9
II. AVTOMOBILNING BOSHQARISH JIHOZLARIDAN
FOYDALANISH TEXNIKASI
2.1. Haydovchining ish o‘rni
Haydovchining ish o‘rni kabinaning o‘lchamlari, boshqarish
jihozlarini ishga tushirishning qulayligi, o‘rindiqning holati va
boshqaruv jihozlarining unga nisbatan joylashuvi, ish o‘rnidagi
muhitning ergonomik ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi.
Haydovchining ish o‘rni haydovchining antropometrik (odam
gavdasining o‘lchamlari) va ruhiy fiziologik tasniflaridan kelib
chiqqan holda rejalashtirilishi va jihozlanishi kerak.
Haydovchining ish o‘rnidan foydalanish
xususiyatlari maishiy
qulaylik (komfortnost) deb nomlanadi.
O‘rindiq – o‘rindiq taxtasi, yostiqcha, suyanchiq va amorti-
zatsiyalovchi qurilmadan tashkil topgan bo‘ladi. O‘rindiq taxtasiga
uni sozlovchi va tutib turuvchi har xil qurilmalar biriktirilgan bo‘la-
di (masalan, suyanchiqning qiyalik darajasini sozlovchi qurilma).
Haydovchi o‘rindiqda qulay joylashib o‘tirganida uning tana a’zolari
ma’lum burchaklarni egallashi va boshqarish a’zolarini ishlatayotganida
ortiqcha kuchlanish talab qilmaydigan bo‘lishi kerak (3-rasm).
3-rasm. Haydovchining o‘rindiqda joylashuvining optimal holati.
10
Haydovchining o‘rindiqqa to‘g‘ri va noto‘g‘ri o‘tirish holatlari
4-rasmda ko‘rsatilgan.
a)
b)
v)
4
-
rasm. Haydovchining o‘rindiqqa to‘g‘ri (a) va noto‘g‘ri (b), (v) o‘tirish holatlari.
Haydovchining ish o‘rnidagi fizik-kimyoviy
sharoitlar ke yingi
bo‘limlarda o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: