O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#211878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
 
O’rta mahsus kasb–hunar kollejlari muassasalarida o’qitishning sohalarga 
yo’naltirilganlik darajalari: 
-O’rganilayotgan mavzuning o’quvchilarning kelgusida egallaydigan kasbida 
tutgan o’rnini yoritish. 


14 
-Muayyan mavzu mazmunini ilmiy dunyo qarashni kengaytirish va kelgusida 
egallanadigan kasb uchun zamin bo’ladigan bilimlar bilan boyitish. 
-Gorizontal kasbiy yo’naltirilganlikni bitta semestr yoki kursda o’qitiladigan 
umumta’lim va umumkasbiy o’quv fanlari o’rtasida amalga oshirish. 
-Vertikal kasbiy yo’naltirilganlikni keyingi semestr yoki kursda o’qitiladigan 
umumkasbiy oquv fanlari o’rtasida amalga oshirish. 
Yuqoridagilar asosida ta’lim tizimidagi fanlarni o’qitishda uzviylik va 
uzluksizligini ta’minlash maqsadida, har bir fanning mazmuni qayta tahlildan 
o’tkazildi. Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari takomillashtirildi, ta’lim 
bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan 
isloh qilindi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv rejasida umumta’lim 
predmeti sifatida kiritilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo’yicha 
ham mazkur ishlar amalga oshirildi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida «Informatika va axborot 
texnologiyalari» fanini o’qitishning bosh maqsadlaridan biri sifatida ta’lim 
muassasalarida (kasb-hunar kollejida) tahsil olayotgan talabalarga informatikaning 
kasbga yo’naltirilgan va amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy 
kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko’rsatuvchi 
dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, web-sahifalarda turli animatsiyalarni 
yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot berishdan 
iborat deb belgilandi. 
Fanning vazifasi sifatida informatikani kasbiy faoliyatida samarali foydalana 
oladigan darajasida o’rgatishdan iborat bo’lib, o’rta maxsus ma’lumotli 
mutaxassislarga shu soxada mukammal to’liq bilim berilishini tahminlashdan 
iborat deb belgilandi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot berishda kasbga 
yo’naltirish talabalarni o’rganilayotgan fanning nazariy asoslarini bilish va uning 
imkoniyatlarini o’rganishdan iborat. 
Yangi
 
axborot texnologiyalari vositalari
 
deganda, axborotni yig’ish, 
to’plash, qayta ishlash, saqlash, uzatish amallarini ta’minlovchi, mikroprotsessor 


15 
texnikasi, axborot almashinuvining telekommunikatsion tizimi va zamonaviy 
vositalari, audio-videotexnika asosida ishlovchi dasturiy, apparatli vosita va
qurilmalar tushuniladi. 
Hozirgi vaqtda yetarlicha ko’p sondagi yangi axborot texnologiyalari 
vositalari ishlab chiqilgan va foydalanilmoqda. Ularning soni yil sayin 
o’zgarmoqda. Ular ro’yxatiga quyidagilarni kiritish mumkin: barcha sinf 
kompyuterlari, displey, printer, xotira, kompyuterga ovozni kiritish qurilmasi
skaner, klaviatura, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori, multimedia tizimlari
videomatn, telematn, TV-axborot, modem, kompyuter tarmoqlari, elektron aloqa, 
elektron konferentsiyalar, axborot qidiruv tizimlari, raqamli fotokameralar, ekspert 
o’qitish tizimlari, grafik axborotni chiqarish qurilmasi, gipermatnli tizimlar, 
televidenie, radio, telefon, faks, ovozli elektron aloqa, telekonferentsiyalar,
elektron doska, Internetdagi dasturiy vositalar, avtomatlashtirilgan kutubxonalar, 
o’qitishga mo’ljallangan dasturiy vositalar, tahririy-nashriyot tizimlari, CD ROM, 
dasturiy majmualar(dasturlash tillari, translyatorlar), berilganlarni uzatish 
vositalari, radiostantsiya va boshqalar. 
Bu ro’yxatni to’liq deyish fikridan yiroq bo’lish kerak. Lekin bu ro’yxat 
yangi axborot texnologiyalari vositalarining va tizimlarining turli ko’rinishlari 
haqida tasavvur beradi. 
Yangi axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanishning pedagogik 
maqsadlari quyidagilardan iborat: 
-o’quv-tarbiya jarayonining barcha darajalarini intensivlash (tezlashtirish); 
-o’quvchining har taraflama rivojlanishi; 
-Kasb-hunar kollejlari muassasalari bitiruvchilarini axborotli jamiyat 
sharoitidagi hayotga tayyorlash; 
-ijtimoiy talabni qondirish. 
Kasb-hunar 
kollejlaridagi 
muhim 
axborot 
va 
telekommunikatsion 
texnologiyalar quyidagilar: 
-elektron darslik; 
-multimedia tizimlari; 


16 
-ekspert tizimlar; 
-avtomatik loyihalash tizimi; 
-elektron kutubxonalar; 
-ma’lumotlar ombori; 
-lokal va global hisoblash tizimlari; 
-elektron aloqa; 
-ovozli elektron aloqa; 
-elektron doska; 
-telekonferentsiyalar tizimi; 
-elektron tipografiya.
 
Yangi axborot texnologiyalari vositalari o’zining didaktik xususiyatlariga 
ko’ra o’qitish tizimining barcha komponentlariga: maqsad, mazmun, uslub va 
o’qitishning tashkiliy shakllariga faol ta’sir qiladi va pedagogikaning ancha 
murakkab hamda dolzarb masalasi bo’lgan shaxs kamoloti, uning intellektual, 
ijodiy potentsiali analitik va tanqidiy fikrlashi, bilimlarni egallashdagi mustaqilligi, 
axborotning turli manbalari bilan ishlashda mustaqillik taraqqiyoti masalasini
qo’yish va hal etish imkonini beradi. 
Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim jarayonini axborotlashtirish bo’yicha ishlar: 

o’quv jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan internet texnologiyalarining 
didaktik asoslarini aniqlash; 

masofaviy o’qitishning metodologiyasini rivojlantirish; 

pedagog kadrlarni tayyorlashda, ularning zamonaviy axborot texnologiyalari 
asosida dars berish qobiliyatlarini oshirish; 

pedagogik ta’limning elektron o’quv-metodik majmuasini yaratish (elektron 
adabiyotlar, virtual laboratoriya ishlari) va bu bilan bog’liq tashkiliy ishlarni 
amalga oshirish; 

axborot texnologiyalari muhitida o’qitishni rivojlantirishning asosiy 
yo’nalishlarini aniqlanish; 

o’qitishning tashkiliy shakllari, 
metodlari, 
metodologiyasi, shaxsni 
rivojlantirishning yangi axborot tizimida takomillashtirishni talab etadi.


17 
Jamiyatning 
har 
bir 
a’zosi, 
jumladan o’quvchilar ham jahon 
sivilizatsiyasining axborot maydonidan ma’lumotlar oladi. Bu esa ularning 
intellektual salohiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Biroq ta’lim jarayonida 
axborot texnologiyalaridan keng foydalanishda shaxsning xarakteriga, turli 
xususiyati va sifatlariga albatta e’tibor berilishini talab qiladi. Shu maqsadda 
axborot texnologiyalari o’quvchi shaxsining fikrlashini, tarbiyasini, kommunikativ
qobiliyatlarini oshirishi, bunda samaradorlikka erishish uchun qo’llaniladigan 
metodik maqsadlar, zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik 
jarayonlarni samarali tashkil etishni tahminlovchi jihatlar, masofaviy o’qitish 
kurslarini yaratishda o’qitish metodlari va ularning afzalliklari chuqur tahlillar 
asosida berilgan.
Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarining kasb-
hunar kollejlaridagi mazmunini rivojlantirishdagi ahamiyatini maxsus variantlar 
asosida takomillashtirish ko’rsatilgan. Zero, o’quvchi o’z faoliyatida zarur bo’lgan 
axborotlarni o’zi mustaqil izlab topishi va mustaqil ilmiy tadqiqot olib borish 
imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Shu sababli hozirgi kunda pedagogik ta’limni 
axborotlashtirishning asosiy yo’nalishlarini bir “qolip”ga solib o’rganish muhim 
ahamiyatga ega. Kitobda ushbu yo’nalishlar ko’rsatilib, har bir yo’nalishning 
ahamiyati hamda “Axborot–ta’lim muhiti”ning tipologik belgilari alohida 
ta’riflanadi. 
Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim yo’nalishlaridan biri axborot va 
telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’lim jarayonini integratsiyalash va uni 
boshqarish 
hisoblanadi. 
Bunda 
axborot–ta’lim 
portallarining yaratilishi 
axborotlarni mantiqiy tartiblash va boshqarishga yordam beradi. 


18 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin