O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
True

10.2. YTH tahlili
Umuman olganda, YTHni tahlil qilish uslubiyatini ikki turga 
ajratish mumkin. Har bitta YTHni alohida olib tahlil qilish va 
YTHning to‘plamini birgalikda tahlil qilishdan iborat.
YTHning to‘plamini tahlil qilish matematik statistika yordamida 
amalga oshiriladi. Bu usul yordamida YTH o‘zgarishining asosiy 
qonuniyatlari, sabablari va holati oldindan aniqlanadi. Masalan, 
ko‘rilayotgan davr oralig‘ida YTH sonining o‘zgarish dinamikasi, 
ularning necha foizi transport vositalarining konstruksiyasidagi 
kamchiliklar, texnik nosozliklar, haydovchi va piyodalarning 
harakat xavfsizligi bo‘yicha qonun me’yorlarini buzishlari yoki 
yo‘l sharoitining belgilangan qurilish qoidalari va me’yorlariga mos 
kelmaganligi oqibatida sodir etilganligi va hokazo.
Bunday tahlil respublika, viloyat, shahar yoki korxonalar 
miqyosida sodir etilgan YTHni bir-biri bilan solishtirish, ularni 
keltirib chiqargan sabablarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Tahlillar 
natijasida olingan ma’lumotlar har xil turdagi grafiklar shaklida 
tasvirlanishi mumkin.
Misol tariqasida 53-rasmda avtobus saroyi (avtobus saroyining 
raqami ataylab ko‘rsatilmadi) haydovchilari ishtirokida sodir etilgan 
YTHning 2001 – 2005-yillardagi o‘zgarish dinamikasi tasvirlangan.
53-rasmdan ko‘rinib turibdiki, 2001 – 2002-yillarda 5 tadan, 
2003–2004-yillarda esa, 6 tadan YTH sodir etilgan ekan. Avtobus 
saroyida harakat xavfsizligi bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar 
natijasida 2005-yili YTH soni keskin kamaygan va faqat 3 ta 
YTHni tashkil etgan.
YTHni tahlil qilishda faqat ularning miqdoriga qarab xulosa 
chi qarish har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. YTH haqida to‘g‘ri 
xulo salar chiqarish uchun ularni har tomonlama tahlil qilib chiqish 
kerak. Masalan, YTHning og‘irlik darajasini ham o‘rganib chiqish 
kerak.


98
12
11
10
9
8
7
6
5
4
3
2
1
Y
TH s
on
i, d
on
a
2011 2012 2013 2014 2015
Yillar
53-rasm.
YTHning o‘zgarish dinamikasi.
YTHning og‘irlik darajasi ularda halok bo‘lgan odamlar sonining 
barcha yarador bo‘lgan odamlar soniga nisbati bilan aniqlanadi:
K
0

P
o‘l
;
P
yar
bu yerda: 
P
o‘l 
– 
YTH oqibatida halok bo‘lgan odamlar soni; 
P
yar 
– YTH oqibatida yarador bo‘lgan odamlar soni.
54-rasmda avtobus saroyi haydovchilari bilan sodir etilgan 
YTHning 2011 – 2015-yillardagi og‘irlik darajasi tasvirlangan.
0,3
0,2
0,1
Y
TH
ni
ng
og
‘ir
lik
d
ar
aja
si
2011 2012 2013 2014 2015
Yillar
54-rasm.
YTHning og‘irlik darajasiga qarab o‘zgarish dinamikasi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, 2011–2014-yillari sodir etilgan YTH 
eng og‘ir oqibatlar bilan, ya’ni odamlarning halok bo‘lishi bilan 
tugagan ekan.


99
YTH tahlil qilinar ekan, ularning bir necha qismi o‘rgani-
layotgan korxona haydovchilarining aybi bilan sodir etilayotganini 
ham albatta aniqlash zarur bo‘ladi.
Haydovchilarning aybdorlik koeffitsiyenti shu korxona haydov-
chi lari aybi bilan sodir etilgan YTH sonining korxona haydov chilari 
ishtirokida sodir etilgan barcha YTH soniga nisbati bilan aniqlanadi:
K
ayb
H
YTH
P
P

;
bu yerda: 
P

– korxona haydovchilarining aybi bilan sodir etilgan 
YTH soni;
 P
YTH
– korxona haydovchilari bilan sodir etilgan barcha 
YTH soni.
55-rasmda avtobus saroyi haydovchilari tomonidan 2011 
– 
2015-yil larda sodir etilgan YTHdagi aybdorlik koeffitsiyentining 
o‘zgarish dinamikasi tasvirlangan.
55-rasmdan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan barcha yillarda ham 
YTHning ma’lum bir qismi korxona haydovchilarining aybi bilan 
sodir etilgan ekan. Shulardan eng ko‘pi 2011- va 2013-yillarga 
to‘g‘ri kelar ekan. Bu yillarda 50 % va undan ko‘proq YTH sodir 
bo‘lishida korxona haydovchilari aybdor ekan.
0,8
0,6
0,4
0,2
0
H
ay
do
vc
hi
ni
ng
a
yb
do
rli

ko
ef
fit
si
ye
nt
i
2011 2012 2013 2014 2015
Yillar
55-rasm.
YTHda korxona haydovchilari aybdorlik
koeffitsiyentining o‘zgarish dinamikasi.
YTHning sodir bo‘lishida atrof-muhit, ya’ni yil fasllari, ob-
havo sharoiti va boshqa ko‘pgina omillarning ta’sirini YTH 
tahlilnomasida ko‘rib, yil oylari bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qilib 
aniqlash mumkin.
56-rasmda avtobus saroyida sodir etilgan YTHning yil oylari 
bo‘yicha taqsimlanishi ko‘rsatilgan.


100
16
12
8
4
Y
TH 
so
ni
, %
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Yil oylari 
56-rasm.
YTHning yil oylari bo‘yicha taqsimlanishi.
56-rasmdagi ma’lumotlar tahlil qilinar ekan, eng ko‘p YTH 
fevral, mart, aprel, oktabr va noyabr oylarida sodir bo‘lgan, deb 
xulosa chiqarish mumkin.
Qish faslida, ya’ni dekabr, yanvar va fevral oylarida yo‘l 
sharoitining yomon bo‘lishi, yo‘l qoplamasining ko‘p hollarda 
sirpan chiq bo‘lishiga qaramay, YTH soni kamroq bo‘lishini quyida-
gicha asoslash mumkin:
Bu faslda ko‘pchilik shaxsiy avtomobil egalari o‘z avtomo-
billarida yo‘lga chiqishdan o‘zlarini tiyadilar. Yo‘llarda harakatla-
nayotgan avtomobil haydovchilari boshqa fasllardagiga qaraganda 
kichikroq tezlikda va xavfsizlik oralig‘ini katta masofada saqlaydilar.
Mart oyiga kelganda kunlar isiy boshlaydi, yo‘llarda piyodalar 
oqimi ham sezilarli darajada ortadi. Yo‘l qoplamasining holati esa 
yo‘lning har xil bo‘laklarida bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. 
Bun day sharoitda vaziyatni baholashdagi ozgina xatolik ham avtomo-
bilning sirpanib ketishiga yoki boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.
Oktabr oyidagi YTH sonini ko‘p bo‘lishining ham aynan 
mart oyidagidek yo‘l sharoitining o‘zgaruvchanligi bilan asoslash 
mumkin. Bulardan tashqari, oktabr oyida transport oqimidagi 
traktor poyezdlarining miqdori ham ortadi.
May 
– 
sentabr oylarida yo‘llarda harakat jadalligi boshqa 
oylardagiga qaraganda katta bo‘lishiga qaramay, yo‘l sharoitining, 
xususan, yo‘l qoplamasining quruq bo‘lishi sababli tormoz yo‘li va 
avtomobillarning sirpanib ketish ehtimoli kichik bo‘lishi oqibatida 
YTH soni kamayadi, deb asoslash mumkin.
H
H


101
Hafta kunlari ham YTH sodir bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. 
Hafta kunlari, birinchi navbatda, haydovchilarning ish qobiliyatiga 
va miya sistemasining charchash miqdoriga ta’sir etadi. Haftaning 
oxiriga kelib haydovchilardagi charchoq miqdori ortadi, ularning 
ish qobiliyati susayadi, bu esa, o‘z navbatida, murakkab yo‘l-
transport vaziyati vujudga kelganida haydovchining sharoitni to‘g‘ri 
baholay olish imkoniyatini kamaytiradi.
Haydovchining ish qobiliyati, yo‘llardagi harakat jadalligining 
(transport va piyodalarning) miqdori kun soatlariga ham bog‘liq 
bo‘lib, ular notekis taqsimlanadi (57-rasm).
30
25
20
15
10
5
0
Y
TH 
so
ni
, %


10 
14 
18
22 
24
kun soatlari, s.
57-rasm.
YTHning kun soatlari bo‘yicha taqsimlanishi.
57-rasmdan ko‘rinib turibdiki, kechasi soat 0 dan 6 gacha 
YTH soni boshqa davrlarga qaraganda kamroq bo‘lar ekan. 
Buning asosiy sababi, bu davr ichida yo‘llardagi harakat miqdori 
va piyodalar soni kunning boshqa davrlariga nisbatan ancha 
kam bo‘ladi. Korxona va muassasalarda ishning boshlanish vaqti 
yaqinlashgani sari harakat miqdori ortib boradi. Bu esa, o‘z 
navbatida, xavfli vaziyatlar sonining ortishiga olib keladi. Tushlik 
vaqtiga kelib transport va piyodalar oqimi biroz kamayadi, natijada 
YTH soni ham birmuncha kamayadi (YTH soni bilan harakat 
jadalligi orasidagi bog‘liqlik maxsus kurslarda o‘rganiladi).
Soat 16°° dan 20°° gacha YTH sonining ortib ketishini ham bu 
davrda harakat jadalligining boshqa davrlarga nisbatan kattaligi, bu 


102
vaqtga kelib haydovchilarning ish qobiliyatining kamayib ketishi 
bilan tushuntirish mumkin.
Soat 20°° dan 24°° gacha bo‘lgan davr oralig‘ida harakat jadalligi 
birmuncha kamayadi. Ko‘rinish darajasi yomonlashgani bilan 
avtomobillar alohida yoritish tizimlaridan foydalanganliklari, shahar 
ko‘chalarining statsionar chiroqlar bilan yoritilganligi sababli YTH 
miqdori kamayishini kuzatish mumkin (8
00 
– 11
00
va 16
00 
– 20
00
davrlar ertalabki va kechki tig‘iz paytlar deb ataladi).

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin