O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev


-Amaliy mashg’ulot mavzusi: Psixika va ongning paydo bo’lishi va



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə107/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   171
psixologiya -fayllar.org

2-Amaliy mashg’ulot mavzusi: Psixika va ongning paydo bo’lishi va 
taraqqiyoti. Psixikaning nerv-fiziologik asoslari 
Reja: 
1. Psixika va ong so’zlarini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar iboralar
keladi. (Aqliy xujum) - 10 daqiqa
2. Psixika va ongning farqi haqidagi fikrlar munozarasi (3x4 pedagogik
texnologiya asosida) - 25 daqiqa
3. Psixika va ongning paydo bo’lishi va taraqqiyoti. Psixikaning nerv-
fiziologik asoslari (Kichik guruhlarda ishlash metodi orqali) - 40 daqiqa
5. Darsga yakun yasash - 5 daqiqa

Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik
tarqatma materiallar 
1. Psixika va ong so’zlarini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar
iboralar keladi (Aqliy xujum)
2. Psixika va ongning farqi haqidagi fikrlar munozarasi 3x4 pedagogik
texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4ta kichik guruhlarga bo’linadi.
Har bir gurux uchun bir varaq qog’oz olinib, uning yuqori qismiga psixika va
ongning farqi haqidagi 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda, bu fikrlar
yozilgan qog’ozni (soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga
o’zatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr bilan
to’ldirishi va keyingi guruhga o’zatishi lozim. Shu tarzda davom etib, har bir
qog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach, guruxlar bu fikrlarni tahlil etib,
guruxning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.
3. Psixologiyaning amaliy o’rganish metodlari. Kichik guruhlarda ishlash
uchun guruh 4 ta kichik guruhga bo’linadi va ularga quyidagi tarqatma
materiallar berilib, Ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash
topshiriladi. Takdimot tayyorlash uchun 20 daqiqa va har bir gurux taqdimoti
uchun 4 daqiqadan Taqdimotlar muhokamasi uchun 4 daqiqa ajratiladi.
1– guruh uchun tarqatma material.
Seskanuvchanlik va sezuvchanlik haqida 
Inson psixikasining paydo bo’lishi va rivojlanishi masalasi tadqiqotchilar
oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Organik va
anorganik materiya doimo harakatda, o’zgarishda va rivojlanishda bo’ladi.
Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti masalasi bilan atoqli rus psixologi
A.I.Leontyev, zoopsixologlar K.E.Fabri va A.I.Seversov shug’ullanganlar.
K.E.Fabri eng sodda hayvonlar psixikasi taraqqiyotini ikki bosqichga – quyi va
yuqori bosqichga bo’ladi. Psixik taraqqiyotning quyi bosqichi bir xo’jayrali,
qisman ko’p xo’jayrali hayvonlarga xos bo’lib, bu bosqichda psixika primitiv
holatda bo’ladi va hayvon tashqi ta’sirlarga sekanuvchanlik bilangina javob
beradi. O’simlik va hayvon shaklidagi barcha tirik organizmlar o’z
evolyutsiyasining hamma bosqichlarida aks ettirishning biologik shakli
seskanuvchanlikka ega bo’ladi. Seskanuvchanlik tirik organizmning biologik
ta’sirlarga javob berish qobiliyatidir.



143
Oddiy seskanuvchanlikni bir xo’jayrali hayvonlarda ham ko’rish mumkin.


Ular muhitning ta’siriga harakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta’sirlarga
organizmning o’ziga xos harakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki
taksis deyiladi. Tropizmning bir qancha turi farq kilinadi. Buni quyidagi
jadvaldan ko’rish mumkin:
Tropizm turlari
Fototropizm
Tapotropizm
Termopropizm
Geleotropizm
Xemotropizm
Barotropizm
Gidrotropizm

Ko’pxo’jayrali hayvonlarda qo’zg’aluvchanlikning yangi shakli –


sezuvchanlik mavjuddir. A. N. Leontyevning gipotezasiga ko’ra sezuvchanlik
genetik jihatdan olganda seskanuvchanlikning o’zidir. U ham muhitning tashqi
ta’sirlariga javob berish asosida vujudga keladi. Faqat sezuvchanlik
seskanuvchanlikka nisbatan yuqoriroq bosqichdir.
K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi ko’p xo’jayrali
hayvonlarga xosdir. Ko’p xo’jayrali hayvonlarda aks ettirish bir muncha yuqori
bo’ladi. Bunday hayvonlarga kavakichlilar (gidra, meduza) ni kiritish mumkin.
Ular ham bir xo’jayrali hayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kavakichlilar
o’zining tuzilishi jihatdan bir xo’jayrali hayvonlardan ancha murakkabdir.
Ularning murakkabligi xo’jayralarning bir-biridan farq qilganligidadir:
tanasining tashqi qismidagi xo’jayralar qoplagich, ichki xo’jayralar esa xazm
qiluvchi bo’ladi.
Evalyusiya zanjirining yuqoriroq pog’onasida turgan ko’p xo’jayrali
hayvonlarda tana tuzulishi ham ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos
o’zgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi organlari
vujudga keladi, aks ettirish ham murakkablashadi.
Tugunli nerv sistemasiga ega bo’lgan hayvonlarda aks ettirish faqat
shartsiz reflekslar orqaligina bo’lmaydi, balki hayot davomida ta’sirlanishning
tug’ma turiga nisbatan ancha yangi, serharakat shakli – shartli reflekslar xosil
bo’ladi.
Tugunsimon nerv sistemasining murakkabroq shakllari atrofni aks ettirish
imkoniyatini oshiradi. Ancha murakkab tugunsimon nerv sistemasiga ega
bo’lganlardan o’rgimchaksimonlar va xashoratlarni olish mumkin. Ularning
organizmi ancha murakkab tuzilishga ega. Hayvonlarning evolyutsiyasi
natijasida ularning reseptorida ajralish (spesializasiya) yuz bera boshlaydi.
Masalan, qisqichbaqaning uzun mo’ylovi – tuyg’u organi, kaltalari hid biluvchi
organlardir.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin