127
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har xil vaziyatlarda turli
xil temperamentli odamlar o‘zlarini turlicha tutar ekan. Yana shuni
ham eslatib o‘tish kerakki, bitta turga mansub
insonlar tabiatda juda
kam uchraydi.
Insonning temperamenti mustahkam va muqobil bo‘ladi.
Lekin, shunga qaramay, uni tarbiyalash, mehnat va hayotiy tajriba
natijasida o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
Haydovchining tajribasi va mahorati ortishi bilan bir paytning
o‘zida makondagi va vaqtdagi jarayonlarni
sezish va idrok etish
miqdori, hodisalarni oldindan ko‘ra olish va murakkab yo‘l-
transport vaziyatlarida vaqtning tig‘izligiga qaramay, to‘g‘ri yechim
qabul qila olish qobiliyati ortadi.
Haydovchining shaxs sifatida shakllanishida uning o‘zi yashab
turgan ijtimoiy tuzumga va bo‘layotgan voqealarga munosabati
juda katta ahamiyatga ega. Uni boshqa odamlarga munosabati,
ularning yashash tarzi va sharoitiga hamdardlik bilan qarashi,
mehnatsevarligi, javobgarlikni his qilishi, qat’iyatliligi, adolat-
parvarligi undagi ijobiy xususiyatlarning mujassamlanib
borishiga
olib keladi.
Har bir shaxs, shu jumladan, haydovchilik faoliyati bilan
shug‘ullanayotgan insonlar o‘zlariga taalluqli qonunni bilishlari va
unga to‘liq amal qilishlari kerak.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yo‘l
harakati qoidalari va xavf-
sizligi talablariga to‘liq amal qiluvchi haydovchilar juda kamdan
kam vaqtlarda xavfli vaziyatlarga tushib qoladi. Tajribasi
va mahorati oshishi bilan esa deyarli YTHni sodir etmaydi.
Bunday haydovchilar odob-axloq qoidalariga to‘liq amal qiladi.
Haydovchining odob-axloqi deganda yaxshi xulqli, bosh qa harakat
qatnashchilariga
hurmat bilan qarashi, ular biron-bir noto‘g‘ri xatti-
harakat qilganlarida bosiqlik qilishi, ichki ishlar va boshqa taftish-
tekshirish xodimlari, yo‘lovchi va buyurtmachilar bilan o‘zaro
munosabatlarda xushfe’l va xushaxloq bo‘lishlari ham tushuniladi.