5– guruh uchun tarqatma material. Modellashtirish metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar
yordamida o’rganilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda
qo’llaniladi. Bunda o’sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari
modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi
va xulosalar chiqariladi.
Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin.
Matematik model asosida o’rganilgan xodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber-
Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan
matematik formulasi va shu asosda to’plangan ma’lumotlar taxlilini misol qilish
mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko’pincha inson aqli va tafakkuri
jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish prinsiplari bilan qiyoslash
orqali tuzilgan g’oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda
esa g’oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik programmalashtirish
tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozir ko’pgina murakkab shaxs
xususiyatlari ham programmalashtirilgan bo’lib, ular algoritmlar asosda qisqa
fursatda ko’pgina sifatlarni ko’plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab
natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko’pincha matematik o’yinlar
g’oyasi odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sohasini o’rganishda ham
qo’llanilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, odamning fikrlash operasiyalari bilan
EHM larning ishlash prinsiplari o’rtasida ma’lum uyg’unlik bor ekan, bu esa
murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu-zakovati
chegarasini yanada kengaytirish istiqbolini beradi.
Faoliyat mahsulotlarini o’rganish metodi. O’quvchi faoliyatining
mahsulotlarini (insho, nazorat ishi, mehnat va rasm darslarida, bo’sh vaqtlarida
bajargan faoliyati mahsulotlari) malakali tahlil qilish orqali o’quvchining
psixologik xususiyatlari, ruxiy olami, qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlari
haqida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin.
O’quvchilarning «Men sevgan qaxramon», «Odamlar qanday hislatlarni
qadrlayman», «Kamtarlik nima», «Yashashdan maqsad nima», «Qaysi kasb
egasi bo’lishni hoxlaysan» kabi mavzularda yozilgan insholarini chuqur tahlil
qilish asosida o’quvchilarning dunyo qarashi, qiziqishlari, xarakter xususiyatlari,
munosabat va qadriyatlari ma’naviy dunyosi haqida psixologik ma’lumotlar
olish mumkin.
Sosiometriya metodi bu uslub guruhlar va jamoalarda kishilarning
shaxslararo munosabatlarini, guruh a’zolarining jamoada tutgan ijtimoiy o’rnini
(Mavqyei) va jamoadagi kichik guruhchalar tarkibini aniqlash uchun
qo’llaniladi.