O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Bitiruv  malakaviy  ishining  tuzilishi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix31.12.2021
ölçüsü0,62 Mb.
#49923
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
alisher navoiy ijodiy merosida insonparvarlik goyalarining aks etishi va ularning yosh avlod manaviy kamolotidagi orni (1)

Bitiruv  malakaviy  ishining  tuzilishi.  Mavzu  kirish,  ikkita  bob,  xulosa  va  foydalanilgan 

adabiyotlar ro„yxatidan iborat. 

 

I-BOB.  MA‟NAVIY  TARBIYANI  YO„LGA  QO„YISHDA  ADABIY  MEROSNI 

O„RGANISHNING AHAMIYATI. 

1.1. Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda adabiy merosning  ahamiyati va roli. 

Milliy  g„oyani  singdirish  usullari,  texnologiyalari,  ustuvor  yo„nalishlari  XXI  asrda 

insoniyat  o„z  taraqqiyotining  sifat  jihatidan  yangi  pallasiga  qadam  qo„ydi.  Dunyoda  katta 

o„zgarishlar sodir bo„layotgan bugungi kunda ijtimoiy makonni o„zlashtirishning yangi usullari, 

jumladan, yangi texnologiyalar keng rasm bo„ldi. Texnologiyalar asri deb atalayotgan XXI asrda 

ishlab  chiqarishda  joriy  etilgan  yangi  texnologiyalar  mehnat  samaradorligini  misli  ko„rilmagan 

darajada  o„stirib  yubordi.  Biroq  yangi  texnologiyalar  faqat  sanoat  va  qishloq  xo„jaligida 

qo„llanilmayapti,  balki  ma‟naviy,  mafkuraviy  jarayonlarda  ham  o„z  samarasini  ko„rsatmoqda. 

Mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan  yondoshish milliy istiqlol 

g„oyasini targ„ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zaruratini ko„rsatadi. Milliy 

istiqlol  g„oyasini xalq  qalbi  va  ongiga singdirish muayyan texnologiya  asosida  olib  borilganida 

tadbirlarning  ketma-ketligi,  miqyosi  va  me‟yori,  davomiyligi  va  tamoyillari  singari  jihatlar 

qamrab  olinadi.  Ularning  muhimligi  shunda  ko„rinadiki,  masalan,  targ„ibotda  me‟yorning 

buzilishi,  milliy  mafkura  to„g„risida  hadeb  va  noo„rin  gapiraverish,  me‟yorni  bilmaslik  teskari 

samara  berishi  mumkin.  Targ„ibot  texnologiyasi  milliy  g„oya  va  milliy  mafkura  mazmun-

mohiyatiga  mos  bo„lgan  taqdirdagina  kutilgan  natijaga  erishish  mumkin.  So„zsiz  bu  jarayonda 

badiiy  adabiyotning  o„rni,  imkoniyati  beqiyosdir.  U  o„zining  ta‟sirchanligi,  jo„shqinligi, 

safarbarligi, optimizm ruhida ekanligi  doimi xalq qalbini to„lqinlantirib kelgan.  




 

Adabiyot  milliy  g„oyaning  targ„ibot-tashviqotini  tashkil  etishda  quyidagi  tashkiliy 



tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq: 

-  keng  qamrovlilik,  bunda  jamiyatning  barcha  ahzolariga  g„oyalar  xilma-xilligi  asosida 

mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi; 

-  uzluksizlik-milliy  istiqlol  g„oyasi  targ„ibotining  makonda  va  zamonda  doimiyligini,  uning 

yaxlit  tizim  shakliga  keltirilishini  anglatadi.  Uzluksizlik  tamoyili  milliy  istiqlol  g„oyasini  xalq 

ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon  yaratishni taqozo qiladi. Bu 

maydondagi  har  bir  holat  va  harakat,  jumladan,  ta‟lim  tizimidagi  o„quv  rejalari,  dasturlar, 

darsliklar,  o„quv  qo„llanmalari,  sinf  va  auditoriyalar,  ko„rgazmali  qurollar  milliy  istiqlol 

g„oyasiga uyg„un bo„lishi talab etiladi; 

-  ketma-ketlik  -  har  bir  bosqich  uchun  istalgan  qadriyatlarni  singdirish  maqsadida  mafkuraviy 

tashviqot rejalashtiriladi; 

- bosqichma-bosqichlik - milliy mafkurani targ„ib qilishning ruhiy jihatlari bilan bog„liq bo„lib, 

ham  targ„ib  qiluvchi,  ham  qabul  qiluvchining  muayyan  tayyorgarlik  bosqichlaridan  o„tishini 

taqozo qiladi; 

-  me‟yoriylik  -  aksiltarg„ibotni  keltirib  chiqaradigan,  hayotdan  uzilib  qolishga  olib  keladigan 

balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yo„l qo„ymaydi; 

- shaxsiy ibrat – masalalariga o„zida obrazlar misolida katta e‟tibor berish; 

-  ilg„or  targ„ibot-tashviqot  texnologiyalaridan  foydalanish  -  bunda  mafkuraviy  targ„ibotga 

insonlarni mohirona boshqarish usuli sifatida qaraladi.  

Mazkur targ„ibot tamoyillari milliy istiqlol g„oyasini inson ongi va qalbiga singdirishning 

barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bo„lib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan 

foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma‟lumoti kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Targ„ibot 

olib  borishda  sanab  o„tilgan  tamoyillarning  muayyan  auditoriya  xususiyatlariga  mosligini 

tahminlash targ„ibot samaradorligini tahminlaydigan eng muhim omildir. 

Targ„ib  qilinayotgan  g„oyalarning  inson  ongida  axborot,  ma‟lumot  tarzida  o„rnashishi 

kifoya  qilmaydi,  ular  insonning  yurak-yuragiga  yetib  borganidagina  ular  inson  qalbiga  chuqur 

o„rnashadi.  Buning  uchun  esa  auditoriya  targ„ibotchining  milliy  g„oyaga  chuqur  ishonchi  va 

qathiyatini his qilishi kerak. Lekin targ„ibotda g„oyalarga e‟tiborni tortish bilan ham qanoatlanish 

mumkin emas. Chunki e‟tiborni jalb qilish - targ„ibotning birinchi bosqichi, xolos. 

Targ„ibotning keyingi bosqichi g„oyani to„g„ri va atroflicha tushuntirishni, adabiyot bilan 

bog„liq  barcha  savollarga  javob  topib  berishni  talab  qiladi.  Chunki  milliy  g„oyani  tushunish  - 

unga  ishonish  demakdir.  Ana  shu  yerda  bir  savol  bilan  to„qnashamiz:  nima  ko„proq  ishonch 

uyg„otadi: jiddiy dalillar bilan asoslangan axborotni yoki hissiyotlarni uyg„otuvchi mahruzami? 

Targ„ibot  davomida  insonning  hislariga,  qalbiga  murojaat  qilish  katta  samara  beradi,  albatta. 




 

Lekin  ishonchli  dalillar,  e‟tiroz  uyg„otmaydigan  hayotiy  ma‟lumotlarning  keltirilishi  bu 



g„oyalarni hayotga tatbiq qilishdan hammamiz manfaatdor ekanligimiz haqidagi fikrni uyg„otadi. 

  Targ„ibot jarayoni shu yerda tugaydi, deb o„ylaydiganlar katta xato qiladilar. Zero, mafkura 

yangi  ishlarga  ilhomlantiradi,  harakatga    undaydi.  harakatsiz  mafkura  esa  safsatabozlikdan 

bo„lak narsa emas. Demak, insonlar milliy mafkuradan o„rin olgan g„oyalarga mos harakat qila 

boshlaganlaridagina milliy g„oya xalqning e‟tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin

«Tarbiya  biz  uchun  yo  hayot  -  yo  mamot,  yo  najot  -  yo  halokat,  yo  saodat  -  yo  falokat 

masalasidir»

1



Alloma bu fikri bilan farzand tarbiyasini nazarda tutdimi, avlod tarbiyasinimi yoxud millat 

tarbiyasi  haqida  gapirdimi?  Har  holda    yosh  vaqtidan  boshlab  bolaning  «maslagini  tuzatmoq» 

zarurligini  ta‟kidlaganida  A.Avloniy  fikr  tarbiyasini  nazarda  tutgan  ko„rinadilar.  Va,  tabiiyki, 

bunday  tarbiya  markazida  birgina  bola  emas,  bir  oilaning  farzandlari  emas,  balki  butun  millat, 

butun  xalq  turadi.  Tarbiyani  millat  qismatini  hal  etuvchi  darajaga  ko„tarishning  boisi  ham 

shunda. 


Avlodni  kim  tarbiyalaydi,  millat  qaysi  sinflarda  tarbiya  topadi,  fikr  qaysi  kitoblar 

yordamida  tarbiyalanadi?  Bularning  barchasi  haqida  kim  qayg„urishi  kerak?  Bu  savolga  tayyor 

javob bor: ota-ona, muallim, maktab, ta‟lim vazirligi va oxir-oqibat davlat, jamiyat. Darhaqiqat, 

har bir davlat o„z fuqarolari bilimli, haq-huquqini taniydigan, ma‟naviy barkamol, bir so„z bilan 

aytganda,  komil  inson  bo„lib  voyaga  yetishi  haqida  qayg„uradi.  O„zbekiston  Prezidenti  Islom 

Karimov  bu  xususda  shunday  deydi:  «Biz  komil  inson  tarbiyasini  davlat  siyosatining  ustuvor 

sohasi  deb  ehlon  qilganmiz.  Komil  inson  deganda  biz,  avvalo,  ongi  yuksak,  mustaqil  fikrlay 

oladigan, xulq-atvori bilan o„zgalarga ibrat bo„ladigan bilimli, ma‟rifatli kishilarni tushunamiz». 

Badiiy adabiyot o„zlikni anglab yetishning mustaqil yo„li bo„lib, aslida taxayyul o„yinlari

2

 



vositasida Borliq haqiqatini modellashtirishga urinishdir. San‟at turlari behisob, ularning har biri 

voqelikda  mavjud  muayyan  imkondan  foydalanadi.    Haykaltarosh  toshni  “jonlantiradi”, 

musavvir  ranglar  tovlanishini  ishga  soladi,  musiqa  san‟ati    inson  tuyg„ulariga  bevosita  koinot 

uyg„unligini olib kiradi.  Badiiy tafakkurning eng qudratli va imkoniyatlari cheksiz vositasi so„z 

san‟atidir. Adabiyot inson  ma‟naviyatini shakllantiruvchi asosiy manbadir.  

       Inson xatti-harakat, imo-ishora bilan ham ko„p narsani tushuntira oladi. Ammo baribir so„z, 

inson  nutqi  axborot  almashuvining  bosh  vositasidir.  San‟atni  ham  ahli  basharning  o„ziga  xos 

axborot  almashuv  vositalaridan  biri  deb  qarasak,  so„z  san‟ati  ushbu  badiiyat  dunyosida  alohida 

mavqega egadir. Adabiyot inson tafakkurining, ma‟naviyatining asosi va bosh ozig„idir. Chunki 

                       

1

 Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat- yengilmas kuch. 46-b 



2

 “Imaginatsiya” (ruscha “voobrajenie”) asotir tafakkur, falsafiy va badiiy tafakkurning asosiy quroli 

ekanligi taniqli rus olimi Ya. Golosovkerning “Logika mifa” kitobida ishonarli isbot qilib berilgan.   



 

unda  hayot  aks  etadi.  Ammo  o„z  holicha,  ko„zgudagidek  emas,  balki  muallif  maqsadiga 



bo„ysunib,  uning  nigohi  orqali  sizga  ko„rinadi.  Adabiy  asar  ko„z  oldingizdan  kechayotgan 

ayqash-uyqash  hodisalar  girdobini  ma‟lum  ma‟no  tizimiga  joylab,  undan  sizning  ko„zingizga, 

ongingizga  ma‟no,  mazmun  chiqarib  beradi.  Endigina  harfni  harfga  urishtirib  kitob  o„qishga 

o„rgangan  besh-etti  yoshli  bola  tevarak-atrofdagi  hayotni  qanday  tahlil  qilib,  to„g„ri  xulosalar 

chiqara oladi? Buning uchun unga kim yordam beradi? Albatta, birinchi navbatda, ona va otasi, 

opa-akalari,  tarbiyachilari,  atrof-muhitdagi  insonlar  ta‟siri  bo„ladi.  Biroq  ushbu  insonlar 

ko„rsatadigan  ta‟sir,  ular  gapiradigan  gaplar  o„z  navbatida  ularning  ong  va  saviya  darajasiga, 

ularning o„zi hayotni qanday tushunishiga bog„liq. Kitob esa, agar arzigulik kitob bo„lsa, ma‟lum 

ma‟noda,  umumbashariyat  tajribasi  asosida  yozilgan,  hayotning  bir  qirrasini  bola  uchun 

tushunarli usulda umumbashariyat ma‟naviy olami ko„zgusi orqali xayrli bir niyat sari yo„naltirib 

aks ettirgan bo„ladi. Mana shu ma‟noda adabiyotni inson ma‟naviy dunyosining shakllanishidagi 

ilk  va  oziq  vosita  deya  olamiz.  Falsafiy  va  ilmiy  dunyo  daholari  ham  odatan  badiiy  adabiyot 

yo„rgagida voyaga yetadilar. 

Adabiyot  haqida  yoshligidan  kitobga  mehri  tushgan,  kitob  ichida  o„sgan  odamgina 

gapirishga haqli bo„lsa kerak. Keyincha katta bo„lib, sababi tirikchilik, adabiyotshunoslikka qo„l 

urgan  kishilarning  so„zlari  bu  dargoh  uchun  begona  so„zlardir.  Ular  yo  o„zgalardan  ko„chirma 

qiladilar,  yo  chinakam  adabiyot  uchun  yot  bo„lgan  qarashlarni unga  tirkamoqchi  bo„ladilar.  Bu 

ishlarni  ko„ra  bila  turib  qiladilarmi,  yo  ko„r-ko„ronami,  bunisining  oxir-natija  uchun  unchalik 

ahamiyati yo„q. 

Yoshligidan  kitob  o„qishga  o„rgangan  odam  odatda  falsafiy,  siyosiy,  diniy  adabiyotdan 

boshlamaydi,  avval  badiiy  adabiyot  namunalari  bilan  tanishadi.  Agar  boshqa  biror  tur  adabiyot 

qo„liga tushganda  ham, tabiiy-ki, bola tafakkuri  bilan uni tushunishga qodir bo„lmaydi.  Badiiy 

asar  unday  emas,  u  yetti  yashardan  yetmish  yashargacha  hammaga  tushunarli,  hamma  ham 

undan  o„z  fahm-  farosatiga  loyiq  bir  hissa  chiqara  oladi.  Shu  sababli  adabiyot  -  ibrat  maktabi, 

mehr  parvarishidir.  Mumtoz  adabiyot  Borliq  haqiqatining  botiniy  jihatini  zohiriy  timsollar 

vositasida  majoziy  bayon  etish  qudratiga  ega.  Ana  shu  xislati  tufayli  u  inson  ruhini  insoniy 

fazilatlar,  mehnatsevarlik,  vatanparvarlik,  insonparvarlik  bilan  uyg„unlashtirishga  yordam 

beruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 

 

 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin