Idrokning konstantligi ham uning muhim xususiyatlaridan biridir.
103
o’rtacha deyiladi. Fazodagi munosabatlariga qarab bizga nisbatan yaqin yoki
uzoq, bizdan o’ng tomonda yoki chap tomonda, yuqorida yoki pastda deyiladi.
Biz fazoni asosan ko’zimiz orqali idrok qilamiz. Uni bir ko’z bilan
(monokulyar) va ikki ko’z bilan (binokulyar) idrok qilish mumkin.
Ko’z gavharining, umuman, ko’zning ravshan kurish uchun
uyg’unlashuvini akkomadasiya deb ataymiz.
Konvergasiya ma’lum bir narsaga qaraganda ikkala ko’z soqqasining
kanshar tomon barobar burilishidir. Idrok qilinayotgan narsa qanchalik yaqin
tursa, ko’z soqqalari bir-biriga, ya’ni kanshar
tomonga shunchalik yaqin
buriladi, ko’rish o’qlari ham bir-birini shunchalik yaqin kesib o’tadi. Ko’z
konvergensiyasi ayniqsa masofani, yiroqni, chuqurlikni, eng aniq, raso idrok
qilishga imkon beradi.
Fazoni biz faqat ko’rish orqali idrok qilmasdan balki teri-tuyg’u va
muskul-harakat sezgilari orqali ham idrok qilamiz. Maydaroq narsani shaklini,
ularning katta-kichikligini, holatini teri sezgisi bilan ya’ni ushlab ko’rib idrok
qilamiz.
Biz idrok qilib turgan narsa va xodisalar ma’lum bir vaqt (zamon)
davomida paydo bo’ladi, taraqqiy qiladi va o’zgarib boradi. Vaqtni idrok
qilishni vaqt «bo’laklarini » soat va xronometrik asboblar yordamida o’lchash
deb tushunish yaramaydi. Kishi xuddi bir xilda bo’lgan vaqt bo’lagi «minut,
soat yoki kun» ning obyektiv davomini hamisha bir xilda sezavermas ekan.
Ba’zan bir soat bir daqiqaday tez o’tib ketadi yoki bir kun bir yildek tuyuladi.
Biz vaqtni «uning to’xtovsiz borishi, cho’zilishi va davomini» idrok qiladigan
maxsus bir organga ega emasmiz. O’tayotgan vaqt avvalo atrofimizdagi narsa va
xodisalarning o’zgarib va almashinib turishidan bilinadi. Shu sababli vaqtni
idrok qilish hamma sezgi a’zolarimiz faoliyati bilan bog’langan deb aytish
mumkin.
Maxsus mashq qilib, o’tayotgan vaqtning ayrim xissalarini mumkin qadar
aniq belgilay bilish qobiliyatini o’stirish mumkin. I.P.Pavlov itlarda ovqatning
kelish vaqtini his qiladigan shartli reflekslar hosil qilgan edi. Bunday refleksni
odamlarda hosil qilish mumkin.
Harakatni idrok qilish deb narsalarning fazoda o’rin almanishini idrok
qilishga aytiladi. Harakatni idrok qilish hayotiy muhim ahamiyatga egadir.
Harakatni idrok qilishga imkon beradigan usullardan ikkinchisi
obyektning harakatiga ko’z bilan qarab turishdir. Bunda harakat qilayotgan
obyektning tasviri ko’z to’r pardasiga nisbatan bir oz harakatsiz bo’lib qoladi.
Biroq biz, shunday bo’lsa ham, obyektning harakatini ko’ramiz.
Eshitish analizatori yordami bilan ham harakatni idrok qilish mumkin.
Bunda tovush manbai bizga yaqinlashgan sari tovush baland eshitiladi.
Aksincha manba uzoqlashgan sari tovush pasayib eshitiladi. Masalan, uyning
ichida turib ko’chadan mashina o’tayotganligini bilamiz.
Illyuziya deb atrofdagi narsa va xodisalarni notug’ri idrok qilishga
aytiladi. Buni geometrik illyuziyalar deb nom olgan illyuziyalarda yaqqol
ko’rish mumkin. Masalan, uzunligi barovar bo’lgan ikki chiziqning boshiga
104
ikki xil strelkalar chizilsa, strelkasi tashqariga qaragan chiziq unisiga nisbatan
uzun bo’lib ko’rinadi.
Idrok qilib turgan shaxsning psixikasida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan
bog’liq tasodifiy illyuziyalar ham bo’ladi. Masalan, cho’lda suvsagan kishi
uzoqda yarqirab turgan shurxok yerni ko’l deb o’ylashi yoki o’rmondagi tunka
qurqoq odamning ko’ziga bironta yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi mumkin.
Illyuziyalar hatto nutqda ham uchraydi. Masalan, goh vaqtda, kishi «men
boshqacha tushunibman» deydi.
Gallyusinasiya tashqi olamda yo’q narsalarni idrok qilishdir. Yo’q
narsalarning ko’zga ko’rinishi, yo’q ovozning eshitilishi, yo’q hidning dimoqqa
urilishi gallyusinasiyadir. Gallyusinasiya paytida kishi go’yo bir narsani aniq
ko’rgandek, eshitgandek, ushlagandek, is bilgandek tuyuladi.
Dostları ilə paylaş: