9-modda. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkilo-
tining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi
vakolatlari.
Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti:
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dastur-
larini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
– umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash,
qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashda yo‘l harakati
xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
– o‘ziga qarashli avtomobil yo‘llarida transport vositalarining
xavfsiz harakatlanishi uchun bu yo‘llarning soz holatda saqlanishini
ta’minlaydi;
– yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l qoplamasining holati,
gidrometeorologik va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi zarur axborot
bilan ta’minlaydi;
– avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tartibga solish vositalari,
tezkor aloqa tizimi qurilishini va mazkur yo‘llarning ushbu
vositalar va tizim bilan jihozlanishini amalga oshiradi hamda
ularning saqlanishini ta’minlaydi;
–
avtomobil yo‘llarining harakatlanish uchun xavfli uchast-
kalarini aniqlaydi va bu uchastkalarda yo‘l harakatini tashkil etishni
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
–
og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni
tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda
ishtirok etadi, shuningdek, yo‘l servisi obyektlarini joylashtirishga
rozilik beradi.
Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l
harakati xavfsizligi xizmati:
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
110
– yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab
chiqadi;
– yo‘l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, Yo‘l harakati
qoidalariga hamda boshqa qonun hujjatlarining yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazoratni
amalga oshiradi;
–
og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni
tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda
ishtirok etadi;
– yo‘llarni, temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarini, avtomobilga
yonilg‘i quyish shoxobchalarini, transport vositalarining
konstruksiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihalariga rozilik
beradi;
– foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan
nazoratni amalga oshiradi, transport vositalarining majburiy texnik
ko‘rigini o‘tkazadi;
– yo‘llarning va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarining
saqlanishi, ularning yo‘l harakatini tartibga solish vositalari bilan
jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
– yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga muvofiq bo‘lmagan yo‘llardan va temir yo‘llarni kesib
o‘tish joylaridan foydalanishni taqiqlaydi;
– transport vositalarining, yo‘l harakati qoidalari buzilishining
hamda yo‘l-transport hodisalarining hisobini va ro‘yxatini yuritadi;
– transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
guvohnomalar beradi;
–
qonun hujjatlariga muvofiq o‘zining vakolat doirasiga
kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l
harakati xavfsizligi xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
|