186
KO’K - xotirjamlikka, tinchlikka, barqaror ijobiy munosabatlarga bo’lgan
ehtiyojlar
YaShIL- o’z-o’zini tasdiq etishga bo’lgan ehtiyoj
QIZIL- faol harakat bilan muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji
SARIQ- kelajakka, yaxshilikka umid, orzu qilishga bo’lgan ehtiyoj
KO’RSATMA: Sinaluvchiga standart ko’rinishga ega rangli qog’ozlar
ko’rsatiladi (4-tasi yuqorida zikr qilingan ranglar va 4-tasi tuldiruv-chi:
siyohrang, jigarrang, qora, kulrang) hamda ularni quyidagi tartibda qo’yish
tavsiya qilinadi: eng avval hammasidan ko’ra ko’proq xush ko’radigan rangdagi
qog’ozni, undan keyin kamroq xush ko’radiganini va h. k. , ular shunday
taqsimlanishi shartki, rangli qog’ozning so’nggisi eng yoqtirmagan rangli
qog’oz bo’lishi kerak.
XULOSA: Agar asosiy ranglar 1-5 o’rinlarda tursa, demak shu ranglarga
mansub ehtiyojlar ma’lum darajada qondirilayotgan bo’ladi, agar 6-8
o’rinlarda tursa, demak ushbu ehtiyojlarni qondirish imkoni bo’lmayotgan
bo’ladi.
Xulq-atvor motivasiyasini aniqlash testi
Bizga ma’lumki, inson xarakteri o’zini to’tishida, odamlarga
munosabatida va u yoki bu vaziyatlarda tanlagan yo’liga qarab aniqlanadi.
Agar siz o’zingizni yaxshiroq bilishni istasangiz quyidagi berilgan savollarga
HA, YO’Q, BILMAYMAN variantlarni tanlab, savollarga to’g’ri yondashib
javob bering.
Men doimo hayotimda sodir bo’layotgan barcha voqyealarga
ma’suliyatni his qilaman.
Agar ayrim kishilar menga nisbatan muomalalarini o’zgartirganlarida edi,
mening hayotimda bunchalik muammolar ko’p bo’lmagan Bular edi.
Men omadsizliklarim sababini qidirgandan ko’ra, harakat qilishni afzal
ko’raman.
Men gohida o’zimni «baxtsizlik yulduzi» ostida tug’ilgan bo’lsam kerak
deb o’ylayman.
Men alkogoliklar o’z kasalliklariga o’zlari aybdor deb hisoblayman.
Gohida men, hayotimdagi ko’p voqyealar uchun meni shunday bo’lib
qolishimga ta’sir ko’rsatgan kishilar ma’suldirlar, deb o’ylayman.
Agar men shamollab qolsam, darrov vrachga shoshmasdan mustaqil
o’zim davolanaman.
Men ayol kishidagi asabga teguvchi agressivlik va shallaqilikka
ko’pincha boshqa kishilar sababchi deb hisoblayman.
Men har qanday muammoning yechimi bor deb hisoblayman va doimo
hayot qiyinchiliklariga tushib yuradiganlarni tushuna olmayman.
Men insonlarga yordam berishni yoqtiraman, chunki men qilishim kerak
bo’lgan ishda boshqalar ko’maklashganda minntadorchilik hissini tuyaman.
Agar konflikt sodir bo’lsa, mojoro aybdorini kidirishni men o’zimdan
boshlayman.
187
Agar qora mushuk yo’limni kesib o’tsa, ko’chaning narigi tarafiga o’tib
olaman.
Men, xar bir inson vaziyat qanday bo’lishiga qaramay kuchli va
mustaqil bo’lishi kerak deb hisoblayman.
Men o’z kamchiliklarimni bilaman, lekin atrofdagilar bunga
kechirimliroq bo’lishlarini hohlayman.
Odatda men ta’sir ko’rsata olmaydigan vaziyat bilan kelishaman.
Natijalarni hisoblab chiqamiz. Quyidagi savollarining
HA javobi uchun, 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13 – 10 ball,
YO’Q javobi uchun 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, 15 – 10 baldan qo’ying.
Har bir BILMAYMAN javobi uchun - 5 baldan qo’ying.
Dostları ilə paylaş: