Tadqiqot maqsadi: Kasb–hunar
kollejlarida
“Informatika va axborot
texnologiyalari” fanida kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasini takomillashtirish.
Tadqiqotning maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi: - tadqiqot mavzusiga oid mavjud pedagogik va psixologik adabiyotlar, ilmiy-
metodik ishlarni tahlil etish;
- Kasb-hunar kollejlari uchun informatika va axborot texnologiyalari asoslarininng
mazmunini taxlil etish, takomillashtirish va xizmatlar soxasiga yo’naltirish;
- Zamonaviy dasturlar asoslarini o’qitishning pedagogik va axborot
texnologiyalariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish;
- Mashg’ulotlarni olib borishda pedagogik texnologiya va interfaol usullardan
foydalanish, turli didaktik va texnik vositalar, texnologik haritalarda rejalashtirish;
- Tadqiqot ishi yuzasidan tajriba–sinov ishlarini o’tkazish, uning samaradorligini
aniqlash va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti: Kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanini o’qitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot
texnologiyalari” fani mazmuni, uni kasbga yo’naltirib o’qitish shakl va metodlari.
Tadqiqotning ilmiy farazi: Agar kasb-hunar kollejlarida informatika va
axborot texnologiyalari asoslarini o’qitish mazmuni takomillashtirilib, uni
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan kasbiy sohalarga
yo’naltirib o’qitish metodikasi yaratilsa va amaliyotga joriy etilsa, talabalarning
informatikadan bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish samaradorligi
ortadi.
Tadqiqot metodlari: tadqiqot mavzusi bo’yicha psixologik-pedagogik va
metodik adabiyotlarni tahlil qilish; kasb-hunar kollejlarida o’tiladigan “Informatika
va axborot texnologiyalari” fanining takomillashtirilgan DTS, fan dasturlari,
darsliklar, metodik qo’llanmalar va tavsiyalarni o’rganish; darslarni kuzatish va
9
tahlil qilish; talaba va o’qituvchilar bilan suhbatlar, so’rovlar, anketa
so’rovnomalari o’tkazish; pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish; natijalarni
statistik tahlil qilish va umumlashtirish.