O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


XI. HAYDOVCHINING KASBIY ISHONCHLILIGI



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86
True

XI. HAYDOVCHINING KASBIY ISHONCHLILIGI
11.1. Haydovchining kasbiy ishonchliligi
Yo‘l harakatining murakkab dinamik jarayoni va uning 
AHYPM tizimi deb qaralishi qo‘llanmaning 1-bobida yoritilgan 
edi. Bu tizimda gi asosiy yo‘nalishlarga ega bo‘lgan «Avtomobil» 
va «Yo‘l 
ning» ishonchlilik konstruksiyasini mukammallashtirish 
orqali istal gan darajaga oshirish mumkinligi to‘g‘risida ham ma’lum 
ma’lumot 
lar berilgan edi. Masalan, avtomobilning ishonchliligi 
undagi detallarning mustahkamligini oshirish, zaxiralash (резерви-
рование) va shunga o‘xshash usullar bilan zaruriy darajaga yetka-
zish va saqlab turish mumkin.
Haydovchining kasbiy ishonchliligini oshirishda esa bunday 
imkoniyatlar yo‘q. Faqat haydovchining kasbiy ishonchliligini 
uning psixofiziologik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ma’lum 
darajada saqlash to‘g‘risida fikr yuritish mumkin, xolos. Shuning 
uchun avtomobil va yo‘l qancha ishonchli bo‘lmasin, haydovchining 
kasbiy ishonchliligi past bo‘lsa, bu tizim ham ishonchsiz bo‘lib 
qolaveradi. Demak, yo‘l harakatini, ya’ni AHYPM tizimi dinamik 
jarayonining optimal kechishi uchun haydovchining kasbiy 
ishonchliligi eng katta ahamiyat kasb etar ekan.
Haydovchining o‘z kasbiga ishonchliligi unga yuborilayotgan 
axborotlarni idrok qilish, tahlil qilib anglab yetish qobiliya tiga 
bog‘liqdir. Haydovchi axborotlarni sezish a’zolari orqali qabul 
qiladi: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ushlab ko‘rish orqali sezish va 
boshqalar. Bu a’zolardan eng asosiysi ko‘rish a’zolari hisoblanadi
chunki haydovchi 90 – 95 % axborotni ko‘rish orqali qabul qiladi.
Haydovchi a’zolarining axborotlarni qabul qila olish darajasi 
ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, haydovchi ko‘zi orqali 20 – 70 
bit/sek, eshitish a’zolari orqali esa faqat 0,6 – 8 bit/sek miqdordagi 
axborotni qabul qila olishi mumkin.
Axborotlarni qabul qilish, ularni tushunib yetish va avtomobilni 
boshqarish uchun to‘g‘ri yechim qabul qilish va o‘z vaqtida to‘g‘ri 
xatti-harakatlarni amalga oshirish haydovchining shaxs sifatida 


112
mijoziga ruhiy fiziologik imkoniyati va holatiga, kasbiy tayyorgarlik 
darajasiga bog‘liq.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda haydovchining kasbiy 
ishonchliligiga V. M. Mishurin va A. N. Romanovlar quyidagicha 
ta’rif beradilar: haydovchining kasbiy ishonchliligi deb uning butun 
ish davomida va barcha yo‘l sharoitlarida avtomobilni xavf 
siz 
boshqara olish qobiliyatiga aytiladi.
Haydovchilarning kasbiy ishochliligi bo‘yicha uzoq yillar 
ilmiy tadqiqotlar olib borgan va texnik tizimlarni, xususan 
avtomobillarning ishonchliligi bo‘yicha yirik mutaxassis olim 
bo‘lgan R. V. Rotenberg bu muammoga texnik nuqtayi nazardan 
qarab, ushbu tushunchaga quyidagicha ta’rif beradi: haydovchining 
ishonchliligi bu – harakat tartibiga (режим движения) va avto-
mobildan foydalanish sharoitiga mos ravishda harakat xavfsizligini 
ta’minlab berish qobiliyatini ma’lum chegarada saqlab qolishidir.
Ruhshunos va texnik olimlarni haydovchilik kasbiy ishonch-
liligiga bergan ta’riflari bir-biridan farq qilsa ham, uni belgilab 
beruvchi omillar bir xil ekanligini ko‘rish mumkin, ya’ni bular: 
haydovchining ruhiy fiziologik sifatlari, tayyorgarligi, axloqiy 
turg‘un 
ligi, ish qobiliyati, malakasi, ma’lumoti va boshqalar. 
O‘rganayot gan haydovchining o‘z kasbiga ishonchi quyidagi ko‘rsat-
kich lar bilan tavsiflanadi:
– haydovchining kasbga yaroqliligi;
– haydovchining kasbiy tayyorgarligi;
– haydovchining ish qobiliyati.
Haydovchi avtomobilni hayday olishi uchun sog‘lig‘i, ruhiy 
fiziologik sifatlari tekshiriladi.
Haydovchining tajribasi uning yoshi, ish staji, o‘quv darajasi 
va o‘zining faoliyati davrida olgan kasbiy bilimlari va mahorati 
(ko‘nikmalari) bilan aniqlanadi. Haydovchilikka ruhiy tayyorgarlik 
ham bu o‘rinda muhim ahamiyat kasb etadi.
Haydovchining ish qobiliyati uning yuqori sifatli ko‘rsatkichlari 
va yuqori darajada qoidalarni o‘ziga singdira olishi bilan, ya’ni o‘z 
vazifasini bajara olishi bilan aniqlanadi.
Yo‘llarning holati va jihozlari, yo‘l harakatini tashkil etish 
darajasi, transport oqimining jadalligi va tarkibi, harakat tezligi va 
muhit ham haydovchining kasbiy ishonchliligiga katta ta’sir etadi.


113
Haydovchining o‘z kasbiga ishonchi yo‘ldagi obyektlarning, 
ularning yaqinlashish tezligini, harakat yo‘nalishi va ulargacha 
bo‘lgan masofani aniq va o‘z vaqtida qabul qila olishiga bog‘liq 
bo‘ladi. Shuning uchun haydovchilarga yo‘l sharoiti va uning 
elementlarini qabul qilish uchun optimal sharoitlar yaratilgan 
bo‘lishi kerak (avtomobil va yo‘llarda).

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin