Elersning “Muvaffaqiyatga erishish motivasiyasini aniqlash” metodikasi.
Ko’rsatma: quyida berilgan 41 ta savol “ha” yoki “yo’q” deb javob bering.
Ikkita ishdan birini zudlik bilan bajarish yoki ularni tanlash kerak bo’lsa,
yaxshisi tezda unga kirishib, bajarib qo’ya qolgan afzal.
Berilgan topshiriqni 100% yaxshi bajara olmayotganligimni sezsam, juda
qayg’uraman.
Ishlayotgan vaqtimda shunday berilib ketamanki, go’yoki hamma narsa shunga
bog’liqday.
Muammoli vaziyat paydo bo’lganda, men qaror chiqarishga shoshilmayman.
Ikki kun surunkali ishsiz qolsam, halovatimni yo’qotaman.
Ba’zi kunlari mening muvaffaqiyatlarim o’rtachadan past bo’ladi.
Men o’zimga boshqalarga qaraganda ancha talabchanman.
Men boshqalardan ko’ra saxovatli, mehribonroq odamman.
Qiyin topshiriqni bajarishdan bosh tortgan paytlarimda, odatda men o’zimdan
koyiyman, chunki bilamanki, agar o’sha ishga kirishganimda bajargan
Bulardim.
Ishlash davomida men tez-tez dam olib turishga ehtiyoj sezaman.
Tirishqoqlik va tinmaslik - mendagi asosiy sifat emas.
Mening mehnatdagi yutuqlarim doim ham bir xil emas.
190
Men bevosita o’zim bajarayotgan ish emas, balki byuoshqa ishlar ko’proq
yoqadi.
Maqtovdan ko’ra tanqid meni ko’proq ishlashga majbur qiladi.
Meni hamkasblarim ishchan deb hisoblashlarini yaxshi bilaman.
Ishdagi qiyinchiliklar mening qarorlarimni yanada qat’iylashtiradi.
Mening nafsoniyatimga tegish juda ham oson.
Boshqalar mening ilhomsiz, tashabbussiz ishlayotganimni sezishadi.
Biror ishni bajarayotganimda men boshqalarning madadiga tayanmayman.
Men ba’zan hozir qilishim mumkin bo’lgan ishni keyinga qoldiraman.
Odam faqat o’ziga ishonishi kerak.
Hayotda puldan ham muhim bo’lgan narsa deyarli yo’q.
Muhim biror topshiriqni bajarish kerak bo’lganda men doimo boshqa barcha
tashvishlarni unutaman.
Men ko’pchilikka qaraganda, unchalik izzattalab emasman.
Ta’til oxirida men odatda yaqinda ishga chiqishimni o’ylab quvonaman.
Agar ish menga yoqsa, uni boshqalarga nisbatan malakaliroq bajaraman.
Men ishga kirishib ketadigan kishilar bilan til topishim osonroq bo’ladi.
Ishim yo’q paytlarda men o’zimni behalovat his qilaman.
Men boshqalarga nisbatan mas’uliyatli ishlarni tez-tez bajarishga to’g’ri keladi.
Qaror chiqarish mas’uliyati menga yuklansa, yaxshiroq bajarishga intilaman.
Mening do’stlarim meni ba’zan dangasa deb hisoblashadi.
Ma’lum ma’noda mening yutuqlarimda hamkasablarimning ulushi bor.
Rahbarning ra’yini qaytarishdan foyda yo’q.
Ba’zan qanday ish bajarish kerakligini ham bilmaysan.
Ishim yurishmay qolgan paytlarimda men betoqai bo’lib bezovtalanaman.
Men odatda o’z yutuqlarimga kam e’tibor beraman.
Boshqalar bilan ishlayotgan paytlarimda mening yutuqlarim boshqalarnikidan
ko’proq va sezilarliroq bo’ladi.
O’z bo’ynimga olgan ko’pgina ishlarni men oxiriga yetkaza olmayman.
Men ishi juda ko’p bo’lmagan odamlarga havas qilaman.
Men hokimiyatga intilgan va amalparastlarga havas qilmayman.
Men o’z yo’limning to’g’riligiga shubha qilmasam, uni amalga oshirish yo’lida
Hech narsadan toymayman.
Kalit:
Siz quyidagi savollarning “ha” javoblari uchun 1 baldan oldingiz: 2, 3, 4,
5, 7, 8, 9, 10, 14, 15, 16, 17, 21, 22, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 32, 37, 41.
Quyidagilarga “yo’q” deganingiz uchun ham
1 baldan oldingiz: 6, 13, 18,
20, 24, 31, 36, 38, 39.
Nihoyat, 1, 11, 12, 19, 23, 33, 34, 35, 40 savollarga berilgan javoblar
hisobga olinmaydi. Endi to’plagan ballaringizni hisoblang.
Natija:
1 baldan 10 balgacha - muvaffaqiyatga nisbatan juda past motivasiya;
11 baldan 16 balgacha
- o’rta darajadagi motivasiya;
191
17 baldan 20 balgacha - anchagina yuqori motivasiya;
21 baldan yuqori
- muvaffaqiyatga nisbatan o’ta yuqori motivasiya.
Metodika:
Elersning “Mag’lubiyatdan qochish motivasiyasini aniqlash” metodikasi.
Ko’rsatma: Sizga har birida 3 tadan so’z bo’lgan 30 qator so’zlar tavsiya
etiladi. Har bir qatordan Sizga yaqin bo’lgan va xarakteringizga mos keladigan
bitta so’zni tanlang va uni belgilang.
№
1
2
3
1
Dadil
Hushyor
Uddaburon
2
Kamsuqum
Tortinchoq
Qaysar
3
Ehtiyotkor
Qat’iyatli
Umidsiz, pessimist
4
O’cgaruvchan
Beparvo, befahm
E’tiborli
5
Aqlsiz
Qo’rqoq
Befarosat, loqayd
6
Chaqqon
Jasur, qo’rqmas
O’ylab ish ko’radigan
7
Sovuqqon
Ikkilanuvchan
Epchil, shijoatli, dov-yurak
8
Intiluvchan
Yengiltak
Qo’rqoq
9
O’ylab ish
qilmaydigan
O’cini ko’rsatish
Oldinlan ko’ra olmaydigan
10
Optimist, kelajakka
ishonch
Vijdonli
/amxo’r (odamlarga)
11
Melanxolik, sust
Shubhali
Beqaror
12
Qo’rqoq
Pala-partish
Hayajonlanadigan
13
Niyatli, mo’ljalli
Pismiq, indamas
Qo’rqoq, hadiksiragan
14
E’tiborli
Befarosat
Mard, dadil
15
Fahm-farosatli
Shijoatli
Mardona
16
Uddaburon
Ehtiyotkor
O’elab ish qiladigan
17
Tez hayajonlanadigan
Xayol-parishon
Uyatchan
18
Kamtar, kamsuqum
Ehtiyotsiz
Bee’tibor
19
Hadiksiragan
Qat’iyatsiz
Asabiy
20
Intizomli ijrochi
Sadoqatli
Niyat bilan ish ko’radigan
21
O’ylab ish qiladigan
Dadil, qo’rqmas
Shijoatli, qaytmas
22
Tobe, o’rgatilgan
Loqayd, beparvo
Pala-partish
23
Ehtiyotkor
Beg’am
Chidamli
24
Oqil
Mehribon, g’amxo’r Jasoratli
25
Oldindan bashorat
qiluvchi
Cho’chitib
bo’lmaydigan
Vijdonan qaraydigan
26
Shoshqaloq
Qo’rqoq
Beg’am, tashvishsiz
27
Parishon
Mo’ljalli, niyatli
Umidsiz, pessimist
28
Kuzatuvchan, e’tiborli Mulohazali
Uddaburon
29
Pismiq, indamas
Betartib
Qo’rqoq
30
Kelajakka ishongan
Hushyor
Beg’am, betashvish
192
Kalit:
Siz quyidagi holatlarda 1 bal olasiz, kalitda keltirilgan sonlarning
chiziqcha oldidagisi qator sonini, orqasidagi - ustunlar sonini bildiradi,
masalan, 1/2 bo’lsa, demak, 1-qatorda 2-ustundagi so’zni tanlagan bo’lsangiz,
1 bal olasiz, aks holda, bal olmaysiz.
Hisoblash kaliti:
1/2; 2/1; 2/2; 3/1; 3/3; 4/3; 5/2; 6/3; 7/2; 7/3; 8/3; 9/1; 9/2; 10/2; 11/1; 11/2;
12/1; 12/3; 13/2; 13/3; 14/1; 15/1; 16/2; 16/3; 17/3; 18/1; 19/1; 19/2; 20/1; 20/2;
21/1; 22/1; 23/1; 23/3; 24/1; 24/2; 25/1; 26/2; 27/3; 28/1; 28/2; 29/1; 29/3; 30/2.
Natijani tahlil qilish:
Ballar soni qanchalik ko’p bo’lsa, himoya, mag’lubiyatdan qochish
motivasiyasi darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi.
2 dan 10 balgacha
- himoyaga nisbatan quyi motivasiya.
11 dan 16 balgacha -
motivasiyaning o’rtacha darajasi.
17 dan 20 balgacha -
motivasiyaning yuqori darajasi.
20 baldan yuqori -
o’ta yuqori daraja.
Dostları ilə paylaş: