37
havo qarshiligi yana ham kattalashadi. Havoning avtomobilga
qarshiligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi:
1) harakat davrida avtomobilning
orqa va old qismida havo
bosimining har xilligi natijasida peshtoqda hosil bo‘ladigan qarshilik
umumiy qarshilikning 55
–
60 % ini tashkil etadi;
2) avtomobilning qanoti, zinapoyasi,
raqami va boshqalarning
qarshiligi (12
–
18 % ni tashkil etadi);
3) havoning radiator orqali kapot tagidan o‘tib ko‘rsatadigan
qarshiligi (10
–
15 % ni tashkil etadi);
4) avtomobil kuzovining havoga ishqalanish qarshiligi
(8
–
10 % ni tashkil etadi);
5) avtomobilning yuqori va pastki qismidagi bosimning har
xilligi tufayli sodir bo‘ladigan qarshilik (5
–
8 % ni tashkil etadi).
Havoning qarshilik kuchi avtomobilning
har xil nuqtalariga
tushganligi sababli, uni aniq hisoblash qiyin. Ta’sir etuvchi
elementar qarshilik kuchlarining teng ta’sir etuvchisi avtomobilga
havoning qarshilik kuchi P
v
deb ataladi. P
v
kuch qo‘yilgan
nuqtani yelkanlik markazi deyiladi. Bu nuqta yo‘l tekisligidan h
v
balandlikda bo‘ladi.
Avtomobilga havoning qarshilik kuchi quyidagi empirik
formuladan topiladi:
P
v
= K F
u
2
a
,
bu yerda:
K
– havo qarshiligini
yengish koeffitsiyenti;
F
– avtomo-
bilning old yuzasidan qaralgandagi yuzi.
Havo qarshiligini yengish koeffitsiyenti
K
1 m/s tezlik bilan,
harakatlanuvchi avtomobilning 1 m
2
yuzasiga havoning qarshilik
kuchi bilan aniqlanadi.
Avtomobilning old
yuzasidan qaralgandagi yuzi
F
deb,
avtomobilning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar tekislikka
tushirilgan proyeksiyasiga aytiladi. Bu yuzani aniqlash murakkab
bo‘lganidan, uning qiymati yuk mashinalari
va avtobuslar uchun
quyi dagicha hisoblanadi:
F = B · H
a
,
m
2
,
yengil avtomobillar uchun esa
38
F = 0,78 · V
a
· N
a
m
2
,
bu yerda:
N
a
–
avtomobilning balandligi;
V
– ikki g‘ildirak orasidagi
masofa (koleyasi);
V
a
–
avtomobilning eni.
W = K · F
ifoda havo qarshiligini yengish faktori deyiladi.
Avtomobilga havoning qarshilik kuchini aniqlashda zarur
bo‘ladigan koeffitsiyent qiymatlari jadvalda berilgan.
Dostları ilə paylaş: