O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə95/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   171
psixologiya -fayllar.org

Aniqlashtirilgan o’quv 
maqsadlari.
Talaba bu mavzuni to’la
o’zlashtirgandan so’ng:
- Hissiyot va uning hosil bo’lish manbalarini biladi;
- Affekt va stress o’rtasidagi farqni tushuntiradi;
- Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish tushunchasiga ta’rif beradi;

Tayanch so’z va iboralar:
Affekt , stress, maqsad, motiv, motivlar kurashi, iroda, iroda akti,
irodaviy zo’r berish, qaror, qarorni ijro etish, ijroga baho berish, dadillik,
qat’iyatlilik, matonatlilik, sabr-toqatlilik.

Asosiy savollar
1. Emosional jarayonlarning umumiy xarakteristikasi.
2. Emosional holatlarning xilma-xilligi.
3. Iroda. Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish. Irodani tarbiyalash

1. Emosional jarayonlarning umumiy xarakteristikasi. 
His-tuyg’ular kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni
bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha
turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg’ular o’zining
kechishiga ko’ra o’zgarib turadigan psixik jarayondir.

His-tuyg’ularni boshdan kechirishning turli shakllari - Emotsiya, affekt,


kayfiyat, kuchli hayajonlanish /stress/, ehtiros ko’rinishlariga ega bo’ladi. His-
tuyg’ular shaxsning emosional sohasini tashkil etadi.

Kishida his-tuyg’ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday


kechayotganligi belgisi sifatida namoyon bo’ladi.

Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, his-tuyg’ularning


kechishi ham miya faoliyatining natijasi bo’lib hisoblanadi. Emotsiyaning
paydo bo’lishi tashqi olamda ro’y beradigan o’zgarishlardan boshlanadi. Bu
o’zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil
ehtiyojlarning paydo bo’lishiga yoki yo’qolishiga, kishi organizmi ichida yuz
beradigan jarayonlardagi o’zgarishlarga olib boradi. His-tuyg’ular kechishiga
oid fiziologik jarayonlar ham murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan
bog’liqdir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin