5.2. Tartibga solinmagan va solinadigan chorrahalarda harakatlanish Haydovchining tartibga solinmagan va solingan chorrahalardan
o‘tish tartibi yo‘l harakati qoidalarida bayon qilingan. Bu yerda
chorrahalarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar va
haydovchilarning amalga oshirishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlari
ko‘rib chiqiladi.
Chorrahalar harakatining tartibga solinishi yoki solinmaganligi
uch turga bo‘linadi:
– tartibga solinmagan chorrahalar;
– vaqtincha tartibga solingan chorrahalar;
– tartibga solingan chorrahalar.
Bugungi kunda faqat jadalligi kichik bo‘lgan sodda chorraha-
lardagina harakatni tartibga solmaslikka ruxsat etiladi.
Chorrahada harakatni svetofor yordamida boshqarish shartlari-
ning mezonlari maxsus kurslarda o‘rganiladi.
Tartibga solinmagan chorrahalarda harakat xavfsizligi va tezlik
yonlama ko‘rinish masofasiga va chorraha hududini haydovchining
ish o‘rnidan ko‘ruvchanligiga bog‘liq bo‘ladi (35-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, «A» avtomobilning haydovchisi
chap tarafdan yaqinlashib kelayotgan avtomobilni ko‘ra olmaydi.
Shuning uchun yaxshisi tezlikni kamaytirishi va zarur bo‘lsa
to‘xtashi kerak.
Ba’zi paytlarda chorraha yaqinidagi avtomobillar, ayniqsa, yuk
avtomobillari avtobuslarning ko‘rinish chegarasini cheklab qo‘yishi
mumkin (36-rasm).
Chorrahada xavfsiz harakatlanish uchun haydovchi avtomobilning
tezligini yonlama ko‘rinish masofasiga qarab tanlashi kerak (37-rasm).
Quyidagi jadvalda to‘rt tomonli teng ahamiyatli chorrahalarda
yonlama ko‘rinish masofasiga qarab xavfsiz tezliklarning tavsiya
etilgan qiymatlari berilgan. Agar avtomobil tavsiya etilgan tezlikdan
yuqori bo‘lgan tezlikda harakatlansa, YTHning sodir bo‘lish
ehtimoli ortib ketadi.
Yonlama ko‘rinish masofasi, m
12
21
32
45
62
76
120
Tavsiya etilgan tezlik, km/s
20
30
40
50
60
70
80
60
35-rasm . «T» simon chorrahada
haydovchi ko‘ra oladigan chegara.
36-rasm. Chorrahadagi avtomobillarni
boshqa avtomobillar uchun ko‘rinish
chegarasining cheklab qo‘yilishi.
37-rasm . Chorrahadagi
ko‘rinish masofasini aniqlash
sxemasi:
L
a
– asosiy yo‘ldagi ko‘rinish
masofasi; L
ik
– ikkinchi darajali
yo‘ldagi ko‘rinish masofasi.
Agar svetofor kunning ma’lum bir davrida o‘chirib qo‘yilib,
faqat sariq chirog‘i lipillab (yonib-o‘chib) tursa yoki harakatni
tartibga soluvchi tomonidan boshqarib turilsa, chorrahada
harakatlanish vaqtincha tartibga solingan deb ataladi.
Tartibga solingan chorrahalarda (svetofor yoki tartibga soluvchi
tomonidan) harakatlanish tartibga solinmagan chorrahalarga
qaraganda yengil bo‘ladi. Bunday chorrahalarda haydovchidan yo‘l
harakatlari qoidalariga to‘liq amal qilish talab etiladi, xolos.
Haydovchilar yo‘l harakati qoidalarida svetoforning chiroqlariga
mos ravishda qanday harakat qilishlari har tomonlama aniq va
tushunarli bayon qilingan.
Yo‘l harakati qoidalari va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan
piyodalarning o‘tish joyi asosan chorrahalarda rejalashtirilgan
bo‘ladi. Ikki chorraha orasidagi masofa (peregon) katta
bo‘lgandagina piyodalarning o‘tish joyi chorrahalar oralig‘ida ham
qurilishi mumkin.