100 – 150 ballar.
50 – 99 ballar.
188
tinchlanishga harakat qiladi. Ba’zilar esa taqdirdan nolib, emosional jazavaga
tushib va so’ngra Hech qanday yechimni topmay tinchlanadi. Uchinchi xil
kishilar o’z qobig’iga o’ralib olib, muammoni «ko’rmaslikka» harakat qilishadi.
To’rtinchi xildagi kishilar yana bir boshqacha yo’l to’tishadi. Ushbu
so’rovnoma kishida hayotiy muammolarni yechishning qaysi usuli dominantlik
qilishini belgilab beradi. Savollar bilan tanishib chiqib. o’zingizga ma’qul
bo’lgan javob variantini tanlang.
1. O’z muammo va ko’ngilsizliklaringiz haqida boshqalarga aytasizmi:
a) yuq, buning Hech qanday yordami tegmasligini bilaman;
b) ha, agar buning uchun mos keladigan suhbatdosh bo’lsa;
v) ba’zida, chunki bo’lgan voqyea haqida yana o’ylash boshqalarga aytishdan
ham o’zimga qiyinroq.
2. Ko’ngilsizliklarni qanchalik kuchli boshdan o’tkazasiz:
a) doimo juda qiyin;
b) bu vaziyatga bog’liq;
v) sabr qilishga harakat qilaman, chunki har qanday ko’ngilsizlikning ham
oxiri borligiga shubha qilmayman.
3. Agar siz spirtli ichimliklar iste’mol qilmasangiz bu savolni qoldirib,
keyingisiga o’ting. Agar iste’mol kilsangiz, sababini ayting:
a) o’z muammolarimni «cho’ktirish» uchun;
b) muammolardan chalg’ish uchun;
v) shunchaki, menga goh-gohida xursandchilik qilish va o’zimni erkin his
qilish yoqadi.
4. Agar sizni kimdir qattiq «yaralasa» nima qilasiz:
a) o’zingizni tinchlantirishga harakat qilasiz va anchadan beri o’zingiz uchun
taqiqlab kelgan ishni qilasiz;
b) do’stlaringiznikiga mehmonga borasiz;
v) o’zingizga achinib uyda o’tirasiz.
5. Agar yaqin kishingiz sizni hafa qilsa, siz:
a) o’z qobig’ingizga o’ralib olasiz va Hech kim bilan gaplashmaysiz;
b) undan tushuntirish talab qilasiz;
v) sizni eshitadigan kishi bo’lsa, barchasiga bu haqda gapirib berasiz.
6. Baxt onlari siz:
a) o’tib ketgan baxtsizlik haqida o’ylamaysiz;
b) bu onlar juda tez o’tib ketishidan qo’rqasiz;
v) hayotda ko’ngilsizliklar ko’p ekanligini unutmaysiz.
Psixiatrlar haqida nima deb uylaysiz:
a) siz ularning bemori bo’lib qolishni xohlamagan Bulardingiz;
b) ko’p insonlarga ular real yordam ko’rsata oladi;
v) inson o’ziga psixiatrsiz ham yordam ko’rsata olishi kerak.
8. Taqdir sizning fikringizcha:
a) sizni kuzatib yuribdi;
b) sizga nohaklik qilyapti;
v) sizga kulib boqadi.
189
9. Umr yo’ldoshingiz yoki sevimli kishingiz bilan janjaldan so’ng , jahlingiz
bosilgandan keyin nimalar haqida o’ylaysiz:
a) o’tmiщda u bilan o’tgan yoqimli vaziyatlar haqida o’ylaysiz;
b) undan yashirincha o’ch olish haqida o’ylaysiz;
v) undan qancha ko’rguliklar ko’rganingiz haqida o’ylaysiz.
Dostları ilə paylaş: