V. Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va faoliyat ko’rsatishning asosiy tamoyillari: - barcha ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash uchun
uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish;
- davlat ta’lim standartlarini joriy qilish va ularni faoliyat mexanizmini ishlab
chiqish;
- o’qituvchilar va murabbiylarni qayta tayyorlash;
- davlat va ijtimoiy muassasalarning kasbga yo’naltirish bo’yicha faoliyatini
takomillashtirish;
- o’quvchilarni vatanga sadoqat, yuksak ahloq, mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash;
- ta’lim muassasalarini davlat tomonidan moddiy texnikaviy ta’minotini
yaxshilash;
- o’quv muassasalarining moddiy va moliyaviy sharoitini aniqlashda kadrlarni
iste’molchilari bo’lgan korxonalar imkoniyatidan to’la foydalanish;
- kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasiga xalqaro fondlar mablag’ini jalb qilish;
- Oliy o’quv yurtlariga mustaqillik berish va o’z - o’zini boshqarish usullarini
joriy etish.
VI. Umum ta’lim dasturining tuzilishi. Dastur quyidagi bosqichlardan iborat:
- maktabgacha ta’lim;
- boshlang’ich ta’lim. 6-7 yoshdan boshlanadi. 1-4 sinflarni o’z ichiga oladi;
- umumiy ta’lim, 5-9 sinflarni o’z ichiga oladi;
- o’rta maxsus bilim va kasb- hunar ta’limi. O’qish muddati 3- yil;
- Oliy mutaxasislik ta’limi ikki qismdan iborat:
29
Bakalavrlik - o’qish muddati 4- yil. Tayanch mutaxasislik diplomini olish
bilan tugaydi.
Magistratura - aniq mutaxasislik bo’yicha Oliy kasbiy ta’lim bo’lib,
bakalavrlik negizida kamida ikki yil davom etadi. Magistrlik dissertatsiyasini
himoya qilish bilan tugaydi..
Tayanch doktorantura – 3 yil