«Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash. Shaxsning o’zi, o’z xulq-
atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan
obraz «Men» — obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka
yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
«Men» — obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs
tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu
nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o’zi va o’z sifatlari
to’g’risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin.
Demak, har bir inson o’zini, o’zligini qanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur
qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik
kam bo’ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo’ladi.
O’z-o’zini anglash, o’zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni
ko’pincha konkret shaxs tomonidan og’ir kechadi, ya’ni inson tabiati
shundayki, u o’zidagi o’sha jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan, no’maqul
sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, xattoki, bunday
tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi (avstriyalik olim Z.
Freyd nazariyasiga ko’ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo’lmay, u har bir
shaxsdagi o’z shaxsiyatini o’ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday
himoya mexanizmi shaxsni ko’pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy
kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Men» —
obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o’sha shaxsni o’rab turgan tashqi muhit,
o’zgalar va ularning munosabati katta rol o’ynaydi. Odam o’zgalarga qarab,
go’yoki oynada o’zini ko’rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada
refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati — aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi
orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya bu
o’zini, o’zining xulq atvorini xuddi tashqaridan kuzatgandek kuzata olish va
tahlil qila olish qobiliyatidir.
5
Каrimova V. , Акramova F. Psixologiya. Ма’ruzalar matni. – Т. , 2002, 37 b