O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Murakkab yo‘l sharoitida avtomobilni boshqarish



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86
True

8.2. Murakkab yo‘l sharoitida avtomobilni boshqarish
Qorli va sirpanchiq yo‘llarda harakatlanish
Qor yog‘ayotganda avtomobilni xavfsiz boshqarish ancha 
murakkablashadi. Qor yog‘ayotganida haydovchi albatta oyna 
tozalagichlarni va oynaning isitish tizimini ishga tushirishi kerak. 
Harakatni boshlashdan oldin g‘ildiraklar osti tozalansa va unga 
qum yoki shag‘al tashlansa, yanada yaxshi bo‘ladi va avtomobil 
sirpanmasdan joyidan qo‘zg‘ala oladi. Haydovchi avtomobilni 
boshqarar ekan, signal chiroqlarining ifloslanib qolishini unutmas-
ligi va ularni tez-tez tozalab turishi zarur bo‘ladi.
Odatda, qorning qalinligi 30 – 40 
sm
bo‘lgan yo‘llarda avtomobil 
harakatlana oladi. Bunday sharoitda haydovchiga to‘xtash va 
uzatmalar qutisining uzatmasini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi. 
Chunki avtomobil kichik tezlikda harakatlanayotgani uchun 
qorda tiqilib qolishi mumkin. Agar avtomobil to‘xtab qolsa yoki 
qor uyimidan o‘tishi kerak bo‘lsa, uni 10 – 15 
m
orqaga yurgizib, 
to‘siqdan asta-sekin o‘tish yaxshi natija beradi.


83
Agar yo‘l qoplamasi tepkilangan qordan iborat bo‘lsa, bunday 
yo‘l larda g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyenti juda ka-
mayib ketadi. Statistika ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, yo‘l qop la-
masi ho‘l bo‘lgan joylarda 33,0 % va muzlagan joylarda 77,0 % gacha 
YTH avtomobilning sirpanib ketishi oqibatida sodir bo‘lar ekan.
Yo‘lning qatnov qismi tepkilangan qordan iborat bo‘lganda, 
yo‘l yoqasidagi qor tepkilanmagan bo‘lishi mumkinligini har doim 
unutmaslik kerak. Ayniqsa, qarama-qarshi yo‘nalishda avtomobillar 
harakatlanayotganida haydovchi yo‘l berishi uchun yo‘l yoqasiga 
chiqib ketganda ozgina tormoz berishi ham avtomobilning sirpanib 
ketishiga olib keladi.
Agar yo‘lda avtomobillarning ko‘p o‘tganligi oqibatida 
chuqur izi qolgan bo‘lsa yoki tramvay yo‘li o‘tgan bo‘lsa, bunday 
sharoitlarda ularni hisobga olish kerak, chunki rels va uning 
yonidagi g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyenti juda 
ham kichik bo‘ladi. Relslarni kichik burchak ostida kesib o‘tish va 
g‘ildiraklar o‘qining bir paytda bir tomonda bo‘lib qolmasligini 
ta’minlash kerak.
Chuqur izlardan chiqib ketish uchun boshqariluvchi g‘ildirak-
larni oldin teskari tomonga, keyin esa kerakli yo‘nalishga 
aylantirish to‘siqlardan o‘tishni ta’minlaydi.
Sirpanchiq yo‘llarda haydovchi sharoitdan kelib chiqqan holda 
tezlikni tanlashi, agar avtomobil yonga sirpanib ketsa, g‘ildirakni 
sirpangan tarafga burishi va asta-sekin orqaga, ya’ni kerakli 
yo‘nalishga burishi kerak.
Sirpanchiq yo‘llarda hech qachon keskin va qattiq tormoz 
bermasdan, asta-sekin ilashmani ajratmagan holda tormoz berish 
va faqat tezlik 10 
km/soat
dan kamaygandagina ilashmani ajratish 
xavfsizlikni ta’minlaydi.
Sirpanchiq yo‘llarda tormoz berganda g‘ildiraklar blokirovka 
(qo‘zg‘almas) holatga tushib qolmasligi kerak. Keskin tormoz 
berganda boshqariluvchi g‘ildiraklar avvalroq blokirovka bo‘lib 
qoladi va natijada avtomobil boshqaruvchanlikni yo‘qotib qo‘yadi.
Sirpanchiq yo‘llarda g‘ildiraklardagi bosimni 1/3 qismga 
kamaytirish g‘ildirak bilan yo‘lning ilashish yuzasini kattalashtiradi 
va bu usul ham yaxshi natija beradi.


84

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin