7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat
dasturlarini amalga oshiradi;
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy
dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan
nazorat olib boradi;
– yo‘l harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan ta’minlanishini,
shuningdek, yo‘l-transport hodisalarida jabrlanganlarga tibbiy
yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
– yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, aholiga yo‘llarda
yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish, yo‘l harakati
xavfsizligini targ‘ib qilish hamda ekologik xavfsizlik talablariga
rioya etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
– shaharlardagi, shaharchalar va qishloq aholi punktlaridagi
ko‘chalarning, yo‘lkalarning hamda yo‘l harakatini tartibga solish
vositalarining, shuningdek, shahar elektr transporti yo‘llarining
jihozlanishi va soz holatda saqlanishini ta’minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentli- gining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolat- lari. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
– avtomobillarda tashish xavfsizligi sohasidagi normativ-
huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
– avtomobil transportida yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.