O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Harakat xavfsizligi bo‘yicha haydovchilarga



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
True

Harakat xavfsizligi bo‘yicha haydovchilarga
yo‘riqnomalar berish
ATX haydovchilariga yo‘riqnoma berishning asosiy maqsadi hara-
kat xavfsizligi bo‘yicha ularning bilimlarini oshirishi va qo‘yiladigan 
talablarning to‘liq bajarilishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Haydovchilarga yo‘riqnomalar berish bo‘yicha umumiy rahbarlik 
ATX direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Haydovchilarga beriladigan yo‘riqnomalar quyidagi turlarga 
bo‘linadi:
– kirish yo‘riqnomasi;
– ish joyidagi birlamchi yo‘riqnoma;
– qayta yo‘riqnoma;
– joriy yo‘riqnoma;
– rejadan tashqari yo‘riqnoma.
Kirish yo‘riqnomasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– yo‘l harakati xavfsizligi, avtomobil transporti va shahar 
yo‘lovchi transporti to‘g‘risidagi qonunlar;
– qonun va qoidalarning buzilganligi uchun javobgarlik;
– ATX ichki tartib qoidalari;
– ATX hududida harakatlanish qoidalari;
– yong‘in xavfsizligi qoidalari;
– mehnatni muhofaza qilish qoidalari;
ekologik xavfsizlik qoidalari;
– YTHning asosiy sabablari va ularni bartaraf etish usullari;
– haydovchilarning mehnat qilish va dam olish tartibi;
– reys oldi va reysdan keyingi tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi;
– YTH to‘g‘risida haydovchilarga xabar berish tartibi;
– amaliyotni o‘tash tartibi.
Ish joyidagi birlamchi yo‘riqnomani tasarruf xizmati, avtoka-
lonna boshliqlari yoki boshqa rahbarlar o‘tkazadi:
– haydovchiga biriktirilgan avtomobil konstruksiyasining xusu-
siyatlari;
– tashiladigan yuklarning tasniflari;
– harakat yo‘nalishlarining tasniflari;
– smena oralig‘ida transport vositalarini saqlash tartibi.
Joriy yo‘riqnoma o‘z tavsifiga qarab ikkiga bo‘linadi, ya’ni reys 
oldi va mavsumiy:


157
– yo‘nalishdagi yo‘l sharoitining tavsiflari;
– ob-havo ma’lumotlari;
– tashilayotgan yuklarning harakat xavfsizligiga ta’sir qiluvchi 
xususiyatlari;
– yuklarni tashishdagi xavfsizlik choralari;
– 
yuklarni xavfsiz joyga ortib tushirish, joylashtirish va 
mahkamlashga qo‘yilgan talablar.
Mavsumiy yo‘riqnoma quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– yaqinlashib kelayotgan mavsumning xususiyatlari;
– 
murakkab yo‘l va metereologik sharoitlarda avtomobilni 
xavfsiz boshqarish texnikasi;
– 
ob-havo o‘zgarishi sharoitlarida YTH sodir bo‘lishining 
vaziyatli tahlili va boshqalar.
Ba’zi sharoitlarda haydovchilarga rejadan tashqari yo‘riqnomalar 
ham berilishi mumkin:
– haydovchilar uzoq muddatga safarga jo‘natilayotganida;
– haydovchiga boshqa turdagi transport vositasi biriktirilganida;
– tashiladigan yuk maxsus xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab 
etsa.
Hamma o‘tkazilgan yo‘riqnomalar maxsus daftarga yozib 
qo‘yiladi. Daftarda yo‘riqnoma o‘tkazilgan sana, uni o‘tkazgan 
xodimning va yo‘riqnoma oluvchining ismi sharifi, yo‘riqnoma turi 
yozib qo‘yiladi va yo‘riqnoma o‘tkazilganligi haqida imzo chekib, 
tasdiqlab qo‘yadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin