3.
Bola pasporti, dengizchi pasporti va boshqalar.
4. 1995- yil 26- martdan yettita Yevropa davlatida Shengen bitimi
kuchga kirdi va unga muvofiq Belgiya, Niderland,
Luksemburg,
Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Portugaliya ichki chegaralarida
chegara tekshiruvi osonlashdi. Keyinchalik
Shengen bitimiga
Yunoniston ham qo‘shildi. Ikki xil vizalar joriy etildi.
5. Yagona Shengen vizasi, uch oygacha muddatga beriladi va
Shengen bitimini tuzgan mamlakatlar hududida
erkin harakatlanish
huquqini beradi.
6. Uch oydan ortiq muddatda beriladigan milliy kirish vizasi, uni
berish Shengen bitimiga kirgan davlatning alohida huquqidir.
Yevropa ittifoqiga kirmagan davlatlar, jumladan,
rossiyalik turistlar
uchun kirishning vizali tartibi saqlangan. Kirishning imtiyozli tartibi
Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Latviya va Estoniya
fuqaroligiga tegishli.
O‘z mijozlari uchun viza rasmiylashtirishda
turistik firmalar
shartli uch guruhga bo‘linadigan talay muammolarga duch kelishadi.
Birinchisi – xorijiy elchixonalar va ularning xodimlari ishini
tashkillashtirish bilan bog‘liq.
Ikkinchisi – elchixonalar uchun me’yoriy bo‘lgan, tegishli
mamlakatlar Ichki va Tashqi ishlar
Vazirliklari belgilaydigan
vizalarni rasmiylashtirish tartibi bilan bog‘liq:
– zaruriy hujjatlar ro‘yxati;
– ularni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
– vizalarni rasmiylashtirish muddatlari;
– turistik firmalarni akkreditatsiya qilish tartibi;
– beriladigan vizalar turlari va hokazolar.
Muammolarning uchinchi guruhi – O‘zbekiston tomonidan kirish
vizalarini olish bilan bog‘liq masalalarni davlat tomonidan yo‘lga
qo‘yilishi, ma’lum
cheklashlar it, mushuk kabi mayda uy
jonivorlarini olib kirish va olib chiqish uchun mavjud. Bu ayniqsa
elita uy hayvonlariga taalluqli. Qoida bo‘yicha, uy hayvonlarini olib
kirish-olib chiqish emlanganini tasdiqlaydigan veterinar sertifikati va
qutirishga qarshi emlanganlik haqida ma’lumotnoma ko‘rinishdagi
hujjatlar talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: