65
Harakat jadalligi 400 avt/s dan ortib ketganida haydovchi asosiy
vaqtini bir yo‘nalishda va ro‘paradagi yo‘nalishda harakatlanayotgan
avtomobillarni kuzatishga sarflaydi. Bu esa, o‘z navbatida, yo‘lning
yo‘nalishini, qoplamasining holatini va yo‘lning qatnov qismidan
tashqarida joylashgan obyektlarni kuzatish imkoniyatini cheklab
qo‘yadi.
Haydovchi uchun transport oqimida piyodalar katta xavf
tug‘diradi. Haydovchi piyodalar to‘plangan yoki ularning paydo
bo‘lish ehtimoli bo‘lgan joylarga yaqinlashganida uning e’tibori
zo‘riqadi. U piyodalarga yetarli darajada e’tibor bera olmaydi,
chunki haydovchi bir paytda transport vositasining harakatini va
yo‘ldagi joylashuv holatini ham kuzatishi zarur bo‘ladi.
Harakat jadalligi qancha yuqori bo‘lsa, bu omillarning harakat
xavfsizligiga ta’siri ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Ikki tasmali yo‘llarda haydovchi asosiy vaqtini oldinda ketayot-
gan avtomobilni kuzatishga sarflaydi. Agar oldinda harakatlanayot-
gan avtomobil yuk avtomobili yoki avtobus, orqasi qora qilingan
yengil avtomobil bo‘lsa, e’tiborning konsentratsiyalashgan maydoni
kichrayib ketadi.
Bunday sharoitda harakat xavfsizligini ta’minlashning asosiy
sharti bu – oldinda harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan ma’lum
bir oraliq masofani – xavfsizlik oralig‘ini saqlashdir.
Xavfsizlik oralig‘ini haydovchi o‘zining ish qobiliyatiga (reak-
siya vaqtiga), avtomobillarning tezligi va sekinlashish darajasi ga,
avtomobilning texnik holatiga va ko‘rinish masofasiga qarab tanlaydi.
Agar haydovchida oldinda harakatlanayotgan avtomobillarni
kuzatish imkoniyati bo‘lsa, u xavfsizlik oralig‘ini kichikroq saqlashi
mumkin, chunki u oldinda harakatlanayotgan avtomobil harakatini
avvaldan baholay oladi.
Bunday hollarda xavfsizlik oralig‘ini quyidagicha aniqlash
mumkin:
X = S
01
– S
02
bu yerda:
Dostları ilə paylaş: