86
Dovonlarda va boshqa yo‘llarda
ham haydovchining ishini
og‘irlashtiradigan sharoitlardan biri
–
bu burilishlardir. Avtomobil
kichik radius egriliklarida harakatlanayotganida markazdan qoch-
ma kuch hosil bo‘ladi va u avtomobilning yonga sirpanib yoki
ag‘anab ketishiga ham olib kelishi mumkin. Agar yo‘l sirpanchiq
bo‘lsa, sirpanib ketish ehtimoli yanada ortadi. Burilishlarga yaqinla-
shayotganda haydovchi harakat tezligini
sirpanib ketish sharti
bo‘yicha bo‘lgan chegara tezligidan pasaytirib harakatlanishi kerak.
Rulning burilish burchagini asta-sekin ko‘paytirib borib, burilishning
yarmiga kelganda yana tezlikni oshira boshlashi mumkin.
Rulni burayotganda haydovchi rul chambaragini qo‘yib
yubormasligi va uni doim bitta qo‘li bilan ushlab turib, ikkinchisini
sirpantirgan holda kerakli holatga o‘tkazib, so‘ng mahkam
ushlagach, burishni davom ettiradi (52-rasm).
1-holat
2-holat
3-holat
52-rasm.
Rulni burish ketma-ketligi.
O‘zaro ajralish joylarida haydovchi jarlik tarafda va ko‘tarilishda
harakatlanayotgan avtomobillarga yo‘l berishi kerak.
Yo‘l harakati qoidalariga asosan, tiklik va nishabliklarda
haydovchiga ilashmani ajratgan yoki
uzatmalar qutisini betaraf
(neytral) holatida harakatlanish taqiqlanadi.
Qiyaliklarda to‘xtab turganda, avtomobil o‘z-o‘zidan yurib
ketmasligi uchun g‘ildiraklar ostiga bironta narsa (tosh, maxsus
moslamalar) qo‘yishi, agar texnik nosozlik vujudga kelsa,
avtomobilni maxsus ajratilgan joylarga o‘tib to‘xtatishi kerak.
Bulardan tashqari, tog‘li yo‘llarda harakatlanganda haydovchi
quyidagilarga amal qilishi kerak:
– avtomobil to‘xtaganida joyidan qo‘zg‘alib ketmasligi uchun
moslamalarni o‘rnatish;
87
–
avtomobilning texnik holatini va to‘liq jihozlanganligini
tekshirish;
– uzoq cho‘zilgan tushishlarda kichik uzatmada harakatlanish;
– nishablik kichik bo‘lgan yo‘llarda uzatmalar qutisi neytral
holatda bo‘lsa, dvigatelni o‘chirmasdan harakatlanish;
–
tajribasi yetarli bo‘lmaganda tog‘li yo‘llarda avtomobilni
tajribasi yuqori bo‘lgan haydovchiga topshirish (ayniqsa, odam
tashilayotganda) va hokazo.
Dostları ilə paylaş: