O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#211878
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
vazifasi 
o’quvchilarni-zamonaviy axborot texnologiyalari haqidagi 
bilimlar, hususan, axborot xavfsizligi, axborotlarni himoya qilish, kompyuterlarga 
xizmat qilishning asosiy qoidalari va masalalari, kompyuter viruslaridan saqlanish 
usullari va dasturiy vositalari, fayllarni arxivlash usullari va dasturiy vositalari, 
arxivator – dasturlar bilan ishlash, axborot tizimlarini tuzish va ulardan 
foydalanishning asosiy qoidalari va usullari, axborot texnologiyalarining texnik 
vositalari bilan tanishishtirish, uskunaviy tizimlar yordamida sodda ma’lumotlar 
ombori va bilimlar omborini yaratish, turli fizik, iqtisodiy, biologik va matematik 
modellar qurish usullari, umumta’lim fanlari (geometriya, fizika, algebra, kimyo, 
iqtisod kabilar)dagi sodda masalalarning matematik modellarini qurish, lokal va 
global kompyuter tarmoqlari bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, 
zamonaviy axborot texnologiyalarining jamiyatni rivojlantirishdagi muhim 
ahamiyati bilan tanishtirish va ulardan o’z kasbiy faoliyatlarida foydalana olish 
malakalarini shakllantirishdan iboratdir. 
 
 


32 
2.2. Kasbga yo’naltirishni yoshlar ongida tarkib toptirishga 
tizimli yondashuv 
 
Yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma’naviyatli, 
barkamol, vatanparvar shaxslar bo’lib yetishishini ta’minlash yo’lida amalga 
oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo’g’ini sifatida pedagogik 
xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash bo’yicha 
yuksak mahoratga ega bo’lishlarini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni 
amalga oshirish hisoblanadi. Zero Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Eng 
yangi zamonaviy o’quv vositalari bilan ta’minlangan ta’lim muassasalariga 
eskidan qolgan o’qitish uslublarining davom etirishiga mutlaqo yo’l qo’yib 
bo’lmaydi”.
19
Texnologiyalashtirish, 
axborot 
texnologiya 
va 
kompyuterlashtirish 
g’oyalariga asoslangan yangi pedagogik texnologiya amaliyoti an’anaviy ta’lim 
texnologiyalari muhitida rivojlanadi. An’anaviy pedagogik texnologiyalar qatoriga 
emperik va kognetiv, interaktiv, evristik, kreativ, adaptiv va boshqalar kiradi. 
Pedagogik texnologiya deb atalib kelinayotgan tajribadan o’tgan, umuman foydali 
(samarali), lekin texnologiyalashtirish talablariga javob bermaydigan o’qitish 
uslublari ham bor. Amalda qo’llanib kelinayotgan an’anaviy pedagogik 
texnologiyalarni aksariyatida o’quv jarayonini intensivlashtirish, faollashtirish, 
ba’zan «optimallashtirishga» da’vat bo’ladi, lekin progmatik yondashish – ta’limda 
mo’ljallangan natijalarga kafolatli erishish, aniq maqsad qilib qo’yilmagan.
20
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni amalga oshirish sharoitida ta’lim sifati 
va mo’ljallangan natijalarga erishishni kafolatlash vazifasi ilgari surilgan. Bugungi 
kunda: o’quvchi nimani bilishi (axborot komponenti), bajara olishi (faoliyatli 
komponent) va u qanday shaxsiy xususiyatlarga ega bo’lishi zarur ekanligi 
(shaxsiy komponenta) haqida ta’lim tizimi axborotga ega bo’lishi zarur. 
19
Tojiyev M, B.Ziyomuhammadov Milliy pedagogik texnologiyani ta’lim –tarbiya jarayoniga tatbig’i va uni 
yoshlar intellekual salohiyatini yuksaltirishdagi o’rni // T 2010 y 3 bet 
20
Axborot texnologiyalari. Texnika oliy o’quv yurtlari uchun -T.: Aloqachi. 2006 y. –130 b. 


33 
-
o’quvchi mavjud fan bilimlari bilan xotirasini nafaqat boyitish, balki shu 
asosida tafakkurini tizimli ravishda rivojlantirishi zarur; 
-
ijodiy o’quv faoliyati muhitini yaratish zarur; ushbu faoliyatga faqat Dars 
asosida emas, balki harakat, maqsadli yo’naltirilgan jarayon va ularning natijasida 
olinadigan mahsulotga ega bo’lish orqali erishiladi; 
Тa’lim tizimi ishonchli tashxis, o’quvchining bilimini ob’ektiv nazorat qilish 
va baholash mezonlariga ega bo’lishimiz zarur; bu o’rinda ta’lim tizimida yuqori 
texnologiyaga (natijalarini qayta tekshirish zaruriyati yo’q bo’lgan) erishish 
mumkin emasligini bilish ahamiyatga molik; aynan shu sababli o’quvchilar 
bilimini pog’onali nazorat qilishga (jumladan, reyting va kompyuter testlari) 
majburmiz.
21
Bu holatlar ta’limni yangi imkoniyat va talablar asosida texnologiyalashtirish, 
O’zbekiston Respublikasi ta’lim jarayoniga hozirgi zamon axborot texnologiyasi 
asosida yaratilgan yangi pedagogik texnologiyani tatbiq qilishni ta’qazo qiladi. 
Axborot texnologiyalarni amaliyotda qo’llash darajasi oddiy ko’rinishdan kompakt 
disklarga yozilgan fanlarni o’qitish kurslar va qolaversa ekspemert – o’qitish 
hamda kasbiy trening tizimlar darajasida bo’lishi mumkin. Bu holatlar ta’limni 
yangi imkoniyat va talablar asosida texnologiyalashtirish, O’zbekiston 
Respublikasi ta’lim jarayoniga hozirgi zamon axborot texnologiyasi asosida 
yaratilgan yangi pedagogik texnologiyani tatbiq qilishni ta’qazo qiladi. Axborot 
texnologiyalarni amaliyotda qo’llash darajasi oddiy ko’rinishdan kompakt 
disklarga yozilgan fanlarni o’qitish kurslar va qolaversa ekspemert – o’qitish 
hamda kasbiy trening tizimlar darajasida bo’lishi mumkin. 
Informatika va axborot texnologiyalari kursini aynan shularni nazarda 
tutgan holda kasbga yo’naltirib o’qitishga, informatikaning amaliy jixatlarini 
muayyan faoliyat soxasiga tadbiqan o’rganish kiradi. Bunday ta’lim berishdan 
maqsad predmet soxasini informatika va axborot texnologiyalari atamalari 
bo’yicha taxlil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari, qurilmalar va dasturiy 
vositalardan foydalanib kasbga yo’naltirilgan vazifalarni qo’yish va yechishdan 
21
O’qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar bo’yicha kompetentligi muammo va echimlar” Vazirlik 
tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjuman materiallari// T-2012y 133 bet


34 
iborat. Informatika va axborot texnologiyalarini kasbga yo’naltirilgan holda ta’lim 
berish jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, ya’ni axborot texnologiyalarini rivojlanishi 
har bir sohaga innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi bu sohalarini ma’lum 
yo’nalishda o’zgartirishlarga olib kelmoqda. 
Kasbga yo’naltirilgan holda o’qitish talabani ixtisoslikka bo’lgan har tomonlama 
talabni qanoatlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalari pedagog va talabaning 
hamkorligiga, psixologig pedogogik shart sharoitlarni amalga oshirishga imkon 
beradi.
Informatika va axborot texnologiyalari kursini kasbga yo’naltirilgan holda 
o’qitish, maishiy xizmat soxasi hamda o’quv pedagogik jarayoni amaliy uzviy 
bog’langanini ko’rsatadi. 
Kurs amaliy xususiyatga ega bo’lgani bois, Informatika va axborot 
texnologiyalari kasbiy vazifalarni yechish uchun xizmat soxalariga tahluqli axborot 
bilan ishlashda vositalar sifatida qaraladi va qo’llaniladi.
Kasbga yo’naltirilgan informatika va axbrot texnologiyalarni o’qitishda 
pedogogik texnologiyalarga to’xtaladigan bo’lsak, yapon olimi Sokomota 
aytganidek, “Pedogogik texnologiya o’quv jarayonini muayyan bir jarayonga 
keltirishdir, degan. Demak, kelib chiqadiki pedogokning ta’lim berish 
texnologiyasi o’quv jarayonini muayyan bir tizimga keltirishi yoki o’qitayotgan 
fanning zamon talabiga ko’ra o’zgartirishlar kiritilishi mumkunligidan dalolat 
beradi. Bizning holatimizda o’quvchilarga “Informatika va axborot 
texnologiyalari” fanini o’qitishda, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini 
maishiy xizmat soxasiga moslashtirish vazifasi turibdi.
O’quvchiga yangi pedogogik tenologiyalaridan biri “Venn diogramma” sini 
qo’llaniladi. Bunda olinadigan ikkita aylanalar ikkita kursni bildiradi, ularning 
kesishgan qismi ularning bir biriga bo’g’liqlik qismi. Talabaga shu ikki aylanani 
to’ldirish vazifasini berish bilan uning har ikki fanning va ularning bog’liqlik qismi 
haqidagi tushunchasini oshirish mumkin.
Amaliy mashg’ulotlarga talabalarning kasbiy faoliyatini oshirish maqsadida 
axborot qidiruv tizimlari taqdim qilinadi. Axborot qidiruv tizimlarining ahamiyati 


35 
o’sib borayotgan bir zamonda, biror kasbga doir xujjatning yangi tahrirdagi 
variantini qidirib topish amaliyotdagi malakali mutaxassislarni tayyorlashda 
muhum ahamiyat kasb etadi. 
Axborot tizimi axborot to’plash, saqlash, qidirish, unga ishlov berish hamda 
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami 
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari
22
.
Qo’llanish sohasidan qatiy nazar, axborot tizimlarining umumiy tuzilishi, 
uni ta’minlovchi ba’zi tizimlarni texnik, dasturiy, axborot, tashkiliy va huquqiy 
ta’minotlar to’plami sifatida qabul qilish mumkin.
MS Word, MS Excel va MS Power Point amaliy dasturlarni o’qitish davrida 
yuqorida keltirilgan axborot tizimlarini har bir amaliy dasturlarga qo’llash 
informatika va axborot texnologiyalari fani ixtisoslikka yo’naltirilgan holda 
o’qitiladi. MS Word amaliy dasturida ishlashga o’rganilayotganda axborot 
tizimlaridagi ma’lumotlarni olish ularni tahlil qilish va saqlashga o’rgatish 
mumkin. Bunda talaba MS Word amaliy dasturda ishlashga o’rganadi va shu 
davrning o’zida axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni olishga, saqlashga, tahlil 
qilishga o’rgatiladi. Bunday amaliy bajarilgan vazifalar natijasida talaba kelajakda 
egallaydigan kasbiga tayyorlanib boradi. 
Amaliy dasturlarda talabaga fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiruvchi, 
uni qiziqtiradigan mavzularga oid topshiriqlar ishlab chiqilib beriladi. Masalan, 
mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin. 
MS Word dasturida xujjat xosil qilish. Oshpazlik sohasida 
Axborot qidiruv tizimidan oziq-ovqatlarning sifat darajasini belgilovchi 
xujjatni qidirib toping va qonun mazmunidan kelib chiqib sanitar gigienik 
talablarga javob beruvchi xujjat tayyorlang,tayor hujjatni jadval ko’rinishiga 
keltirish mumkinligi haqida bosh qotiring. Xujjatga talablar: sarlavha shrift 18pt 
rangi havo rang; matn shrifti 14pt rangi qizil, xujjatning chet o’lchamlari: 
yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm, o’ngdan 3 sm, chapdan 2,5 sm, satrlar oralig’i 1,5 
interval. 
22
O’zbekiston Respublikasining “Elektron raqam imzo to’g’risida”gi 2003 yil 11 dekabr qonuni
2-moddasi// O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining axborotnomasi.-Toshkent, 2004.№1-2 


36 
MS Excel amaliy dasturda axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni diagrammalar 
asosida tahlil qilish mumkin. Bunda mehmonxona va servis yo’nalishidagilarga 
chetdan kirib keladigan va o’zimizda ishlab chiqariluvchi mahsulotlarni tan narxi, 
ozuqaviy miqdori va saqlash muddatlari haqidagi ma’lumotlarni olib, ularni 
solishtirma koeffitsentini hisoblash, foizlarga ajratish, statistik ishlov berish va 
qaysi mahsulotga talabni ko’pligini aniqlash imkonini beradi. Ushbu olingan 
natijalar asosida diagramma tayyorlanadi.
Ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni amalga oshirish ham keng imkoniyatlar 
yaratadi. Ayni paytda bu o’qishga rag’batni kuchaytirish imkonini beradi, chunki 
talabalar maxsus kasbiga oid vazifani yechishni o’rganish mobaynida natijasini 
juda tez ko’radi.
Shuni tahkidlash lozimki, kasbga yo’naltirilgan holda o’qitishni modelini 
ishlab chiqish har bir KHKda informatsion muhiti sharoitlari va ta’lim vositalarini 
tanlash imkoniyatlariga qarab o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. Bundan tashqari, 
axborot texnologiyalari va axborot tizimlari mutasil rivojlanish holatida ekanligini 
hisobga olgan holda, ishlab chiqilayotgan metodik tizimning mazmuni o’qituvchi 
tomonidan 
muntazam 
quvvatlanishi 
lozim(dasturiy 
mahsullarning 
yangi 
versiyalariga o’tilganda yoki yangi texnologiyani joriy etilganda). 
Yuqorida keltirilgan tadbiqlardan kelib chiqib KHK muassasalarining maishiy 
xizmat ko’rsatish ixtisosligi talabalariga kasbga yo’naltirilgan “informatika va 
axborot texnologiyalari” kursining modeli uch qismdan iborotligi aniqlandi: 
Ushbu model asosida o’qitish hozirgi informatsion xizmat ko’rsatish 
muhitida axborotni qidirish, saqlash, tanlash, o’zgartirish, qayta ishlash va 
Kasbga yo’naltirilgan “Informatika va AT” kursining modeli
amaliy 
ko’nikmalarni 
shakllantirish 
qismi
kasbiy vazifalarni yechishda 
informatsion faoliyatning 
o’zlashtirish qismi
Nazariy 
qismi


37 
uzatishning barcha turlarini amalga oshirish borasidagi ko’nikmalarni 
o’zlashtirishga, olingan bilimlar va informatsion faoliyat ko’nikmalaridan 
namunaviy kasbiy vazifalarni yechish uchun foydalana olishga tayyorlaydi. Ushbu 
model asosida kasbiy maxoratni o’stiruvchi va amaliy ahamiyatini oshiruvchi 
ayrim mavzularning ishlanmasi yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Kasbga yo’naltirilgan holda o’qitish natijasida qo’yilgan vazifalarni yechish 
quyidagi bosqichlardan iborot bo’lishini ko’rsatadi. 
Ushbu bosqichlarni amalga oshirish uchun talaba hozirgi axborot muhiti 
sharoitlarida axborotni qidirish, saqlash, tanlash, o’zgartirish, qayta ishlash va 
uzatishning barcha turlarini amalga oshirish borasidagi ko’nikmalarni 
o’zlashtirishi, olingan bilimlar va informatsion faoliyat ko’nikmalaridan 
namunaviy kasbiy vazifalarni yechish uchun foydalana olishi lozim. 
Bu kasbga yo’naltirilgan informatika va axborot texnologiyalari kursini nafaqat 
maishiy xizmat ko’rsatish yo’nalishi talabalariga balki barcha ixtisosliklarga 
qo’llash mumkin. Buning uchun ixtisosliklarga oid bo’lgan avtomatlashtirilgan 
tizimlarni tanlab olish lozim. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin