5
billashtirish darajasining ortishi harakat xavfsizligi muammosining
murakkablashishiga, ayniqsa, haydovchilarni tayyorlashga qo‘yilgan
talablarning yanada yuqori bo‘lishiga olib kelar ekan.
Haydovchining mehnat jarayoni boshqa barcha murakkab
tizimlarning boshqaruvchisi (operatori)ning ishiga o‘xshaydi.
Haydovchining ham operator kabi biron-bir
operatsiyani bajarishi
(xatti-harakati), axborotlarni qabul qilishi, uni tushunishi va xatti-
harakatlari natijasini nazorat qilishi bilan bog‘liq.
Shu bilan birga haydovchining avtomobilni boshqarishdagi
faoliyati boshqa operatorlardan ba’zi bir belgilari bilan farq
qiladi.
Operator kuzatish asboblariga qarab boshqarilayotgan tizimning
holatini oldindan bashorat qila oladi va uning xatti-harakatlari
obyektning holatini yoki ko‘rsatkichlarini ma’lum bir darajada
ushlab turishdan iborat bo‘ladi.
Haydovchida esa, bunday imkoniyatlar yo‘q. Masalan, avtomobil
to‘g‘ri chiziqli harakat qilayotganida harakatlanish yo‘lagidan o‘ng
yoki chap tarafga chiqib ketsa, buni kuzatib
borayotgan haydovchi
rulni burib, avtomobilni avvalgi holatiga qaytaradi, agar xavfsizlik
oralig‘i kichrayib ketsa, tezlikni kamaytirib, zarur bo‘lgan
xavfsizlik oralig‘ini ta’minlaydi va hokazo.
Operator faqat bitta mashina (tizim)ning holatini nazorat qilsa,
haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlashi uchun boshqa harakat
qatnashchilarining xatti-harakatlarini ham kuzatib borishi zarur
bo‘ladi. Bunday axborotlarni haydovchi o‘z vaqtida ololmay qolishi
yoki olingan axborotlar yetarli bo‘lmasligi natijasida u noto‘g‘ri xat-
ti-harakat qilishi, bu esa, o‘z nav batida, yo‘l-transport
hodisalariga
olib kelishi mumkin.
Haydovchining ishi mashina operatorining ishidan ancha
murak
kab. Haydovchi avtomobilni boshqarib borar ekan,
uzluksiz ravishda ko‘rish, eshitish va sezish a’zolari orqali yo‘l
sharoiti, boshqa harakat qatnashchilarining xatti-harakatlari,
yo‘ldagi harakat va qo‘zg‘almas obyektlarning joylashuvi haqida
6
axborotlarni oladi, ularni ongida tushunib yetadi va avtomo-
bilning harakatini mavjud yo‘l sharoitiga muvofiqlashtirishi uchun
yechimlar qabul qiladi va boshqarish jihozlariga ta’sir etadi (rul
chambaragini buradi, uzatmalar pog‘onasini o‘zgartiradi, tormoz
tepkisini bosadi, burilishdagi ogohlantiruvchi chiroqlarni yoqadi va
hokazo) va xatti-harakatlarning samarasini nazorat qilib boradi.
Agar haydovchiga uzatilayotgan axborotlar yetarli bo‘lmasa,
ularni o‘z vaqtida qabul qilib,
tushunib yetmasa, u avtomobilni
boshqarish bo‘yicha noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilishi va oxir-oqibat-
da bu xatti-harakatlar yo‘l-transport hodisasining sodir bo‘lishiga
olib kelishi mumkin (1-rasm).
49 %
2 %
Yo‘q
Noto‘g‘ri
Yo‘q
Noto‘g‘ri
Yo‘q
Noto‘g‘ri
0 %
41 %
0 %
4 %
Yo
‘l-
tr
an
sp
or
t h
od
is
as
in
in
g s
od
ir b
o‘
lis
hi
Yo‘q
Noto‘g‘ri
3 %
1 %
Ha
Axborotning
qabul qilinishi
Ha
Axborotni anglash va
yechim qabul qilish
To‘g‘ri
To‘g‘ri
Xatti-harakatlar
Xavfsiz harakat
Axborot manbayi
(angladimi?)
1-rasm. Haydovchining xatti-harakatlari va ko‘p uchraydigan xatolari.
1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, eng ko‘p yo‘l-transport hodisasiga
asosan axborotni anglab yetmaslik (49 %) va noto‘g‘ri yechim qabul
qilish sabab bo‘lar ekan.
Yo‘l harakati murakkab dinamik jarayon bo‘lib,
bu jarayonda
avtomobil, yo‘l, haydovchi va piyoda ishtirok etadi. Shu bilan birga
7
yo‘l harakati jarayoni ma’lum bir atrof-muhitda kechadi. Shuning
uchun yo‘l harakatini «Avtomobil – haydovchi – yo‘l – muhit» tizimi
deb qarash qabul qilingan. Bu tizimdagi barcha elementlar o‘zaro
munosabatda bo‘lib, ularning jamlamasi yagona tizim jarayonini
vujudga keltiradi (2-rasm).
A
Y
H
P
AP
AH
HY
YP
AHYP
Harakat
muhiti
2-rasm. AHYPM tizimining grafik ko‘rinishi.
2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, tizimdagi jarayonlarning optimal
kechishi (harakat xavfsizligi) birinchi galda, undagi har bir
elementning ishonchliligiga, ya’ni A, H, P va Y ga,
elementlar
orasidagi bog‘liqlikka (munosiblikka), ya’ni AH, AP, YP, HY, AY
ga va ulardan ham yuqoriroq bo‘lgan barcha ele ment lar majmua-
sining o‘zaro bog‘lani shidan kelib chiqadigan yangi xususiyatlar
yagona tizim ning ishonchliligiga bog‘liqdir.
AHYPM tizimi tahlil qilinar ekan, undagi haydovchi va
piyoda – biologik, qolgan barcha elementlar esa texnik ele
ment
ekanini ko‘rish mumkin.
Tizimdagi texnik elementlarning ishonchliligini va bosh
qa
element larga muvofiqligini ularni loyihalash, ishlab chiqish va foy
-
dalanish orqali ma’lum darajada ta’minlab turish mumkin. Ammo,
haydovchi biologik element bo‘lgani uchun uning ruhiy fiziologik
imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, bu imkoniyatlarni zarur bo‘lgan
darajagacha ko‘tarib bo‘lmaydi. Bu yerda
faqat haydovchining mav-
jud imkoniyatlarini ma’lum vaqt davomida saqlab turish masalasini
yechish mumkin, xolos. Shuning uchun AHYPM tizimining ele-
menti bo‘lgan «haydovchi» tizimning eng nozik va ishonchsiz ele-
menti hisoblanadi.
8
Bugungi kunda yo‘l-transport hodisalari 70 % haydovchilarning
aybi bilan sodir etilyapti.
Dostları ilə paylaş: