68
Kunning qorong‘i paytlarida to‘siqni aylanib o‘tish
yanada
murakkab bo‘lib, bunday sharoitlarda haydovchi uchun asosiy
xavf – oraliq masofani noto‘g‘ri tanlashi va ro‘paradan kelayotgan
avtomobil chirog‘idan ko‘zining qamashib qolishidir.
6.3. Umumfoydalanishdagi transport vositalarining to‘xtash
joylarini aylanib o‘tish xususiyatlari
Umumfoydalanishdagi transport vositalarining to‘xtash joy-
lari (bekatlar) qanday joylashtirilganiga qarab uch turga ajratiladi
(43-rasm):
– yo‘lning qatnov qismida joylashgan bekatlar;
– yarim cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar;
– cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar.
43-rasmdan ko‘rinib
turganidek, bekatlarning turiga qarab
xavf sizlik darajasi (ziddiyatli nuqtalar soni) har xil bo‘ladi va ular
izohsiz ham tushunarlidir.
A
A
A
a b d
43-rasm.
Avtobus bekatlarining turlari:
a –
yo‘lning qatnov qismida joylashgan;
b –
yarim cho‘ntak ko‘rinishidagi;
d –
cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar.
Haydovchi bekatlarga yaqinlashganda va uni aylanib o‘tishda
bekat
qaysi turga mansubligiga, ularda qanday xavfli vaziyatlar
vujudga kelishi mumkinligiga qarab to‘g‘ri xatti-harakatlarni qabul
qilishi kerak.
44-rasmda piyodaning bekatda to‘xtab turgan avtobus (trolley-
bus)ning oldidan va orqasidan tasodifan chiqib qolishi tasvirlangan.
Haydovchilar uchun xavfli vaziyatlardan biri bu – «Shohbekat-
lardagi» holatlardir. Shohbekatlardagi transport vositalarining
to‘xtash joylaridan chiqishi uchun orqa bilan harakatlanganida ham
piyodalarni bosib ketish ehtimollari mavjud (45-rasm).
69
a) b)
44-rasm.
Piyodaning bekatda to‘xtab
turgan avtobusning oldidan
(a) va orqasidan; (b) tasodifan chiqib qolishi.
45-rasm.
Shohbekatda piyodani
bosib ketish hodisasi.
Yuqorida xavfli vaziyatlar va bekatlarning turidan kelib chiqqan
holda haydovchilarga avtomobilni xavfsiz boshqarish uchun
quyidagi usullar taklif etiladi:
1. Agar avtobusning orqasida bir qancha avtomobillar karvoni
harakatlanayotgan bo‘l sa, avtobusning oldidan piyodaning to‘satdan
chiqib qolishi eng oldinda harakatlanayotgan
avtomobil haydovchisi
uchun xavflidir. Haydovchi tezlikni shunday tanlashi kerakki,
avtobus bekatda to‘xtagan onda u bilan bir qatordagi (chiziqdagi)
joyni egallasin. Shunda avtobusdan tushgan piyoda yon tomondagi
avtomobilni darrov ko‘radi va yo‘lni kesib o‘tishdan o‘zini to‘xtatib
turadi.
2. Haydovchi avtobusgacha bo‘lgan xavfsizlik oralig‘ini shunday
tanlashi kerakki, u bekatni aylanib o‘tib bo‘lgunicha
avtobus
joyidan qo‘zg‘almasin.
3. Avtobusni u bekatga yetib kelgunicha quvib o‘tish. Bunda u
bekatdagi piyodalarni ko‘rib turadi.
4. Tig‘iz paytlarda bekatga yaqinlashayotgan avtobus haydov-
chisi tezlikni kamaytirib, xavfli vaziyat
vujudga kelib qolgan onda
shoshilinch tormoz berib, avtobusni to‘xtatishga shay bo‘lishi kerak.