O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#211878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
 
sohasidagi axborotlarni qidirish va kerakli 
fayllarni qidirib topish va undan foydalanish, umumiy qidiruv tizimlaridan
xizmatlar
 
sohasidagi tegishli domenlar va ulardan foydalanish xamda turizm va 
mexmonxona xo’jaligi servisi tayyorlov yo’nalishida xizmatlar haqidagi 
saydlardan foydalanish va ulardan ma’lumotlar olish bo’yicha ma’lumotlar 
beriladi. Texnologiya va interfaol usullardan, shuningdek turli didaktik va texnik 
vositalar, multimedia vositalaridan foydalanishni oldindan texnologik kartalarda 
va ta’lim texnologiyalarini rejalashtirib qo’yish maqsadga muvofiqligidan 
mazkur mavzuning 
dolzarbliligi
kelib chiqadi. 
Tadqiqotning ishlanganlik darajasi:
Akademik litsey va kasb–hunar 
kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanining DTS, dasturlari, 
mazmuni, o’qitish metodikasi, darsliklari, elektron o’quv materiallarni yaratish va 
ta’lim jarayoniga tatbiq etishda A.A.Abduqodirov, M.Aripov, U.Yuldashev, 
N.Toyloqov, A.Siddiqov, S.S.G’ulomov, A.Axmedov, R.Boqiev, F.Zakirova, 
D.Abdurahimov, M.E. Mamarajabov, S.Tursunov va boshqa olimlar ilmiy–
tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ta’lim tizimiga zamonaviy axborot 
texnologiyalarini joriy etish bo’yicha ilmiy izlanishlar qator tadqiqotlarda amalga 
oshirilgan. I.V.Robert (Robert I.V. Teoriya i metodika informatizasii obrazovaniya 
(psixologo-pedagogicheskiy i texnologicheskiy aspekti). IIO RAO. M.: - 2007, 18. 
p.l. ) ta’limni axborotlashtirish vositalarini yaratish va ulardan foydalanishning 
nazariy asoslarini ishlab chiqqan bo’lsa, N.A.Sizinseva axborot – dinamik 
o’rgatuvchi 
muhitni 
bo’lajak 
o’qituvchilarning 
axborot 
madaniyatini 
rivojlantiruvchi omil sifatida tadqiq etgan. L.I.Ansiferov, V.A.Izvozchikov, 
V.V.Laptev, A.V.Smirnov va boshqalar o’z tadqiqotlarida ta’limda kompyuter 
texnologiyalaridan 
foydalanishning 
nazariyasi 
va 
metodik 
masalalarini 



yoritishgan.
5
S.S.G’ulomov va A.H.Abdullaevlarning ishlarida virtual stent 
yaratish va o’quv jarayonida qo’llash tadqiq etilgan bo’lsa, A.A.Abduqodirov, 
L.I.Shibarshova, R.X.Hamdamov, S.I.Raxmonqulova va boshqalar axborot 
texnologiyalari asosida masofadan o’qitish texnologiyasining istiqboli hamda 
rivojlanish bosqichlari va uning o’quv materiali ba’zasini yaratish masalasiga 
to’xtalib o’tishgan
6
. Jumladan, M.E. Mamarajabov dissertatsiya mavzusi “KHK 
informatika umumta’lim fanining “amaliy dasturiy ta’minot” bo’limini o’qitish 
metodikasi”deb nomlangan bo’lib, unda informatikani o’qitishda zamonaviy 
pedogogik va axborot texnologiyalariga asoslangan o’qitish usullari, informatika 
darslarida amaliy labarotoriya mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish, Excel va 
Power Point dasturlari bo’yicha ma’ruza va amaliy labarotoriya mashg’ulotlarini 
tashkil etish va o’tkazishning zamonaviy metodikasi va shu dasturlar bo’yicha 
talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish masalalari o’rganilgan. 
P.f.n., Alimatova G.R.
“Kollej o’quvchilarining matematik tayyorgarligini 
kasbga yo’naltirish (sanoat kasb hunar kollejlari misolida)”
 
nomli dissertatsiyada
matematikani o’qitishda kasbiy faoliyat turlari bilan aloqadorlikda amalga oshirish 
matematikani kasbga yo’naltirilganligini va kasbiy ko’nikmalarini shakllantirishda 
matematikaga tayanishni ko’rsatilgan. Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida 
foydalanilayotgan matematika darsliklari va o’quv qo’llanmaliri bu ta’lim 
maskanining asosiy maqsadalari, ya’ni o’quvchilarning bir vaqtda ham matematik 
bilimlarini mukammal egallashlari, ham kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishlariga 
to’la javob bermaydi. Shu sababdan, matematik ta’limni kasbga yo’naltirish 
muammosini yechish muhum ahamiyatga ega deb olingan. Sanoat kasb-hunar 
kollejlarida matematika o’qitishni kasbga yo’naltirishning metodik shartlari, 
matematika kursi bilan kasbiy fanlar orasidagi o’zaro aloqadorlik, kollej 
o’quvchilarining matematik tayyorgarlik darajasini oshirish muammolari va ularni 
yechish yo’llari bayon etiladi. Uning amaliy mazmunli masalalar bilan boyitib 
5
Ahrarov Sh.S Pedagogicheskie osnov formirovaniya informatsionnoy i uchebnoe texnicheskie kultur budushih uchiteley v sisteme 
pedagogicheskie obrazovanie // T 1994 y 39 b
6
O’qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar bo’yicha kompetentligi muammo va echimlar” Vazirlik 
tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjuman materiallari// T-2012y 170 bet



borilishi va o’quv materiallarining har biriga reja tuzishda kasbga yo’naltirishni 
e’tiborga olinishi nazarda tutilgan va dars o’tishda maxsus metodika ishlab 
chiqilgan. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin