2.4. O‘t oldirish va dvigatelni havoning har xil temperaturasida qizdirish Haydovchi avtomobilga qulay o‘rnashib olganidan keyin
bajaradigan ishi – dvigatelni o‘t oldirishdir. Buning uchun ilash-
ma tepkisini oxirigacha bosiladi. Dvigatelni o‘t oldirish paytida
uzatmalar qutisidan ajratish starterning ishini yengillashtiradi.
Kalitni o‘rnatib, uni soat strelkasi (mili) bo‘yicha aylantiriladi.
Dvigatel o‘t olishi bilan kalit qo‘yib yuboriladi. Ilashmani ulash
vaqti 6 sekunddan ortmasligi kerak. Agar bu vaqt ichida o‘t olmasa,
ma’lum vaqtdan keyin o‘t oldirish yana qaytariladi.
13
Ilashmaning tepkisi asta-sekin orqaga qaytariladi. Agar dvigatel
sovuq paytlarda o‘t oldiriladigan bo‘lsa, u bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi
bir ishlar amalga oshiriladi.
Karburatordagi havoni yopish tugmasi oxirigacha tortiladi.
Bunda havo karburatorining to‘sqichi berkiladi. Bu esa, o‘z
navbatida, benzinning yonuvchi qorishmadagi miqdorining ortishi-
ga olib keladi.
Dvigatel o‘t olganidan keyin dvigatelning qizishiga qarab, asta-
sekin tugma orqaga qaytariladi.
Dvigatel yetarlicha qizigan paytda tugma o‘zining eng oxirgi
holatida turgan bo‘lishi, dvigatel 1500 ayl/min tezlikda aylanayotgan
bo‘lishi kerak. Aks holda, harakat davomida yonilg‘ining sarfi
ortadi, svechalar ham ishdan chiqishi mumkin.
2.5. Avtomobilning boshqarish jihozlaridan foydalanish texnikasi Har bir haydovchi o‘zi boshqaradigan avtomobilning boshqarish
jihozlaridan to‘g‘ri foydalanishni bilishi kerak.
Uzatmalar qutisining dastagi bilan ishlash «VAZ – 2109» va «Neksiya» avtomobilining uzatmalarini
qo‘shish sxemasi 9-rasmda ko‘rsatilgan.
1
1
N
2
2
4
4
3
3
5
5
R
R
G A
B V
G
A
B V
«VAZ–2109»
N
N e y t r a l
9-rasm. «VAZ – 2109» avtomobilining uzatmalarini qo‘shish sxemasi:
R – orqaga yurish uzatmasi;
H – neytral (betaraf) holat.
Uzatmalar qutisining dastagi har doim betaraf holatda bo‘ ladi.
Biron-bir uzatmani qo‘shish uchun o‘ng qo‘lning kafti dastakning
qopqog‘ini qismasdan ushlaydi. Uzatmalar qo‘shilayotganida
faqat qo‘l harakat qiladi. Haydovchining yelkalari va tanasi
qimirlamay turadi. Uzatmalarni qo‘shish sxemalari 10-rasmda
ko‘rsatilgan.
14
1
A
B
a)
1
A
B
b)
2
3
A
B
d)
2
3
A
e)
B
4
3
f)
B
4
V
g)
G A B
R
10-rasm. Uzatmalarni qo‘shish sxemasi:
a) birinchi uzatmani qo‘shish; b) 1-uzatmadan 2-uzatmaga o‘tish; d) 2-uzatmadan
3 - uzatmaga o‘tish; e) 3 - uzatmadan 4 - uzatmaga o‘tish; f) 4 - uzatmadan 5 - uzatmaga o‘tish;
g) orqaga yurish uzatmasini qo‘shish.