O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#211878
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
М 
А 


А 



 

O’ 


Sh 
FAOLIYAT PREDMETINI TAHLILI 
METODNI TANLASH 
VOSITALARNI TANLASH 
METOD VA VOSITALARNI 
QO’LLASH 
NATIJAGA BAHO BERISH VA UNI 
TALQIN QILISH 


38 
2.3. 
“Informatika 
va 
axborot 
texnologiyalari” 
fanida 
mashg’ulotlarni kasbga yo’naltirib o’tkazish metodikasi

 
Kasb-xunar kollejlarida o’quv jarayoni shakllariga ma’ruza, seminar, amaliy 
mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv anjumanlari, maslahatlar, 
ekskursiya, ekspeditsiya, o’quv ishlab chiqarish pedagogik amaliyoti, kurs va 
diplom ishlari, talabalarning mustaqil ta’limi kiradi.. 
Ma’ruza – u yoki bu ilmiy masalani to’g’ri, mantiqiy izchillikda va aniq 
izohlab berish sanaladi. Ma’ruza o’qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, 
hissiyoti, irodasi, tuyg’usi, e’tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqotda 
bo’lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda o’qitishning yo’naltiruv, axborot 
berish, metodologik va tarbiyalash funktsiyalarini ro’yobga chiqarishga yordam 
beradi. 
Ma’ruzaning yo’naltiruvchi funktsiyasida talabalarning diqqati o’quv 
materialining asosiy qoidalari, uni o’rganishdagi hamda bo’lg’usi kasbiy 
faoliyatidagi roli va ahamiyati, uni o’zlashtirish metodlariga jalb qilinadi.
Ma’ruzaning axborot berish funktsiyasi asosiy ilmiy faktlar, qoidalar, 
xulosalarning mohiyatini ochishda o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’ruzaning metodologik funktsiyasini qo’llash tadqiqot metodlarini 
qiyoslash, chog’ishtirishga, ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini 
aniqlashga yordam beradi.
Ma’ruzaning tarbiyaviy funktsiyasi ma’ruza jarayonida o’quv materialiga 
hissiy baho berish munosabatlarini uyg’otish, qiziqishlarini o’stirish, mantiqiy 
fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Kasb-xunar kollejlarida o’qitish tizimiga ma’ruza bilan birgalikda amaliy 
(mashq, seminar va laboratoriya) mashg’ulot turi ham kiradiki, ular: ta’limiy, 
tarbiyaviy va nazariyani amaliyot bilan bog’lash funktsiyalarini bajaradi. 
“Amaliy mashg’ulot” termini pedagogikaga oid adabiyotlarda ham keng, ham 
tor ma’noda izohlanadi. “Amaliy mashg’ulot” termini keng ma’noda mashq, 
seminar (ularning barcha turlari) va laboratoriya mashg’ulotlarini umumlashtiradi. 


39 
Amaliy mashg’ulotlarning ma’ruzadan farqlanadigan asosiy me’yorlaridan biri 
o’quv jarayoni qatnashchilarining birgalikdagi harakatlarida o’ziga xos 
xarakterdadir. Ular vazifalariga ko’ra ham farqlanadi. Agar ma’ruzada ilmiy 
bilimlar asosi bayon qilinadigan bo’lsa, amaliy mashg’ulotlarda bilimlar 
chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va aniqlashtiriladi. Eng muhimi, amaliy 
mashg’ulotlar talabalar bilimini mustahkamlash, amaliyotga qo’llash va sinashga 
ham xizmat qiladi. 
Amaliy mashg’ulot shakllaridan biri seminardir. Seminar mashg’ulotlari 
quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan bo’ladi: 
• ma’ruzada bayon qilingan nazariy qoidalarni mustahkamlash; 
• fan bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish; 
• talabalarning ilmiy-tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o’stirish; 
• nazariy o’qitish jarayonida egallagan bilimlarining amaliyotda tan olinishi. 
Mashg’ulotlarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari asosida 
mashg’ulotning har bir bosqichi uchun reproduktiv o’quv topshiriqlari, ularning 
didaktik maqsadlarini aniqlash va shakllantirish nazarda tutiladi.
23
Quyida misol sifatida amaliy va ma’ruza mashg’ulotlarini olib borish 
texnologiyasini ko’rsatib o’tamiz. 
Mavzu 
Power Point dasturi va uning imkoniyatlari 
Amaliy mashg‘ulot olib borish texnologiyasi 
Talabalar soni
: 15 
Vaqti
-2 soat 
Dars shakli
Amaliy mashg‘ulot
Amaliy mashg‘ulot 
rejasi 
1. Power Point dasturini ishga tushirish 
2. Prezentatsiya namoyishlari

3.Power 
Point 
dasturi ko‘rinishini moslashtirish,
ma’lumot va hujjat oynalari, hujjatlar bilan bajariladigan 
amallarga doir taqdimot tayyorlash
23
Толипов Ў.Қ., Усмонбоева М. Педагогик технология: назария ва амалиёт. – Т.: Фан, 2005. - 206 б. 


40 
Dars maqsadi :
Power Point dasturi va uning imkoniyatlari haqidagi bilimlarni 
mustahkamlash.
 
Pedagogik vazifalar: 
- Power Point dasturi 
haqida ma’lumot olish, 
dasturni ishga tushirish 
yo‘llari. 
-Dasturning asosiy
elementlarini 
tushuntirish.
 
-Power Point dasturi va 
uning imkoniyatlaridan 
foydalangan holda vazifa 
bajarish.
-Ma’lumotlar va hujjat 
oynalari, hujjatlar bilan 
bajariladigan amallarga 
doir taqdimot tayyorlash
O‘quv faoliyatining natijalari: 
• MS Power Point dasturi haqida ma’lumot olishni biladi, 
dasturni ishga tushirish yo‘llarini biladi
• Dasturning asosiy elementlariga ta’rif beradi, ularning 
vazifalarini tushuntirib amaliyotga qo‘llay oladi. 
• MS Power Point dasturi va uning imkoniyatlari 
bayon etadi. O‘z ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli mavzuga
doir taqdimot tayyorlaydi. 

Hujjatlar bilan bajariladigan amallarga doir taqdimot 
tayyorlanadi, ofis dasturlaridan birgalikda foydalanishni 
biladi.
O‘qitishning usul, 
 texnikasi:
Faollashtiruvchi savollar ,
“Baliq skleti”
, Т- jadvali,
guruh bo‘lib ishlash, test. 
O‘qitish vositalari: 
Tarqatma materiallar, slaydlar. 
O‘qitish shakli: 
Frontal, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash 
texnologiyasi. 
O‘qitish shart – 
sharoitlari: 
Texnik vositalarni qo‘llashga mo‘ljallangan auditoriya. 
Proektor, kompyuter. 
Monitoring va baholash: Og‘zaki so‘roq, savol-javob, tahlil natijalari. 


41 
1- ilova
 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin