O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
True

10.3. YTH ekspertizasi
Alohida olingan YTHni tahlil qilishning asosiy maqsadi hodisa 
sodir bo‘lishining obyektiv sabablariga va har bir hodisa qatnashchi-
larining xatti-harakatlariga ilmiy asoslangan tavsif berishdan ibo ratdir.
YTHni alohida olib tahlil qilish natijasida u bilan bog‘liq 
bo‘lgan asosiy shart-sharoitlar, xavfli va avariya ro‘y berganda 
harakat qatnashchilarining qaysi xatti-harakatlari avariya vaziyatini 
vujudga keltirgani, hodisaning oldini olish uchun haydovchida 
texnik imkoniyat mavjud edimi degan savollarga ilmiy asoslangan 
javoblar topiladi va ular hodisa qatnashchilarining, avtokorxona va 
yo‘l xo‘jalik mutasaddi rahbarlarining aybdorlik darajasiga qarab 
javobgarlikka tortilishida muhim isbotiy dalil vazifasini o‘taydi.
Alohida olingan YTH tahlili YTHning ekspertizasi deb 
nomlanadi.
Yo‘l-transport hodisalarining ekspertizasi deb, Jinoyat protses-
sual kodeksiga asosan fan, texnika va hunarda ma’lum bilimga ega 
bo‘lgan shaxslar tomonidan hodisani kompleks ilmiy-texnik asosda 
har tomonlama tadqiqot qilishga aytiladi.
Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, YTH ekspertizasida har bitta 
hodisa alohida tadqiqot qilinadi. YTHni alohida olib, uning sodir 
bo‘lish sabablarini aniqlash, bu hodisaning o‘ziga xos xususiyat-
larini, hodisa qatnashchilarining qaysi xatti-harakatlari YTH kelib 
chiqishiga olib kelganini aniqlash va baholash imkonini beradi.
Ekspert yechishi kerak bo‘lgan eng asosiy masalalardan biri 
sodir bo‘lgan YTH oldini olishga haydovchida texnik imkoniyat 
mavjud edimi yoki yo‘qmi? Shu xulosaga qarab haydovchi va 
boshqa hodisa qatnashchilari fuqarolik, ma’muriy yoki jinoiy 
javobgarlikka tortilishlari mumkin.


103
YTH ekspertizasi ekspertning qaysi tashkilotga mansubligi ga 
qarab ikkiga bo‘linadi:
– xizmat ekspertizasi (xizmat surishtiruvi);
– sud ekspertizasi.
Har bir sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha transport vositasi mansub 
bo‘lgan korxona xodimlari o‘tkazadigan ekspertiza 
– 
xizmat 
ekspertizasi, deb ataladi.
Xizmat ekspertizasini o‘tkazish, uning tartibi, muddati va 
yechilishi lozim bo‘lgan masalalar «Avtotransport korxonalarida 
harakat xavfsizligi ishini tashkil etish» nizomida to‘liq bayon 
etilgan va qo‘llanmaning so‘nggi bobida bayon qilingan.
YTH sud ekspertizasining asosiy maqsadi buning YTH hamma 
davlatlardagi jarayoniga ilmiy asoslanib tavsif berish, har bir hodisa 
qatnashchisi xatti-harakatining va YTH kelib chiqishining obyektiv 
sabablarini aniqlashdan iborat.
Ekspertiza ishiga uslubiy va ilmiy-texnik rahbarlikni Respublika 
sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti olib boradi. Viloyatlarda 
institutning filial va laboratoriyalari tashkil etilgan.
Sud ekspertizalari amaldagi qonunlar va ekspertiza muassasa-
larida sud ekspertizasini o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan nizomi va 
yo‘riqnomalari asosida olib boriladi.
«Ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasining ishini tashkil 
qilish» nizomiga ko‘ra, ekspertlar yechishi lozim bo‘lgan masalalar 
quyidagilardan iborat:
1. Yo‘l-transport hodisalariga olib keladigan omillarni aniqlash
jamlash va tahlil qilish:
– transport vositasining konstruksiyasi va texnik holati;
– piyoda va transport vositasining tezligi va harakat yo‘nalishi;
– yo‘lning geometrik o‘lchamlari va holati;
– harakat uchun to‘siqlarning borligi va ularning tavsiflari;
– yo‘l belgilari, svetoforlar va boshqa texnik vositalar, ularni 
hodisa sodir bo‘lgan paytdagi texnik holati.
2. YTH jarayoniga va sodir bo‘lishiga olib kelgan omillarni ajratib 
olish, ularni ilmiy asosda tadqiq qilish va tajribadan izlash.
3. Xavfli vaziyat vujudga kelgan vaqtni aniqlash.


104
4. Tadqiqot qilinayotgan hodisaning texnik sabablarini va 
qatnash 
chilar tomonidan ularni bartaraf qilish mumkinligi 
imkoniyatlarini aniqlash.
5. YTH qatnashchilarining xatti-harakatlarining «Yo‘l harakati 
qoidalari»ga va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini 
aniqlash va boshqalar.
Umuman, ekspert oldiga yechish uchun qo‘yiladigan masa-
lalar xilma-xil bo‘lib, ular har bitta hodisaning o‘ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Qo‘yilgan masalalarni yechish uchun ekspertga O‘zbekiston 
Respublikasi jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslariga ko‘ra, 
ma’lum vakolatlar va huquqlar berilgan, shu bilan birga ma’lum bir 
majburiyatlar ham yuklatilgan.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin