yig‘imlarini o‘tgazganligini tasdiqlovchi hujjat.Agar litsenziya
oluvchi tomonidan berilgan ariza rad qilingan holatlarda to‘langan
summa qaytarilmaydi.
4. Litsenziya oluvchining binodan foydalanish huquqini
tasdiqlovchi hujjatlar hamda «O‘zbekturizm» MK vakillari
tomonidan tuzilgan komissiyaning binoning moddiy-texnikaviy
jihozlangani faoliyat turini litsenziyalash talablariga javob berishini
tasdiqlovchi va uni ko‘zdan kechirganligi haqidagi hujjat.
5. Shakillantirilgan nizom jamg‘armasi miqdori to‘g‘risida bank
ma’lumotnomasi.
6. Mutaxassislarda turizm sohasidagi yetarli ish staji yoki maxsus
bilimning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (diplom
yoki mehnat
daftarchasining nusxasi, ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqning
nusxasi).
7. Rahbarning ismi, sharifi, familiyasi, tug‘ilgan yili, pasport
ma’lumotlari, uy manzili, ma’lumoti, telefon raqamlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar.
Qarorlarni qabul qilish jarayoni «O‘zbekturizm»
MK tomonidan
qat’iy aniq belgilangan vaqtda amalaga oshiriladi, lekin amaliyotda
ba’zan ayrim kechikishlar ham kuzatiladi. Shunga qaramasdan,
litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi «O‘zbekturizm»
MKning qarori litsenziya oluvchi tomonidan barcha zaruriy hujjatlar
ariza bilan birgalikda taqdim etilganidan so‘ng 30 kundan ortiq
bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi. Ekspertlarning fikriga
qaraganda, bu huquqni
muhofaza qilish organlari, moliya va soliq
organining zaruriy tekshirishlari bilan bog‘liqdir. Masalan, turizm
sohasidagi faoliyat uchun litsenziya oluvchi firma egalari
(xo‘jayinlari) to‘g‘risida ma’lumotlar jo‘natiladigan muassasalar
ro‘yxatiga Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar Vazirligi (IIV),
Tashqi ishlar
vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligilari kiradi.
Har qanday holatda «O‘zbekturizm» MK 15 kun muddat ichida,
taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha ekspert xulosalarini tayyorlaydi,
hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda litsenziyani berish yoki uni rad etish
(bermaslik) to‘g‘risidagi qaror bayonnomasini tasdiqlaydi.
Undan so‘ng «O‘zbekturizm» MK uch kun muddat ichida
litsenziya oluvchini natijalar to‘g‘risida xabardor qiladi, ya’ni unga
bank rekvizitlari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda bevosita taqdim
etadi yoki jo‘natadi (unda davlat poshlinalarini to‘lash
muddati va
hisob raqamlari aks etishi kerak). Bir vaqtning o‘zida litsenziya
oluvchiga litsenzion kelishuvni imzolash uchun jo‘natadi. Shuni
qayd qilish kerakki, agar 3 oylik muddat ichida yuqorida qayd
qilingan
litsenziat
kelishuvi
tuzilmasa
va
davlatposhlinasi
to‘lanmagan holatlarda hukumat komissiyasi litsenziyani bekor qilish
to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Litsenziya egasining litsenziya talablari
va shartlariga rioya
qilishini nazorat qilish qonunda belgilangan tartibda «O‘zbekturizm»
MK tomonidan amalga oshiriladi. Bunda «O‘zbekturizm» MK
quyidagi huquqlarga ega:
– litsenziya egasining litsenziya talablari va shartlariga rioya
qilishini rejali tekshirish va ushbu holatlarda litsenziya egasi
tomonidan litsenziya shartlari va talablari buzilganligi aniqlangan
taqdirda rejadan tashqari tekshiruvlarni o‘tkazish;
– litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshiruvdan
o‘tkazishda litsenziya egasidan tegishli ma’lumotlarni so‘rash hamda
olish;
– tekshiruv natijalari asosida litsenziya egasining litsenziya
talablari va shartlarini buzganligini aniq ko‘rsatgan
holda
dalolatnoma yoki ma’lumotnoma tuzish.
– litsenziya egasiga nisbatan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish majburiyatini yuklovchi va bunday buzulishlarni bartaraf etish
muddatlarini belgilovchi qarorni chiqarish;
– litsenziya harakatini to‘xtatib qo‘yish, ta’qiqlash yoki bekor
qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun komissiyaga
taqdim etish.
«O‘zbekturizm» MK turizm faoliyatiga doir litsenziya reyestrini
yuritadi hamda jismoniy va
huquqiy shaxslar u haqdagi
ma’lumotlarni erkin olishlari mumkin (7- jadval).
7-jadval
Dostları ilə paylaş: