34
faqat orqa g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan avtomobil uchun:
Rφ
2
= R
z2
·
φ = G
2
·
cosα · φ,
bu yerda: α – yo‘lning bo‘ylama
qiyaligi;
G
1
, G
2
– avtomobilning
oldingi va orqa o‘qlariga tushgan og‘irlik kuchlari; φ – tishlanish
koeffitsiyenti;
R
φ – g‘ildiraklar bilan yo‘l o‘rtasidagi tishlanish kuchi.
Tishlanish koeffitsiyenti
φ fizikaviy ma’nosi bo‘yicha
mexanikada qabul qilingan ishqalanish koeffitsiyentini ifodalaydi va
shina ning yo‘l sirti bilan mexanikaviy tishlanishini hisobga oladi.
Tishlanish koeffitsiyentining qiymati yo‘lning
va gruntning
holatiga, shina protektorining shakliga, shinaning ichki bosimiga,
g‘ildirakka tushgan og‘irlik kuchi va hokazolarga bog‘liq.
Qattiq
yo‘llarda tishlanish koeffitsiyentining qiymati shina bilan yo‘l
o‘rtasidagi ishqalanishga hamda yo‘l ustining mikronotekisligiga
bog‘liq. Yo‘l usti namlangan bo‘lsa, suv va tuproqning zarralaridan
loy pardasi hosil bo‘lib, tishlanish koeffitsiyenti qiymati kamayadi.
Shina yo‘l
ustida sirpanib, kontaktning sirtida elementar
gidrodinamik kuchlar hosil bo‘lsa, suyuq ishqalanish sodir bo‘lib,
tishlanish koeffitsiyenti minimal qiymatgacha kamayadi.
Deformatsiyalanadigan yo‘lda tishlanish koeffitsiyentining
qiyma ti tuproqning siljishiga ko‘rsatadigan
qarshiligiga va ichki
ishqalanishiga bog‘liq.
Tishlanish koeffitsiyenti qiymatining katta-kichikligiga shina
protektorining rasmi (naqshi) ham ta’sir etadi. Yengil avtomobil-
larning shinasi mayda naqshli bo‘lgani uchun qattiq yo‘llarda
yaxshi
tishlanadi. Yuk avtomobillarida shina protektori yirik naqshli
bo‘lgani uchun avtomobilning yo‘l to‘siqlaridan o‘ta olish qobiliyati
oshadi. Eksplua
tatsiya davrida protektor
yeyiladi va shinaning
tishlanish qobiliyati kamayadi.
Tishlanish koeffitsiyenti bilan vertikal kuch o‘rtasidagi
munosabat to‘g‘ri chiziqqa yaqin bo‘lib, og‘irlik oshishi bilan φ ning
qiymati kamayadi. Amaliy hisobda φ
ning jadvalda keltirilgan o‘rta
qiymatlaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: