158
B, C, D kategoriyasi bor II va I sinf haydovchilari avval
ishlamagan bo‘lsalar va birinchi marta
avtomobil-taksi yoki avto-
busni boshqarishga o‘tkazilsa, ular ATXda maxsus tayyorgarlikdan
o‘tishlari va avtomobil-taksi haydovchisi uchun 3 kun, avtobus
haydovchisi uchun – 8 kun amaliyot o‘taydi.
Amaliyot maxsus amaliyot o‘tash varaqasiga belgilab rasmiy-
lash tiriladi.
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustda qabul
qilgan 156-raqamli «O‘zbekiston Respublikasida
avtotransport
vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyor-
lash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori va uning ilovalariga muvofiq tasdiqlangan
namunaviy dasturlar asosida olib boriladi.
O‘qishni tugatgan haydovchilikka nomzodlar
Ichki ishlar
vazirligining «Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati» bo‘linmasida
imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng belgilangan tartib
bo‘yicha haydovchilik guvohnomasini oladilar.
Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil yetish
Haydovchilarning qayta majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish
muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2013-yil 27-iyunda 2472-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining
2013-yil 11-iyundagi 16, 14-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga
muvofiq amalga oshiriladi.
Ko‘pincha haydovchilar o‘z salomatliklariga
yaxshi ahamiyat
bermaydilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson salomatligidagi
ozgina o‘zgarish ham, haydovchining avtomobilni boshqaruvchi
«operator» sifatida, ayniqsa, ish soati ortishi bilan juda katta sal-
biy
oqibatlarga, ya’ni YTHning sodir etilishiga olib kelishi mum-
kin ekan. Bulardan tashqari, haydovchi ish kunidan oldin alkogol
ichimliklarini tanovul qilgan bo‘lsa, uning bir qismi qonda saqlanib
qolishi va haydovchining miya faoliyatiga juda katta ta’sir
etishi
mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, haydovchining mijoziga
159
va sog‘lig‘iga qarab organizmda alkogol qoldig‘i 5 – 8 soatdan to
24 – 36 soatgacha, miya qonida esa 25 – 30 kungacha saqlanib qoli-
shi mumkin ekan. Shuning uchun barcha ATXlarida haydovchilarni
reys (qatnov) oldi va reysdan keyin yalpi hamda reys orasida tanlov
asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etilishi kerak.
Avtotransport vositalari haydovchilarini oldindan
tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazish haydovchilar tomonidan sodir etiladigan
YTHning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlardan bo‘lib, u
asosan quyidagi tartibda tashkil etiladi.
Haydovchining qatnov oldidan o‘tadigan tibbiy ko‘rikni avtotrans-
port korxonalarida tashkil etilgan va tibbiyot shifoxonasi tarkibiga
kiruvchi sog‘lomlashtirish punktining tibbiy xodimi (nazoratchi)
tomonidan olib boriladi. Nazoratchilar qatnov oldi tibbiy ko‘rigini
o‘tkazishda Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan
birgalikda ishlab chiqilgan dasturga asosan amalga oshiradilar.
Nazoratni o‘tkazuvchi tibbiy xodimlar haydovchilarning yo‘lga
chiqishdan oldin salomatligini ko‘zdan kechiradi va uning sog‘-
lig‘iga bog‘liq bo‘lgan YTH sabablarini tahlil qilishda harakat
xavfsizligi xizmati, foydalanish va xodimlar bo‘limlari bilan
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi.
Qatnov oldidan haydovchilar sog‘lig‘ini tekshirish
vaqtida
quyidagi ishlar bajariladi:
– haydovchining o‘zidan sog‘lig‘i haqidagi fikri eshitiladi;
– tana harorati o‘lchanadi;
– qon bosimi o‘lchanadi;
– tomir urishi aniqlanadi.
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng haydovchining yo‘l varaqasiga «Qatnovga
ruxsat berildi» degan shtamp qo‘yiladi va uni tibbiyot xodimi
imzolaydi.
Quyidagi hollarda haydovchiga transport vositasini boshqa rishga
ruxsat etilmaydi:
– vaqtincha ishga yaroqsiz belgilari aniqlanganda (tana harorati,
ko‘tarilganda qon bosimi yuqori bo‘lganda va hokazo);
– nafas chiqarganda alkogol hidi sezilsa.
Haydovchi mehnat qobiliyatini yo‘qotganida tibbiyot xodimi
shifokor ko‘rigidan o‘tishi uchun yo‘llanma beradi.
Haydovchini
160
qatnovdan oldin ko‘rikdan o‘tkazishda shifokor qabuli bo‘lmasa,
mehnatga yaroqsiz hisoblangan haydovchiga tibbiyot xodimi ishdan
ozod qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi va kasalligi haqida
qisqacha ma’lumot yozilib, shifokor nazoratida bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun ATXlarida maxsus xonalar
ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: