13.2. Haydovchining shaxsiy xususiyatlari
Temperament shaxsning o‘ziga xosligini ifodalab, ruhiy
jarayonlarning o‘tish doirasini aniqlaydi. Temperamentning to‘rtta
turi mavjud: xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik.
Xolerik xususiyatga ega shaxslar, ta’sirchan, his-hayajonga
beriluvchan va juda faol bo‘lishlari bilan bir paytda, o‘zlarini tutib
tura olmaydigan va intizomsiz ham bo‘ladilar. Belgilangan tezlikni
oshiruvchi «abjir» haydovchilarning ko‘pchiligi xolerik bo‘lishadi.
Sangvinik – tez va harakatchan, kayfiyati o‘zgaruvchan odam-
lar. Ular ko‘proq optimist bo‘lishadi, begona odamlar bilan
tezda kirishib ketishadi, ko‘pgina masalalarni tez yecha oladilar.
Sangvinik shaxsdagi haydovchilar harakat murakkablashgan
sharoitlarda o‘zlarini yaxshi tutadilar, ammo doimo bir xil sharoitda
ishlaganlarida e’tiborlari tez susayib ketadi. Shuning uchun bunday
odamlar shahar ichi yo‘nalishlarida xavfsizroq harakat qiladilar.
Flegmatik – vazmin, bosiq va xotirjam odamlar toifasiga kiradi.
Ular uzoq vaqt va har tomonlama o‘ylab ish qiladilar. Bunday
haydovchilar uzoq yo‘nalishlarda ishlashga layoqatliroq bo‘ladilar.
Melanxolik – irodasizroq, qiyinchiliklarga bardosh berishi qiyin,
kam harakatchan, bir xil hayotga moslashgan shaxs. Murakkab
yo‘l sharoitida o‘zini yo‘qotib qo‘yishi, yechimlarni tez qabul qila
olmasligi uchun haydovchilik kasbiga layoqatsizroq bo‘ladi.
127
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har xil vaziyatlarda turli
xil temperamentli odamlar o‘zlarini turlicha tutar ekan. Yana shuni
ham eslatib o‘tish kerakki, bitta turga mansub insonlar tabiatda juda
kam uchraydi.
Insonning temperamenti mustahkam va muqobil bo‘ladi.
Lekin, shunga qaramay, uni tarbiyalash, mehnat va hayotiy tajriba
natijasida o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
Haydovchining tajribasi va mahorati ortishi bilan bir paytning
o‘zida makondagi va vaqtdagi jarayonlarni sezish va idrok etish
miqdori, hodisalarni oldindan ko‘ra olish va murakkab yo‘l-
transport vaziyatlarida vaqtning tig‘izligiga qaramay, to‘g‘ri yechim
qabul qila olish qobiliyati ortadi.
Haydovchining shaxs sifatida shakllanishida uning o‘zi yashab
turgan ijtimoiy tuzumga va bo‘layotgan voqealarga munosabati
juda katta ahamiyatga ega. Uni boshqa odamlarga munosabati,
ularning yashash tarzi va sharoitiga hamdardlik bilan qarashi,
mehnatsevarligi, javobgarlikni his qilishi, qat’iyatliligi, adolat-
parvarligi undagi ijobiy xususiyatlarning mujassamlanib borishiga
olib keladi.
Har bir shaxs, shu jumladan, haydovchilik faoliyati bilan
shug‘ullanayotgan insonlar o‘zlariga taalluqli qonunni bilishlari va
unga to‘liq amal qilishlari kerak.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yo‘l harakati qoidalari va xavf-
sizligi talablariga to‘liq amal qiluvchi haydovchilar juda kamdan
kam vaqtlarda xavfli vaziyatlarga tushib qoladi. Tajribasi
va mahorati oshishi bilan esa deyarli YTHni sodir etmaydi.
Bunday haydovchilar odob-axloq qoidalariga to‘liq amal qiladi.
Haydovchining odob-axloqi deganda yaxshi xulqli, bosh qa harakat
qatnashchilariga hurmat bilan qarashi, ular biron-bir noto‘g‘ri xatti-
harakat qilganlarida bosiqlik qilishi, ichki ishlar va boshqa taftish-
tekshirish xodimlari, yo‘lovchi va buyurtmachilar bilan o‘zaro
munosabatlarda xushfe’l va xushaxloq bo‘lishlari ham tushuniladi.
|