O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə18/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   171
psixologiya -fayllar.org

2. Shaxsning tuzilishi. 
Shaxs xususiyatlarining tuzilishida odatda, uchta tarkibiy qism ajratiladi.
1) biologik (temperament, tana tuzilishi, jinsi). 2) psixologik (xarakter). 3)
ijtimoiy (ijtimoiy tajriba, shaxs yo’nalishi, dunyoqarashi, e’tiqodi,
qadriyatlari, intellekti)
Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmasi har
bir konkret odamda barqaror birlikni tashkil etadi, bu esa shaxs psixologik
tuzilishining nisbatan doimiyligi deb qaralishi mumkin. Psixik holatlar doim
o’zgarib tursa ham, har turli ijtimoiy guruhlarda va har hil hayotiy vaziyatlarda
odam o’z zimmasiga olgan rollari bilan bog’liq holda xulq–atvori o’zgarib tursa
ham, yoshning o’zgarib borishi va hokazolari bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar
sodir bo’lsa ham shaxsning psixik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo’lib
qolaveradi.
Shaxsning psixologik tuzilishiga ikki xil qarash mavjuddir. Bir guruh
olimlar shaxs tuzilishini faqat biologik faktorlar (anatomik – fiziologik
tuzilishga) bog’lab tushuntirsalar, boshqalari faqat ijtimoiy faktorlarga
bog’laydilar. Aslida shaxs tuzilishida ikki faktorning ham roli bor. Lekin shaxs
tuzilishi va uning shakllanishida ijtimoiy faktornnig roli kattadir. Chunki shaxs
ijtimoiy kategoriyadir.
Bundan tashqari, shaxs faolligining manbai masalasida ham ikki xil
qarash mavjuddir. Birinchi guruh tarafdorlari shaxs aktivligini biologik
faktorlarga bog’laydilar. Shaxsning shakllanishini va faolligini biologik
faktorlarga bog’lovchilardan eng ommaviysi freydizm bo’lib hisoblanadi. Bu
ta’limotning asoschisi avstriyalik vrach va psixolog Zigmund Freyd bo’lib,
uning ta’limotiga ko’ra shasx psixologik hayotining asosini jinsiy lazzat olishga
qaratilgan tug’ma, ongsiz mayllar tashkil etadi.
Freydning ba’zi shogirdlari uning bu ta’limotiga qarshi chiqqan. Masalan,
Adolf Adler (1870 – 1937) ning fikricha, shaxs psixologik hayotining asosini
seksual mayl emas, balki ustunlikka, hokimiyatga, boshqa kishilar ustidan
hukmronlik qilishga bo’lgan tabiiy mayl tashkil etadi.
Vaholanki, shaxs faolligining manbai turli ehtiyojlardir. Mana shu
ehtiyoj odamni ma’lum tarzda va ma’lum yo’nalishda harakat qilishga undaydi.



22
Ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo’ladigan va uning konkret


yashash sharoitiga bog’liqligini ifodalovchi holatdir.
Shaxs ehtiyojlaridan tashqari, qiziqishlarga ham ega bo’ladi. Qiziqishlar
deganda odamning bilish jarayoni bilan bog’liq ehtiyojlarining hissiy namoyon
bo’lishi tushuniladi. Bilish ehtiyojlarini qondirish bilimlardagi kamchiliklarni
to’ldirishga, sharoitga yaxshiroq moslashishga, o’zi uchun ahamiyatli
narsalarni tushunishga yordam beradi.
Faoliyat jarayonida qiziqishlarning roli nihoyatda kattadir. Qiziqishlar
mazmuniga, maqsadiga, kengligi va mustahkamligiga qarab klassifikasiya
qilinishi mumkin.
Shaxs o’z e’tiqodiga ham ega bo’ladi. E’tiqod shaxsning o’z qarashlari,
prinsiplari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi
anglangan ehtiyojlar yig’indisidir. E’tiqodli kishi Hech qachon o’z prinsiplari,
qarashlari, maqsadlaridan chekinmaydi. Hozirgi tarbiyamizdan maqsad ham
e’tiqodli, iymonli, ma’naviy yetuk kishilarni tarbiyalab yetishtirishdir.
Shaxsda tilaklar ham mavjud bo’ladi. Tilak hatti–harakat motivi bo’lib, u
kishini harakat qilishga undaydi. Tilak niyat, orzu, ehtiros shakllarida
namoyon bo’lishi mumkin. Ular yuksak va past bo’lib, odamlar faoliyati va
jamiyat hayotida turli rol o’ynashi mumkin.
Qiziqishlar, ehtiyojlar, e’tiqodlar, tilaklar anglanilgan harakatlardir.
Lekin insonda anglanilgan motivlardan tashqari, anglanilmagan mayllar ham
borki, inson hayotida katta ahamiyatga egadir.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin