O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Burilishda ogohlantiruvchi ishora chiroqlarini qo‘llash



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
True

Burilishda ogohlantiruvchi ishora chiroqlarini qo‘llash
Har bir haydovchi joyidan qo‘zg‘alishi, o‘ng yoki chapga burilishi, 
boshqa avtomobilni quvib o‘tishi yoki to‘xtashidan oldin burilish 
chiroqlarini yoqib, boshqa harakat qatnashchilarini ogohlan 
tirishi 
kerak. Burilishdagi ishora chiroqlarining das takchasi hozirgi zamon 
avtomobillarida rul g‘ildiragining pas tida, chap taraf da joylashgan 
bo‘ladi. Dastakchani yuqoriga burganda o‘ngga, pastga buraganda esa 
chapga burilish chiroqlari yonadi. Avtomobil burilib olganidan keyin 
dastakcha birlamchi holatiga avtomatik ravishda qaytadi. 
Qo‘l tormozi bilan ishlash
Qo‘l tormozini ishga tushirish uchun o‘ng qo‘l bilan tormoz 
dastagi ushlanadi va yuqoriga tortiladi. Bosh barmoq bilan qo‘l 
tormozining tugmasi bosilib, dastakni biroz ko‘tarib, orqaga 
qaytarish bilan tormozlash to‘xtatiladi (11-rasm). 
Avtomobilni boshqarishda odamning tovoni shartli ravishda 
uchta zonaga bo‘linadi: oyoqning barmoq qismi I – zona (bu zona-
dan gaz tepkisini bosishda foydalaniladi), o‘rta qism II – zona, bu 
zonadan ilashma tormoz tepkilaridan foydalanishda ishlatiladi. Qol-
gan qismi III zona hisoblanadi. Qolgan qismi III zona hisoblanadi.


15
Fiksator tugmasi
11-rasm. Qo‘l tormozini ishga tushirish sxemasi.
Ilashma, tormoz va yonilg‘i tepkilari bilan ishlash 
Chap oyoq bilan ilashma, o‘ng oyoq yordamida esa tormoz va 
qaz tepkilari ishga tushiriladi (12-rasm).
Ilashma
tepkisi
Tormoz
tepkisi
Gaz
tepkisi
Tormoz
Gaz
12-rasm
. 
Ilashma, tormoz va qaz tepkilari bilan ishlash.
Ilashma tepkisidan foydalanish uch bosqichda amalga oshiriladi. 
Birinchi bosqichda tepki asta-sekin avtomobil orqaga yurishni 
boshlash onigacha qaytariladi va ikkinchi bosqichda tepki 2–3 
sekund shu holatda ushlab turiladi. Uchinchi bosqichda tepki 
butunlay qo‘yib yuboriladi. 
Tormoz tepkisini tajribasiz haydovchilar (hatto tajribasi bor) 
shiddat va katta kuch bilan bosadilar. Bunday hollarda tormoz 
lappaklarining barabanga (do‘mbiraga) qattiq jipslashishi oqibatida 
g‘ildiraklar qotib qolishi va har xil salbiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin (haydovchi va yo‘lovchilar oldiga munkib ketishi, avto mo-
bil yonga sirpanib ketishi, tormoz yo‘lini kattalashishi va hokazo). 
Shuning uchun haydovchi iloji boricha osoyishtaligini 
yo‘qotmay, tepkini asta bosib, tezlikni kamaytirishi kerak. 

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin