27
II BOB KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA «INFORMATIKA VA
AT» FANINI KASBGA YO’NALTIRIB O’QITISH METODIKASI.
2.1. Kasbga yo’naltirishni shakllantirishning metodik
Asoslari
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida talabalarning bilim,
ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb
etadi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o’quv dasturining
amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga
nisbatan yuqori talabning qo’yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik
texnologiyalar olib kirilayotganligi, talabalarni kasbga muvaffaqiyatli yo’llash
maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim
muassasalarida keng ko’lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar amalga
oshirilayotgan bir vaqtda talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini eng
samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash
muhim ahamiyatga ega
16
.
Jamiyat hayotining barcha sohalari, avvalo kasbiy faoliyat sohasini
axboratlashtirish hozirgi svelizatsiya rivojlanishining asosiy va muhim
jarayonlaridan biridir.
Respublikamiz Prezidenti ta’lim tushunchasiga milliy didaktik nuqtai nazardan
yondashib quyidagicha ta’riflaydi: “Ta’lim O’zbekiston halqi ma’naviyatiga
yaratuvchanlik faolligini baxsh etadi. O’sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng
yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb kori, mahorati uzluksiz
takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga
o’tadi”
17
16
Толипов Ў.Қ, Баракаев М, Шарипов Ш.С. Касбий педагогика. - Т., 2001. 75 б.
17
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga ishirish bo’yicha tashkiliy
chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi.-Toshkent, 2009.
28
O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayorlash Milliy dasturida ta’riflangan
ta’limni axboratlashtirish vazifalari kasb-hunar kollejlari oldiga hozirgi zamon
axborot muhiti sharoitida ishlashga tayor bo’lgan mutaxassisni tayorlash vazifasini
qo’yadi.
Ta’lim isloxatlarining maktablarga, kasb-hunar kollejlariga, akademik
litseylarga, umuman, ta’lim muassasalariga qo’yayotgan asosiy talabi ta’lim
oluvchilarni kelajakda yetuk, yani ijodiy mehnat qila oladigan kadrlar
tayyorlashdan iborat. Binobarin, jamiyatning rivoji bevosita malakali mutaxassis
kadrlar bilan bog’liq. Respublikamizning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan
ravnaq topishida, bu sohalardagi muammolarni hal qilishda ham milliy kadrlar
bosh omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
“Kadrlar tayyorlash dasturi”dagi talablarni o’zida aks ettiruvchi ta’limning
shakli va metodlarini ishlab chiqarish hamda ularni amalga oshirish oldimizda
turgan vazifalarni yechishning asosiy yo’llaridan biridir. Bu vazifalar qatoriga,
shubhasiz, o’quv dargohining yo’nalishiga qarab, umumta’lim fanlarini turli fan
sohalari bilan aloqadorlik, fanlararo aloqadorlik, izchillik, kasbiy va texnikaviy
yo’naltirilganlik sharoitida olib borish ham kiradi.
Tadqiqotda
kasb-hunar kollejlaridagi ta’limning asosi bo’lgan kasbiy fanlar
bilan «Informatika va axborot texnologiyalari» o’zaro aloqadorligini
ta’minlashning didaktik asoslari va metodik shartlariga e’tibor berilgan. Shu
munosabat bilan ta’lim tizimidagi fanlarni o’qitishda uzviylik va uzluksizligini
ta’minlash maqsadida, har bir fanning mazmunini qayta taxlildan o’tkazish,
Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim
bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash asosida tubdan
isloh qilish zarur bo’ladi. «Informatika va axborot texnologiyalari» o’qitishda
kasbiy faoliyat turlari bilan aloqadorlikda amalga oshirish «Informatika va axborot
texnologiyalari»
kasbga
yo’naltirilganligini
va
kasbiy
ko’nikmalarini
shakllantirishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga tayanishni
ta’minlaydi. Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida foydalanilayotgan «Informatika
va axborot texnologiyalari» darsliklari va o’quv qo’llanmaliri bu ta’lim
29
maskanining asosiy maqsadalari, ya’ni o’quvchilarning bir vaqtda ham informatik
bilimlarini mukammal egallashlari, ham kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishlariga
to’la javob bermaydi. Shu sababdan, informatik ta’limni kasbga yo’naltirish
muammosini yechish muhum ahamiyatga ega deb olingan.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv rejasida umumta’lim
predmeti sifatida kiritilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» o’quv
predmeti ham bundan mustasno emas.
Uzluksiz ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari kursini
o’qitishda ta’lim bosqichlarida uning uzviyligi va uzluksizligini tah’inlash
mexanizmi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga axborotlarni olish,
uzatish, saqlash, to’plash va qayta ishlash bilimlarini singdirib borish, zamonaviy
kompyuterlarning tuzilishi, qurilmalari va ularning imkoniyatlari bilan tanishtirish,
tanlangan bilim va ko’nikmadan o’quv masalalarini yechishda foydalana olish,
kompyuterning dasturiy ta’minoti tarkibi, vazifalari va ularni o’z o’rnida qo’llash
imkoniyatlarini aniqlash kabi bilim va malakalar beriladi;
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika fanini o’qitish
o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, ya’ni unda o’quvchilarning yoshi va
fiziologik ruhiy xususiyatlarini, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan
holda informatika fanining asoslarini hayotga tadbiq etish nuqtai nazaridan
o’rganiladi. Kursdagi ayrim mavzular umumo’rta ta’limda “Informatika” fanidagi
o’rganilgan mavzular bo’lsa-da, ular ta’limning bu bosqichida chuqur va amaliy
faoliyatga yo’naltirilgan holda beriladi. Kasb-hunar kollejlarida axborot
texnologiyalari haqida asosiy tushunchalar berilib, uning texnik vositalari bilan
to’liq tanishtirish hamda o’quvchining ularda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish
“Axborot texnologiyalari” kursini o’qitishda inobatga olinadi;
oliy ta’lim muassasalarida fan “Informatika, axborot texnologiyalari” deb
nomlanib, uning mazmuni O’MKHTda o’qitiladigan “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanining uzviy davomi hisoblanadi. Fan mazmunini bo’limlarga
ajratish, ulardagi mazmunlarni belgilash jarayonini oliy o’quv yurtlarida
30
ixtisosliklarni inobatga olgan holda erkinlik darajasini ta’minlash nazarda tutiladi,
ya’ni fan dasturini 25% gacha mazmun jihatdan o’zgartirish imkoni beriladi, lekin
fan dasturida berilgan bilim va ko’nikmalar majmuasining majburiy quyi chegarasi
mavjud.
Dostları ilə paylaş: |