O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86
True

Ekspertning majburiyatlari:
– ekspert xulosani faqat o‘z nomidan beradi va shu xulosa uchun 
shaxsan javob beradi;
– ekspertning xulosalari faqat jinoiy ishning ma’lumotlariga 
asoslangan bo‘lishi kerak;
– begona shaxslarning yordamidan foydalanmasligi lozim;
– 
ekspert YTH qatnashchilarining xatti-harakatlariga faqat 
texnik baho berishi kerak;
– 
ekspert YTH bo‘yicha jinoiy ish ma’lumotlarini oshkor 
qilmasligi, aks holda, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga 
ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim;
– ekspertiza o‘tkazishdan bosh tortmaslik;
– agar ekspert jinoiy ishning xulosalaridan manfaatdor bo‘lsa, 
ekspertizada qatnashmaslik;
– qo‘yilgan masalalarning hammasini yechish, aks holda, uni 
yechish mumkin emasligi sabablarini asoslab berish.
Ekspertning vakolatlari:
– YTHda qatnashgan transport vositalarining texnik holatini 
ko‘zdan kechirish va tekshirish;
– YTH sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va tekshirish;
– 
YTH qatnashchilarining xatti-harakatlarini ilmiy asosda 
tadqiq qilish;
– YTH mexanizmini ilmiy asosda tadqiq qilish.


105
Ekspertning huquqlari:
– 
harakat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab 
chiqishda qatnashish;
– jinoiy ishning YTH bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘limlari bilan 
tanishish;
– ekspertiza uchun yetishmayotgan ma’lumotlarni ekspertizani 
tayinlagan muassasa yoki yuridik shaxslardan talab qilish;
– tergovchining ruxsati bilan so‘roq jarayonida qatnashish va 
YTHga taalluqli bo‘lgan savollarni berish;
– tarjimon xizmatidan foydalanish.
Sud avtotexnik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert ixtiyorida 
to‘liq va yetarli ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
1. Ekspertizani tayinlash haqidagi qaror.
2. YTH sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayoni.
3. YTHning sxemasi.
4. Transport vositalarining texnik holatini ko‘zdan kechirish va 
tekshirish bayoni.
5. YTH haqidagi ma’lumotlar.
6. Tergov tajribalarining o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonno ma 
(agar tergov tajribalari o‘tkazilgan bo‘lsa).
Bu ma’lumotlarga qo‘shimcha tarzda ob-havo ma’lumotlari, yo‘l 
sharoiti haqidagi va boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
Xizmatga oid ekspertiza o‘tkazilayotganida ekspertga bu 
ma’lu mot lar berilmaydi. Ma’lumotlarni xizmatga oid ekspertizani 
o‘tkazuvchi shaxslarning o‘zlari YTH sodir bo‘lgan joyga chiqib 
to‘playdi.
Ekspertizani tayinlash haqidagi qaror uch qismdan iborat 
bo‘ladi: kirish, tasvirlash va xulosa.
Qarorning kirish qismida ekspertizaning turi, uni tayyorlash 
joyi va sanasi, qarorni tayinlagan shaxsning ismi sharifi va lavozimi 
yoki muassasaning nomi ko‘rsatiladi.
Qarorning tasvirlash (hodisani bayon qilish) qismida YTHning 
asosiy mazmuni va ekspertiza bilan bog‘liq bo‘lgan barcha holatlar 
bayon etiladi.
Qarorning xulosa qismida ekspertizaning turi, uni o‘tkazish 
kimga topshirilganligi, ekspertning yechishi lozim bo‘lgan masalalar, 
ekspertiza uchun yuborilgan predmetlar va materiallar sanab o‘tiladi.


106
Agar qayta yoki qo‘shimcha ekspertiza tayinlanayotgan bo‘lsa, u 
holda oldingi ekspertlarning xulosalari ham keltiriladi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayoni eng 
asosiy boshlang‘ich ma’lumotlardan biri sanaladi va joyni ko‘zdan 
kechirish paytida aniqlangan barcha elementlarning tavsiflarini o‘z 
ichiga oladi.
YTHning sxemasi hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoitni 
tasvirlovchi chizma bo‘lib, YTH sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan 
kechirish bayoniga ilova tariqasida keltiriladi.
YTH haqidagi ma’lumotnomada hodisa sodir bo‘lgan vaqt va 
sanasi, jabrlanuvchilarning turarjoyi, yuborilgan shifoxonaning 
manzilgohi, transport vositasi, haydovchilar va guvohlar haqidagi 
ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Transport vositalarining texnik holatini ko‘zdan kechirish va 
tekshirish bayonida aniqlangan nosozliklar, pachoqlangan joylar va 
ularning kattaliklari ko‘rsatiladi.
Yuqoridagi ma’lumotlarni olgandan keyin ekspert ular bilan 
to‘liq va har tomonlama tanishib chiqadi va ekspertizani boshlashi 
mumkin.
Ekspertizani quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi:
– tadqiqot qilinayotgan YTHning informatsion modelini qurish;
– hisoblash ishlarini bajarish, grafik va chizmalarni tuzish;
– o‘tkazilgan tadqiqotlarga baho berish, YTHning boshlang‘ich 
modelini aniqlash;
– xulosalarni bir tizimga keltirish;
– ekspertiza xulosasini tayyorlash va rasmiylashtirish.
Ekspert hisoblash ishlarini «Avtomobillar nazariyasi», «Nazariy 
mexanika», «Materiallar qarshiligi» va boshqa fanlardan olgan 
bilimlari asosida bajaradi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin