74
2-jadval
Yo‘l-transport hodisalari
YTHning taqsimlanishi, %
Kunduzi
Tunda
Yo‘l qatnov qismining chekkasida ketayot-
gan piyodalarni bosib ketish
10
90
Velosipedchilarni bosib ketish
28
72
Transport vositalarining to‘qnashuvi
64
36
Avtomobilni ag‘anab ketishi
71
29
Avtomobilni to‘siqqa
borib urilishi
38
62
Fiziologik ko‘rinish deganda, haydovchining ko‘zi orqali obyekt-
larni ko‘rishi yoki ajrata olishi tushuniladi. Bu ko‘rinish obyekt
bilan muhit orasidagi yorqinlik farqiga bog‘liq bo‘ladi. Yorqinlik
farqi qancha katta bo‘lsa, obyektlarning fiziologik ko‘rinishi
shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 60 km/s tezlikda harakatlana-
yotgan haydovchi uzoqni yorituvchi chiroqdan
foydalanganda qora
rang dagi piyodani – 100 m, jigarrangdagini – 125 m va qora-kulrang
libosdagini – 140 m masofada ajrata olishi mumkin ekan.
Geometrik ko‘rinish deganda obyektlarning ko‘rinish masofasi
va burchagi tushuniladi. Bu ko‘rinish avtomobillarda qanday chiroq
qo‘llanilishiga, qanday lampaning o‘rnatilganiga va avtomobilning
harakat tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar kunduz kuni yo‘lning to‘g‘ri
qismida joylashgan obyekt 1 km masofadan ko‘rinsa,
havo buzuq
paytlarda bu masofa 800 – 900 m ni, tunda esa, uzoqni yorituvchi
chiroqdan foydalanilganda bu masofa atigi 100 – 130 m ni tashkil
etadi.
Haydovchi qorong‘ida qabul qilib olishi mumkin bo‘lgan
axborotlar kunduz kuniga qaraganda 30 % ga kamayib,
uning
reaksiya vaqti esa ortib ketadi.
Avtomobilga o‘rnatilgan chiroqlarning bir qancha salbiy
tomonlari mavjud. Bulardan eng birinchisi haydovchi bilan uzviy
bog‘liqligidir. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan haydov-
chilar ro‘paradan kelayotgan avtomobilga nisbatan maso fa 150 m
ni tashkil etganda ham uzoqni yorituvchi chiroqni o‘chirib, yaqinni
yorituvchi chiroqdan foydalanishga o‘tmasliklari (xavfsizlik nuqtayi
nazaridan 200 – 300 m masofadan yaqinni yorituvchi chiroqqa o‘tish
75
tavsiya etiladi) yoki chiroqlarning noto‘g‘ri sozlanganligi oqibatida
ro‘paradan kelayotgan haydovchining ko‘zini qamashtirib qo‘yishiga
olib keladi (bugungi kunda avtomobillar orasidagi masofaga
qarab uzoqni yorituvchi chiroqdan
yaqinni yorituvchi chiroqqa
o‘tkazuvchi avtomatik boshqaruv tizimlari mavjud, ammo ular
amalda deyarli qo‘llanilmayapti).
Chiroqlarni avtomobilning kuzoviga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatil-
ganligi ham konstruksiyaning kamchiligiga kiradi. Gorizontal
yo‘nalishda yoritish burchagi chegaralanganligi uchun yo‘lning
radiusi kichik bo‘lgan burilishlarda va chorrahalarda yo‘l qatnov
qismining chegarasini va yondagi obyektlarning ko‘rinishini
ta’minlay olmaydi. Bunday sharoitlarda
keng burchakli tumanga
qarshi chiroqlar dan foydalanish tavsiya etiladi (rul chambaragining
burili shi bilan bir paytda buriladigan chiroqlarning konstruksiyalari
faqat loyihada mavjud).
Tumanga qarshi chiroqlarning yana bir afzalligi, uning boshqa
chiroqlardan pastda o‘rnatilganligi bo‘lib,
tuman sharoitida harakat-
langanda zarur yoritilganlikni ta’minlab beradi.
Dostları ilə paylaş: