakterliki, ular ajdodlarimizning bu boradagi
qimmatli fikrlari ilg’or, zamonaviy qarashlar bilan uyg’unlashtirdilar. Shu bois
ularning pedagogik qarashlari ijtimoiy
Dostları ilə paylaş: