O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti


O’quvchilarga kasbga yo’naltirishni o’rgatish mazmuni va unga



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#211878
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
1.2. O’quvchilarga kasbga yo’naltirishni o’rgatish mazmuni va unga 
zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash. 
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida qabul qilingan 
“Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlarida bayon
qilingan ta’lim tizimining islohi, shuningdek, Respublika Prezidentining Oliy 
majlis IX sessiyasidagi “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” 
barcha sohadagi tarbiyaviy faoliyatini tubdan isloh qilish, o’quvchilar bilan 
o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlar uslubiyoti, shakl va mazmuninga pedagogik 
texnologiyalarni kiritish hamda o’quvchi yoshlarga izchil tarbiya berishning 
samarali yo’llarini o’rganishga qaratilgan.
Rivojlangan horijiy mamlakatlar ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanilib 
kelinayotgan pedagogik texnologiya tamoyillaridan og’ishmagan holda, majmua 
nazariyasining barcha qonuniyatlaridan kelib chiquvchi va Respublikamizdagi 
ijtimoiy-pedagogik sharoitni hisobga olib, hududdagi professor-o’qituvchilar va 
pedagoglarning ma’rifiy mentalitetidan kelib chiqqan holda, Respublikamiz 
pedagoglar jamoachiligiga tushunarli bo’lgan pedagog texnologiyaning zamonaviy 
o’zbek milliy modeli yaratildi. Navbatdagi vazifa, pedagogik texnologiyaning 
milliy modelini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo’lida o’quv fanlarning 
barcha turdagi mashg’ulotlari loyihalarini tuzish. Loyihalash asosida o’qitish 
nazariy jihatdan to’la asoslangan bo’lib, bugungi kunda uni ta’lim jarayoniga tatbiq 
etish dolzarb masaladir.
11
Sohalarga yo’naltirib o’qitishda o’qitishning innovatsion shakl, metod va 
vositalaridan foydalanish keng qamrovli ravishda foydalaniladi. Pedagogik 
innovatsiya – bu pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa 
tomonidan o’zlashtirish va uni amaliyotda qo’llash to’g’risidagi ta’limot bo’lib 
uchta: pedagogik-neologiya, aksiologiya, praksologiya yo’nalishlariga ega. (1- 
sxema)
11
Milliy pedagogik texnologiyani ta’lim –tarbiya jarayoniga tatbig’i va uni yoshlar intellekual salohiyatini yuksaltirishdagi 
o’rni// Toshkent-2010y 5 bet


19 
Pedagogik neologiya (yunoncha “neo”- yangi va “logos”- ta’lim bo’lib, yangilik 
haqidagi ta’limot) deyilib, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar 
o’rganiladi, umumlashtiriladi. Pedagogik aksiologiyada (yunoncha “aksioma”- “ 
isbotlanmaydigan ta’limot” ma’nosini anglatadi) pedagogik yangiliklar ichidan eng 
ishonchlisi va samaralisi tanlab olinadi. 
Pedagogik praksologiya (yunoncha “praks” – “harakat” va “logos” – ta’lim, 
ya’ni “amaliyotda qo’llash haqidagi ta’limot” ma’nosini anglatib, bunda tanlab 
olingan pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo’llash, muayyan samaraga erishish 
masalalari tushuniladi. 
Pedagogik innovatsiyaning modeli shartli ravishda “To’pla”, “Tanla”, “ Qo’lla” 
dan iborat. (2- sxema)
12
Multimedia- o’zlashma qo’shma so’zlardan iborat bo’lib, (lotincha multum – 
o’zbek tilida ko’p, ancha ma’noni anglatadi), biror narsaning ko’pligini, ko’p
qaytarilishini bildiradi hamda bir necha o’quv dasturlarni o’z ichiga olgan 
ta’limning shakl va vositasidir. Multimedia vositalari asosida o’ qitish jarayonida 
aniq fanlarni kompyuter asosida to’liq o’qitish, ma’ruza matnlarini tahrir qilish, 
o’quvchilar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma’ruza matnlarini 
bayon qilish uslubini yaxshilash, o’quvchilarni axborot texnologiyalarini 
12
Ta’limda innavasion texnologiyalar//
Toshkent-2008y 
Pedagogik 
innovatsiya 
modeli
To’pla
Tanla
Qo’lla
Pedagogic 
neologiya
Neologiya 
Aksiologiya 
Praksologiya 


20 
multimedia vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida ko’rishi, 
eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo’ladi.
13
Pedagogik texnologiyaning monitoringi(Pirovard natijasi) 
1- bosqich o’rganish esda saqlash 
2- bosqich tushunib yetish o’zlashtirganini isbotlash 
3- bosqich tatbiq eta olish qonun –qoidani tanlash, qo’llash 
4- bosqich tahlil eta bilish qiyoslash, xulosalash, o’zaro bog’lash 
5- bosqich sintez axborotni ijodiy qayta ishlay olish 
6- bosqich baho olish yangi bilimga o’tish
O’qitish jarayonida o’quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli 
pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo’llanilishi ularni 
mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga har bir masalaga ijodiy yondoshish, 
mashuliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, taxlil qilish, ilmiy 
adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi mustaqil o’qishga, o’zi tanlagan 
kasbiga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. 
Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va 
axborot texnologiyalarni qo’llashni taqozo etadi. Ular juda hilma-xildir va bu 
metodlar yoki o’qitishning samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik 
treninglar o’quvchi-talabalarning mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni 
shaklantirishga, kasb tanlash imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda dars jarayonidagi turli 
muammolarni xal etishga, ularning kelib chiqish sabablari, tuzatish yo’llarini 
topishga, o’quvchilarni esa mustaqil fikrlashga, fikrlarini isbot qilishga va turli 
vaziyatlardan chiqishga o’rgatishda qo’llash mumkin.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
14
o’sib kelayotgan avlodni mustaqil 
fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qo’yilgan. Ushbu masalani hal etish ko’p 
jihatdan o’qitishning interfaol usullarini qo’llashga ham bog’liq. Ma’lumki, 
“Interfaol (interaktiv)” tushunchasi inglizcha “interast” so’zidan kelib chiqqan 
13
Axborot texnologiyalari. Akad. litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.- T.: “O’qituvchi”, 2003.-152 b. 
14
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» //Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.– 
T.20 bet 


21 
bo’lib, “inter” – o’zaro, “act” – ish ko’rmoq, ishlamoq ma’nolarini anglatadi. 
Interfaol o’qitish, avvalo, muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida 
o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi. Interfaol 
o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishki, unda barcha 
o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin va hamkorlikda fikrlash, 
tahlil qilish va birgalikda natijaviy fikrni hosil qilish imkoniyatlariga ega 
bo’ladilar. Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishni, hamkorlikda faoliyat 
yuritishni, mustaqil fikr yuritishni, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun 
ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan muloqotli aloqani 
tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi.
15
Innovatsion texnologiyalarning yangi va samarali yo’nalishini o’rganishda, 
kasbga yo’naltirib o’qitish dars mashg’ulotlarini samarali va yuqori saviyada olib 
borish orqali o’quvchilar bilan zamonaviy dasturlar yordamida kasb sohasiga oid 
ma’lumotlarni o’rganilayotgan mavzuni o’quvchilarni kelgusida egallaydigan 
kasbida tutgan o’rnini yoritish asosiy vazifa. MS Word, MS Excel va MS Power 
Point amaliy dasturlarini o’qitish davrida kasbiga oid ma’lumotlar asosida 
ma’lumotni olish, saqlash, tahlil qilish, animatsiyali taqdimotlar yaratishga, 
axborotlarni qidirish va kerakli fayllarni qidirib topish va undan foydalanish, 
umumiy qidiruv tizimlaridan kasbga tegishli domenlar va ulardan foydalanishga 
oid vazifalarni bajarish ustida ish olib borish maqsadga muvofiq. Masalan, 
mexmonxona xo’jaligi servisi tayyorlov yo’nalishida ta’omnomani ko’rgazmali 
tayyorlash, joyning imkoniyatlarini yoki ko’rsatiladigan xizmatlar haqida 
taqdimotlar yaratish mumkin. MS Excel amaliy dasturida maishiy xizmat 
ma’lumotlarini diagramma asosida tahlil qilish mumkin. Tahlil natijasi foizlarga 
ajratilishi, statistik ishlov berish va xizmatlarning qaysi turiga talabning 
yuqoriligini bilish mumkin. Mashinasozlik yo’nalishida
 
Flash MX texnologiyasi 
yordamida yaratilgan detal yoki konstruktsiyani tasvirlari nafaqat animatsiyali 
bo’lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin. Mustaqil 
bajarish uchun ham shu kabi vazifalarni berish tavsiya etiladi. Mashg’ulotlarni olib 
15
Axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi// T 2006y 36 bet


22 
borishda quyidagi interfaol usullardan foydalanish maqsadga muvofiq:“T- sxema”, 
“Aqliy xujum”, “Tarmoqlar(klaster) usuli”, “Venn diogrammasi”, “Keys stadi”, 
“Loyihalar usuli”. Ushbu texnologiya va interfaol usullardan, shuningdek turli 
didaktik va texnik vositalar, multimedia vositalaridan foydalanishni oldindan 
texnologik kartalarda va ta’lim texnologiyalarida rejalashtirib qo’yish maqsadga 
muvofiq. Quyida “Tarmoqlar(klaster) usuli” ga misol.(3-sxema) 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin