202
Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik
tarqatma materiallar
1. Bilish faoliyati va jarayonlari so’zlarini eshitganingizda fikringizga
qanday so’zlar iboralar keladi (Aqliy xujum)
2. Xotirani rivojlantirish imkoniyatlari haqidagi fikrlar munozarasi 3x4
pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4ta kichik guruhlarga
bo’linadi. Xar bir gurux uchun bir varaq qog’oz olinib,
uning yuqori qismiga
xotirani rivojlantirish imkoniyatlari haqidagi 3 tadan guruh fikrini yozishini
hamda, bu fikrlar yozilgan qog’ozni (soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi
guruhlarga uzatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa
yana bu haqda uchta fikr
bilan to’ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, xar
bir qog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach, guruxlar
bu fikrlarni tahlil
etib, guruxning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.
3. Shaxs xotirasi xususiyatlarini piktogramma, ya’ni rasmli assosiasiyalar
metodi orqali o’rganish uchun metodika.
Dostları ilə paylaş: