O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə92/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   171
psixologiya -fayllar.org

H a yo l t u r l a r i. Hayol yaratgan obrazlarining mazmuni jihatdan
tasavvur hayol va ijodiy hayolga bo’linadi. Tasavvur hayol deb xozir yoki
o’tmishda bo’lgan bo’lsada, lekin hali bizning tajribamizda uchramagan va biz
idrok qilmagan narsa va xodisalar to’g’risida tasavvur va obrazlar yaratishdan
iborat bo’lgan hayol turiga aytiladi.

O’quvchilar bilimilarni o’zlashtirishda tasavvur hayol obrazlaridan keng


foydalanadilar. Chunki o’qituvchining tarix, geografiya, adabiyot materiallarini
gapirib, tasvirlab berishi asosida o’quvchilar u narsalarning obrazlarini ko’z
oldilariga keltiradilar va o’zlashtiradilar.



125


Ijodiy hayol deb bizning tajribamizda bo’lmagan va voqyelikning o’zida
ham uchramagan narsa va xodisalar haqida tasavvur va obrazlar yaratishdan
iborat bo’lgan hayol turiga aytiladi. Ijodiy hayol tufayli san’at, adabiyot,
texnika sohalarida yangiliklar yaratiladi. Chunki ijodiy hayol obrazlari tamoman
yangi, original obrazlar bo’ladi.

Ijodiy hayolning o’ziga xos xususiyati shundaki, avvalo yaratilayotgan


obraz haqiqatda yo’q, biron yangi obraz bo’ladi. So’ngra jamiyatning yoki shu
kishining extiyojlari shu obrazning yaratilishiga kishini rag’batlantiradi. Ijodiy
hayol so’zlarda va moddiy narsalarda gavdalantiriladi. Orzu va shirin hayol
surishlar ijodiy hayolning alohida turlaridir.

Orzu ijodiy hayolning kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Demak, u orqali


istiqbol obrazlari yaratiladi.

Hayol o’zining paydo bo’lishiga ko’ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo’ladi.

Ixtiyorsiz hayolda oldindan belgilangan maqsad bo’lmaydi, unda iroda
faol ishtirok etmaydi, obrazlar o’z-o’zidan paydo bo’ladi.

Ixtiyorsiz hayol avvalo shu paytda qondirilmagan extiyoj tufayli hosil


bo’ladi. Masalan, kishi chulu-biyobonda ketayotib qattiq chanqasa, uning ko’z
oldiga vodaprovod, buloq, ariq suvlarining obrazi kelaveradi.

Shirin hayol surish va orzu ham ixtiyorsiz vujudga keladi. Kechasi uxlab


yotgandagi tush kurish tufayli xilma-xil obrazlarning ko’z oldimizga kelishi ham
ixtiyorsiz hayol materiallaridir.

Ixtiyoriy hayol surishda kishi oldiga qo’ygan maqsadi asosida hayol surib,


ataylab obrazlar yaratadi. Masalan, yozuvchining yangi asar yaratishida surgan
hayollari ixtiyoriy hayoldir. Umuman olganda, san’at asarlarining barchasi
ixtiyoriy hayol natijasidir.

Ixtiyoriy hayol birovlarning turtkisi, topshirig’i bilan ham vujudga kelishi


mumkin.

Hayol tasavvurlari xotira tasavvurlariga asoslangan holdagina paydo


bo’ladi. Masalan, biz shu yerda suvlar, muzlar, sovuqlarni ko’rmaganimizda,
ular haqida tasavvurga ega bo’lmaganimizda edi, shimoliy muz okeanini ham
ko’z oldimizga keltira olmagan bo’lar edik.

Lekin hayol tasavvurlari xotira tasavvurlarining ko’z oldimizda


gavdalanishidangina iborat emas, balki xotira tasavvurlari qayta ishlanib,
mutlaqo yangi tasavvurlar vujudga keladi.

Hayolning sintez qiluvchi faoliyatining oddiy shakli agglyutinasiyadir.


Agglyutinasiya ayrim elementlarni yoki bir necha buyumlarning qismlarini
bitta obraz qilib qo’shish va shularning kombinasiyasidir.

Xotira tasavvurlarini kayta ishlab hayol obrazlari yaratishda narsalarni


kattalashtirish yoki kichraytirish jarayonlari vujudga keladi. Masalan, ertaklarda
ayrim kishilar hayol obrazlari tufayli bo’yi terakday, qorni bo’chkaday, beliga
qirq gaz arqon yetmaydigan qilib tasvirlanadi.

Hayol natijasida buyumning faqat bir qismini kattalashtirish yoki


kichraytirish aksentirovka deb aytiladi. Bu ko’proq karikatura asarlarida
uchraydi.



126


Tip – individual obrazdir, ammo bu obrazda butun bir guruh, sinf, millat
kishilarining eng xarakterli belgilari birga qo’shilib yaxlit aks ettiriladi.

Hayolning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, u uzoq-uzoqlarga


parvoz qila oladi. Hayol obrazlari orqali biz uzoq o’tmishga nazar tashlab,
tarixiy voqyealarni, tarixiy shaxslarni ko’z oldimizga keltirishimiz yoki
kelajakka nazar tashlab, o’z baxtli kelajagimizning obrazlari va ideallarini
yaratishimiz mumkin.

Bu jarayonlarning hammasi nutqimiz va tafakkurimiz bilan birga bo’ladi.


Shuning uchun hayol jarayonlarida nutq va tafakkur katta rol o’ynaydi.

Hayol obrazlarining vujudga kelishi – bu inson miyasi faoliyatining


natijasidir. Hayol va boshqa barcha psixik jarayonlar katta yarim sharlar
po’stining faoliyatidir.

Hayol kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi jihatdan kishilarda farq


qiladi. Hayolning kengligi voqyelikning kishilar hayol faoliyati uchun obyekt
bo’ladigan sohalari doirasi bilan belgilanadi. Alisher Navoiy, Hamza
Hakimzodaning hayoli ana shunday keng hayolga misoldir. Masalan, Hamza
adabiyotning turli sohalarida unumli ijod qila olgan. Chupon hayoti,
paxtakorlar, bog’bonlar, ishchilar hayotidan asarlar yozadigan yozuvchilarni
ham keng hayolli deb aytishimiz mumkin.

Hayolning mazmundorligi biror obyektga nisbatan hayolda tug’ilayotgan


tasavvurlarning boyligi, xilma-xilligi va ma’nodorligi bilan belgilanadi.
Hayolning kengligi ko’pincha mazmundorlik bilan bog’liq bo’lib, keng hayol
mazmundor ham bo’ladi.

Hayol kuchli va kuchsiz bo’ladi. Uning kuchi idrok obrazlariga qanchalik


yaqin turishiga qarab belgilanadi.

Hayol kuchi xissiyotga bog’liq bo’ladi. Kishining xissiyoti qanchalik


kuchli, extirosli bo’lsa, hayol obrazlari ham shunchalik kuchli, yorkin va jonli
bo’ladi.

Hayol obrazlari kishining umumiy holatiga ham bog’liq. Kishi kasal


vaqtida hayol obrazlari kuchlirok, jonliroq bo’ladi. Natijada gallyusinasiya yuz
beradi. Gallyusinasiya aslida kuchli hayol obrazlaridir.

Voqyelikni to’g’ri aks ettiradigan hayol real hayoldir, noto’g’ri aks


ettiradigan hayol xom hayoldir.
Inson faoliyatining hamma turlarida: o’yinda, o’qishda, mehnatda, fan
va ijodiyotda hayolning ahamiyati kattadir. Bolalikdagi o’yinlar – asosan,
bolalar fantaziyasining namoyon bo’lishidir. Bolalarning ijodiy o’yinlarida
ularning organizmi kamol topadi va mustahkamlanadi, aqli, irodasi, ma’naviy va
estetik xislari o’sadi.

Hayolning bo’lishi insonning har qanday ishni ijodiy bajarishga yoki bu


ishga ijodkorlik elementlarini kiritishga imkon beradi. Aks holda mehnatning
har bir turi ilgari o’rganib olingan usullar va harakatlarni shunchaki takrorlash
yo’li bilangina bajarilishi mumkin.

Ilmiy tadqiqotlarda ham hayol katta rol uynaydi. Chunki turli ilmiy


gipotezalar hayol tufayli yaratiladi. Hayol bo’lmaganda edi qishloq xo’jaligida
novatorlik, texnikada ixtirochilik va san’atda yangiliklar yaratish mumkin



127
bo’lmagan bo’lur edi. Albatta, real va ijodiy hayolgina inson faoliyatida ana


shunday ijobiy rol o’ynaydi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin