5
3
10- rasm.
O‘zbekistonda turizmni sertifikatlash jarayonining
bosqichlari
Rasmga izoh:
1. Buyurtmachi «O‘zbekturizm» MKga sertifikatlashni o‘tkazish
uchun ariza beradi. Sertifikatlash bo‘yicha tashkilot uni qabul qiladi
va qayd etadi.
2. «O‘zbekturizm» MK dastlabki tahlil o‘tkazish maqsadda
mazkur hujjatning (korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar – korxona
nomi,
ustav fondi, rahbarning malakaviy darajasini tasdiqlovchi
hujjatning nusxasi) faqatgina bir qismini to‘ldirish taklifi bilan
buyurtmachiga anketa-savolnomalarni jo‘natadi (u
ariza bilan bir
vaqtning o‘zida ham taqdim etilishi mumkin). To‘ldirilgan anketani
olgandan so‘ng, «O‘zbekturizm» MK arizaga binoan sertifikatlash
sxemasini tanlash bo‘yicha qaror qabul qiladi, xizmatlarni tekshirish
natijalarini ko‘rib chiqadi, buyurtmachi va «O‘zbekturizm» MK
o‘rtasida sertifikatlash bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risidagi
shartnomani tayyorlaydi. Agar salbiy qaror qabul qilinsa, bu holatda
uning sabablari buyurtmachiga yozma ravishda xabar qilinadi. Ariza
bo‘yicha qaror qabul qilish muddati – ariza qabul qilingan kundan
boshlab1 oy.
3. Buyurtmachi turistik xizmatlarni sertifikatlash uchun to‘lovni
amalga oshirib,
shartnomani imzolagach, «O‘zbekturizm» MK
sertifikatsiya nazoratini o‘tkazish bo‘yicha komissiyani tuzadi
(komissiya tarkibi kompaniya xodimlaridan va shtatdan tashqari
mutaxassislardan iborat bo‘ladi) va
ishlarni amalga oshirishga
kirishadi.
4. Komissiya sertifikatlash nazoratini buyurtmachiga anketa-
savolnomaning ikkinchi qismini to‘ldirishni taklifi etishdan
boshlaydi (asosan, korxonaning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq
bo‘lgan savollar) hamda qator tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni
suraydi. Turagentlikni sertifikatlashda idora (ofis,
ish tartibi, aloqa
vositalari va hokazo), litsenziya,
turoperatorlar bilan shartnoma,
ishchi xodimlar malaka-tajribasi va hokazolarni tekshiriladi.
5. Sertifikatsiya tekshiruvi tugaganidan so‘ng barcha materiallar
asosida buyurtmachini sertifikatlashni o‘tkazish to‘g‘risidagi
dalolatnoma tuziladi.
6. Komissiya tomonidan dalolatnoma tuzilganidan so‘ng
«O‘zbekturizm» MK barcha materiallar ekspertizasini o‘tkazadi
(dalolatnomani,
ekspert
xulosalarini,
anketa
natijalarini
va
hokazolarni) hamda imzolangandan so‘ng 10 kun muddat ichida
qaror qabul qiladi:
a) maxsus reyestrda qayd qilingan sertifikatni berish to‘g‘risida;
b) hujjatni berishni rad etish to‘g‘risida.
Agar buyurtmachi «O‘zbekturizm» MK qaroridan norozi bo‘lsa, u
O‘zdavstandart qoshidagi maxsus komissiyaga appellatsiya (qayta
ko‘rish uchun ariza) berish huquqiga egadir.
Sertifikatlashni o‘tkazish uchun narxlar
ishning murakkabligiga
bog‘liq ravishda «O‘zbekturizm» MK tomonidan belgilanadi (8-
jadval).
8- jadval
Dostları ilə paylaş: