O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə89/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   171
psixologiya -fayllar.org

Taqqoslash – shunday bir tafakkur jarayoniki, bu jarayon vositasi bilan
obyektiv dunyodagi narsa va xodisalarning bir – biriga o’xshashligi yoki bir –
biridan farqi aniqlanadi.
Abstraksiyalash shunday bir tafakkur jarayoniki, bu jarayon yordami bilan
moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib,
ana shu xususiyatlardan narsa va xodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi
darajali xususityalarini fikran ajratib tashlaymiz.
Umumlashtirish deganda psixologiyada narsa va xodisalardagi xossa, belgi,
xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish
tushuniladi.



121
Umumiy, mavxum belgi va xususiyatlarni yakka, yolgiz obyektlarga tadbiq


qilish konkretlashtirish deyiladi. Bundan tashqari, mavxum tushunchalarni
konkret predmetlarga bog’lash ham konkretlashtirish bo’lib hisoblanadi.
Fanda narsa va xodisalarning tabiatini ifodalovchi muayyan belgi asosida
qilingan fikr yuritishni klassifikasiya deb atash qabul qilingan.
Klassifikasiya qilishning yakuni sistemalashtirish bo’lib hisoblanadi.
Sistemalashtirishga kutubxonadagi kitoblarning joylanishi misol bo’la oladi.
Masalan, kutubxonada pedagogikaga oid adabiyotlar bir tomonda,
psixologiyaga oidlari yana bir tomonda joylashgan bo’ladi. Sistemalashtirish
inson ishini osonlashtiradi. Natijada kishi nimani qayerdan izlashni biladi.
Turmushda har qadamda sistemalashtirishni ko’rishimiz mumkin.
Tafakkur shakllari. Tafakkur shakllariga hukm, tushuncha va xulosa
chiqarish kiradi. Narsa va xodisalarning belgi va xususiyatlari xaqida tasdiqlab
yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb aytiladi. Masalan, bahorda daraxtlar
barg yozadi.
Borlikdagi narsalar, xodisalar va voqyelikning miqdoriga, ularning biror
hukmda aks etishi va aloqa hamda munosabatlariga qarab ular quyidagi turlarga
bo’linadi:
1. Tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm.
2. Yakka, jo’z’iy va umumiy hukm.
3. Shartli, ayiruvchi va qat’iy hukm.
4. Taxminiy hukm.
Narsa bilan belgining aloqasi aks etgan hukm tasdiqlovchi hukm deyiladi.
Masalan, Alisher Navoiy buyuk o’zbek shoiri, mutafakkiri. Narsa bilan belgi
o’rtasidagi bog’lanish yo’qligini ifodalovchi hukm inkor hukm deb ataladi.
Masalan, O’zbekistonda paxta ekilmaydi. Samarqandda oliy maktablar yo’q
kabi.
Yakka narsa haqidagi hukm yakka hukm deyiladi. Masalan, Toshkent –
O’zbekistonning poytaxti. Agar hukmimiz bir guruh narsalarning ba’zilariga
taaluqli bo’lsa uni jo’z’iy hukm deyiladi. Masalan, bugun ba’zi talabalar darsga
kech qoldilar. Bordiyu bizning hukmimiz bir guruh narsalarning barchasiga
taaluqli bo’lsa umumiy  hukm deyiladi. Masalan, O’zbekiston fuqarolari tinchlik
uchun kurashmoqdalar.
Xulosa chiqarish deb bir necha hukmlardan alohida hukm keltirib
chiqarishga aytiladi. Masalan, Barcha sayyoralar harakat qiladi. Yer – sayyora.
Demak, Yer ham harakat qiladi.
Xulosa chiqarish uch turli bo’ladi: induktiv, deduktiv va analogik. Induktiv
xulosa chiqarish deb bir necha yakka hukmlardan umumiy hukm keltirib
chiqarishga aytiladi. Masalan, Temir elektr tokini o’tkazadi. Mis elektr tokini
o’tkazadi. Qo’rg’oshin elektr tokini o’tkazadi. Bo’lar metallardir. Demak,
metallar elektr tokini o’tkazadi.
Deduktiv xulosa chiqarish deb umumiy hukmdan yakka yoki jo’z’iy hukm
keltirib chiqarishga aytiladi. Masalan, Daraxtlar bahorda gullaydi. O’rik –
daraxt. Demak, o’rik bahorda gullaydi. Analogik xulosa chiqarish deb
predmetning o’xshash belgilariga qarab xulosa chiqarishga aytiladi. Tushuncha



122
narsa va xodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Uy,


ko’prik, koinot, daraxt kabilar tushunchalardir. Tushunchalar odatda konkret
va abstrakt bo’ladi. Konkret tushunchalarga parta, doska, shkaf, mel, deraza
kabilar kirsa, abstrakt tushunchalarga esa muxabbat, baxt, go’zallik, uzunlik,
balandlik, kenglik, harakat kabilar kiradi.
Tushunchalar ko’lami jihatdan uch to’rga bo’linadi: yakka tushunchalar,
umumiy tushunchalar va to’planma tushunchalar.
Yakka tushuncha deb yakka predmet yoki xodisa xaqidagi tushunchaga
aytiladi. Masalan, Alisher Navoiy, Qo’qon, Sirdaryo, Sobir Rahimov kabilar.
Umumiy tushuncha deb bir jinsda bo’lgan narsa va xodisalar to’plami haqida
yaxlit fikr yuritishga aytiladi. Masalan, kitob, maktab, student, o’spirin,
yulduz va boshqalar.
Tuplanma tushuncha deb bir xil narsalarning to’plamiga aytiladi. Masalan,
kutubxona, paxtazor, yig’ilish kabilar.
Fikr yuritishda tushuncha bilan so’z o’zaro bog’langan holda namoyon
bo’ladi. Bir tomondan, so’z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikinchi
tomondan so’z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi.
Tushunchalar bir yoki undan ortiq so’zlardan xosil bo’lishi mumkin.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin