17
quyi darajasi bo’lib, bunda qilinayotgan ishlarga hisobat berilmaydi, xulq-atvor
va hatti-harakatlar ongli ravishda boshqarilmaydi. Ongsizlik sohasiga quyidagi
psixik xodisalarni kiritish mumkin: uyqu holatidagi xodisalar (tush ko’rish);
ilgari ongli bajarilgan, ammo ko’p takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan
hatti-harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo anglanmaydigan mayllar va h. k.
Kasal odam psixikasida yuzaga keladigan ba’zi patologik holatlar ham ongsizlik
xodisalari jumlasiga kiradi: alahlash, gallyusinasiya va shu kabilar.
Hayvon psixikasi bilan inson ongini bir-biridan farq qila bilmoq kerak.
Inson ongining hayvon psixikasidan asosiy farqini quyidagilarda ko’rish
mumkin:
1. Inson hayvonlardan farq qilib o’z faoliyatining bo’lajak
natijasini oldindan
ko’ra olishi mumkin. Bundan tashqari, kishi o’z ishini oldindan rejalashtiradi,
uni bajarish uchun eng oson yo’l, usullarni tanlaydi.
Agar hayvonlar atrofdagi muhitga ongsiz ravishda moslashsalar,
inson
esa o’z ehtiyojini ko’prok darajada qondirish uchun muhitga ongli, rejali
ravishda moslashadi. Bu moslashish mehnat jarayoni orqali bo’ladi.
2. Inson shuning uchun o’z faoliyatini rejalashtiradiki, oldindan ko’ra biladiki,
chunki u nutqqa egadir. Uning nutqqa ega bo’lishi
hayvonlardan ajratib
turuvchi ikkinchi muhim farqidir. Doimo boshqalar bilan munosabatda bo’lish,
kitob o’qish, ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishish, texnikani egallash
tufayli inson o’z
ongini boyitib, o’stirib boradi.
3. Insonning hayvonlardan yana bir muhim farqi shuki, u jamiyat ichida,
jamoa ichida yashaydi.
Jamiyatda yashamasdan, jamoa a’zolari bilan
munosabatda bo’lmasdan turib inson shaxsi shakllanmaydi.
Insonning ongi mehnat jarayonida, yangi-yangi mehnat qurollarini yasash
prosessida o’sib boradi.
Xulosa qilganimizda, psixologiya inson va hayvonga xos bo’lgan psixik
jarayonlarni, ularning paydo bo’lish yo’llarini va rivojlanish xususiyatlarini
o’rganadigan fandir. Psixika esa bosh miya va nerv sistemasining mahsulidir.
U doim o’sib, rivojlanib boradi. Psixikaning eng yuksak shakli ong bo’lib, u
faqat insonlarga xosdir. Ong shaxsiy va ijtimoiy shaklda bo’ladi.
Inson psixikasining taraqqiyoti filogenez
va ontogenezni boshidan
kechiradi. Filogenez shuki, odamzod paydo bo’lgandan toki hozirgi davrgacha
avloddan-avlodga psixika takomillashgan holda o’tgan. Masalan, dastlabki
odaminson maymunlar yoki ibtidoiy jamoa tuzumi
davridagi odamlar bilan
hozirgi insonlar psixikasi o’rtasida beqiyos darajada katta farq bor. Ontogenez
esa bola tug’ilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining ortib borishi bilan
psixikasining ham o’sib, rivojlanib borishidir.
Dostları ilə paylaş: