110
– yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi
normativ hujjatlarni ishlab
chiqadi;
– yo‘l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, Yo‘l harakati
qoidalariga hamda boshqa qonun hujjatlarining yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazoratni
amalga oshiradi;
–
og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni
tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda
ishtirok etadi;
– yo‘llarni, temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarini, avtomobilga
yonilg‘i
quyish shoxobchalarini, transport vositalarining
konstruksiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihalariga rozilik
beradi;
– foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan
nazoratni amalga oshiradi, transport vositalarining
majburiy texnik
ko‘rigini o‘tkazadi;
– yo‘llarning va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarining
saqlanishi, ularning yo‘l harakatini tartibga solish vositalari bilan
jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
– yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga muvofiq bo‘lmagan yo‘llardan va temir yo‘llarni kesib
o‘tish joylaridan foydalanishni taqiqlaydi;
– transport vositalarining, yo‘l harakati qoidalari buzilishining
hamda yo‘l-transport hodisalarining hisobini va ro‘yxatini yuritadi;
– transport vositalarini boshqarish
huquqini beruvchi
guvohnomalar beradi;
–
qonun hujjatlariga muvofiq o‘zining vakolat doirasiga
kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l
harakati xavfsizligi xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.