Emotsiyalar stenik va astenik turlarga bo’linadi. Stenik hislar kishining
130
o’zini boshqara olmaydi, nazorat keskin susayib ketadi, iroda o’ziga
buysunmaydi. Kayfiyatlar uncha kuchli bo’lmagan, lekin uzoq vaqt davom
etadigan barqaror hisdir. Kayfiyat shodu-xurramlik yoki qayguli, tetiklik yoki
lanjlik, hayajonli yoki mayuslik,
jiddiy yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki
muloyimlik kabilar tarzida kechadi.
Stress – kuchli hissiy zo’riqishdan iborat jarayon. Hissiy zo’riqish xavf-
xatar tug’ilgan, kishi xafa bo’lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan vaziyatlarda
ro’y beradi.
Ehtiroslar deb kishi hatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan, barqaror,
chuqur va kuchli hislarga aytiladi. Masalan, rassomlikka, musiqaga ehtiros,
bedana urishtirish kabilarga ehtiros.
His-tuyg’ular hayvonlarga ham xos. Lekin insonning his-tuyg’ulari o’z
mazmuni va kechishiga ko’ra hayvonnikidan tubdan farq qiladi. Masalan,
jirkanish,
faxrlanish, hasad qilish, shodu-xurramlik, zerikish, hurmat qilish,
burchni his etish kabilar faqat insonga xos bo’ladi.
Intellektual /aqliy/ his-tuyg’ularga bilishga qiziqish, ajablanish,
shubhalanish, taajjublanish, ishonch kabi hislar kiradi. Bo’larning barchasi
ijobiy xarakterga ega bo’lib kishini bilishga, o’rganishga,
ishtiyoq bilan
ishlashga undaydi.
Ma’naviy his-tuyg’ularga do’stlik-o’rtoqlik, Vatanga muhabbat,
insonparvarlik, hamdardlik, sodiqlik, uyalish, mehnatni sevish kabi his-
tuyg’ular kiradi.
Bizning axloqiy yetukligimiz, tarbiyalanganligimiz ana shu
hislar orqali belgilanadi.
Estetik his-tuyg’ularga bizning go’zal, chiroyli, yoqimli narsalardan
zavqlanishimiz, shodlanishimiz, ho’zur
qilishimiz, rohatlanishimiz kabilar
kiradi. Bu hislarning manbai go’zal tabiat, san’at, adabiyot, chiroyli turmush
kabilar bo’lishi mumkin.
Intellektual, ma’naviy, estetik tuyg’ularni faoliyat va muomala
jarayonida boshdan kechiramiz. Sosial voqyelikka
nisbatan butun hissiy
munosabatlar boyligini ifodalagani uchun ularni yuksak his-tuyg’ular deb ham
aytamiz.
Dostları ilə paylaş: